[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

25.11.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyati Kengashi tomonidan 3 ming tupdan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan ustuvor vazifalardan biri — “Yashil makon” loyihasidir. Loyiha doirasida viloyatning shahar va tumanlari, qishloqlarida yangi bog‘lar, so‘lim xiyobonlar va yashil hududlar barpo etish belgilangan edi.

Xususan, ushbu topshiriqlarni samarali amalga oshirish maqsadida Qiziltepa tumani “Malikobod” MFY hududida “Yashil makon” loyihasi doirasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyat Kengashi tomonidan 3 ming tupdan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Kuzgi daraxt ekish aksiyasi doirasida 50 nafar kasaba uyushmalari kengashi xodimlari ishtirok etdi. Viloyatda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar izchil davom etmoqda.