21.11.2025. “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi” Sirdaryo viloyati Kengashida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali kasaba uyushmasi faollari ham ishtirok etishdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 17 oktyabr kuni kasaba uyushmalari faxriylari va faollari bilan o‘tkazgan uchrashuvi hamda “11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan yo‘llagan tabrigi mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka yetkazildi.
Tadbir O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining IX Qurultoyida belgilangan ustuvor vazifalar va kelgusidagi yo‘nalishlarni tushuntirish, ularni amaliyotga tatbiq etish maqsadida, Respublika Kengashi tomonidan tashkil etildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bosh mehnat texnik inspektori Saidnosir Saidmaxmudov, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali qo‘mita raislari va a’zolari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida kasaba uyushmalarining jamiyat hayotidagi o‘rni, xodimlar manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Prezident tomonidan ilgari surilgan vazifalar ijrosi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar kasaba uyushmalarining jamoadagi sog‘lom muhitni ta’minlash va mehnat munosabatlarini takomillashtirishdagi roli borasida fikr almashdilar.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский