28.11.2025. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2025-yil 17-oktyabr’ kuni kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ilgari surilgan tashabbuslar ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati kengashi tomonidan 26-noyabr’ kuni “O‘zmetkombinat” AJga qarashli “Metallurg” madaniyat saroyida “Mehnat xavfsizligi va gigienasi” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati kengashi raisi o‘rinbosari O‘.Rashidov, O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashining mehnat muhofazasi bo‘yicha bosh mutaxassisi M.Sagdullaev, Toshkent viloyati bandlik bosh boshqarmasi mehnat inspeksiyasi davlat inspektori O‘.O‘sarov, “O‘zmetkombinat” AJ sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi departamenti direktori A.Uzakov, “O‘zmetkombinat” AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi E.Veliullaeva, shuningdek, korxona tizimida faoliyat yurituvchi mehnat muhofazasi bo‘yicha mas’ul xodimlar, vakillar va sex kasaba uyushma qo‘mitasi raislari ishtirok etdi.
Seminarni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati kengashi raisi o‘rinbosari O‘.Rashidov kirish so‘zi bilan ochib, mehnat jarayonida xavfsizlik, sihat-salomatlik va ish qobiliyatini saqlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena va davolash-profilaktika tadbirlarini yo‘lga qo‘yish, ishchi-xodimlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va mehnat muhofazasini ta’minlash borasidagi vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.
Seminar davomida so‘zga chiqqanlar ish joyida mehnat xavfsizligi va gigienasi, xodimlar uchun sog‘lom va qulay mehnat sharoitlari yaratish, ish jarayonida xodimlar sog‘lig‘iga zarar yetmaslik, jarohatlanishlardan, kasbiy kasalliklardan va favqulodda holatlardan oldin olish chora-tadbirlari haqida fikr bildirib, o‘zaro tajriba almashdilar.
Seminarning ikkinchi qismida ishtirokchilar “O‘zmetkombinat” AJ muzeyi va mehnat muhofazasiga oid ko‘rgazmali qurollar bilan tanishdilar.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский