20.11.2025. Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari, mas’ul xodimlari, viloyat prokuraturasi, adliya, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda Savdo-sanoat palatasi rahbarlari, shuningdek tarmoq kasaba uyushmalarining viloyat, shahar va tuman kengashlari, boshlang‘ich va birlashgan kasaba uyushma qo‘mitalari raislari, boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarining yangi saylangan raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda ta’kidlanganidek, joriy yil 17 oktyabr kuni ilk marotaba Prezidentimiz kasaba uyushmalari tizimi faollari va faxriylari bilan muloqot qilgani va ushbu nufuzli uchrashuvda Davlat rahbari kasaba uyushmalari faoliyatiga yuksak baho berish bilan birga kelgusidagi vazifalar bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar bergani qayd etildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan 2025 yilda Federatsiyaning Farg‘ona viloyat kengashi “Eng namunali hududiy kengash” deb topilgani, “Kasaba ishonchi” Respublika ko‘rik-tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgani alohida e’tirof etildi.
Tadbir avvalida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat kengashi tomonidan joriy yilning 10 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha axborot berildi.
Qayd etilganidek, viloyatda bugungi kunda kasaba uyushma xizmati tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 12 736 ta, a’zolar soni esa 700 mingdan ortiqni tashkil qiladi.
O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati kengashiga 387 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 288 tasi bo‘yicha murojaatda ko‘rsatilgan talablar qanoatlantirilib, jamoaviy murojaatlar hisobiga jami 515 nafar fuqarolarning huquqlari tiklangan. Xodimlarga jami 14 mlrd 932 mln so‘m miqdorida majburiy progul kunlari uchun to‘lovlar undirilgan.
Xodimlar va ularning ota-onalarining 6 776 nafari Federatsiya tizimidagi sanatoriylarda sog‘liklarini tiklab, buning uchun 28 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Shuningdek, 267 nafar xodimga imtiyozli tartibda bepul yo‘llanmalar taqdim etildi.
2025 yil yoz mavsumida viloyatdagi 14 ta bolalar oromgohlarida jami 9 373 nafar bolajonlar maroqli dam oldilar.
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida jamoa shartnomalari va tarmoq kelishuvlariga kiritilib, 16 575 nafar xodimlar va ularning oila a’zolarining diqqatga sazovor joylarga sayohatlari tashkil etildi. Toshkent shahri, Samarqand va Xorazm viloyatlariga 2 400 nafar mehnatkashlarning bepul sayohatlari amalga oshirildi.
Prezidentimiz tomonidan joriy etilgan noyob tizim — “Ayollar daftari”ning joriy yilgi 6-bosqichi doirasida 112 mingdan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga amaliy yordam ko‘rsatilgani, ularning hayoti tubdan o‘zgargani alohida ta’kidlandi.
Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari Q. Qirg‘izaliev so‘z oldi va tizimda o‘tkazilayotgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari barcha uchun manfaatli bo‘layotgani, yangi saylangan boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari viloyat kasaba uyushmalari kengashlariga tashrif buyurib, bo‘limlar faoliyati bilan yaqindan tanishib, tajriba almashilayotgani samara berayotganini ta’kidladi.
Ochiq muloqotda yangi saylangan kasaba uyushma qo‘mitalari raislari va faollar o‘z savollari bilan mutaxassislarga murojaat qildilar.
Tadbir doirasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati kengashi bilan yaqin hamkorlikda ish olib borayotgan ijtimoiy hamkorlar va ommaviy axborot vositalari vakillariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shu kuni ishtirokchilar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati kengashida ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va ish uslublari bilan yaqindan tanishdilar.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский