01.12.2025. Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan bir safda birlashgan ishchi-xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy jihatdan manfaatlarini himoya qilish yo‘lida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Bu safar Farg‘ona tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasida mehnat qilib kelayotgan 10 nafar fidoyi yo‘lsoz ayollarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tasarrufidagi Toshkent viloyatida joylashgan “Bo‘ston” sanatoriyiga bepul yo‘llanmalar berildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati Kengashida bo‘lib o‘tgan tadbirda Kengash raisi o‘rinbosari Lolaxon Ahmedova yo‘llanmalarni o‘z egalariga tantanali tarzda topshirdi.
Endi ular so‘lim oromgohda dam olib, salomatliklarini mustahkamlaydilar.
— 24 yildan buyon Farg‘ona tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasida yo‘l ishchisi bo‘lib ishlayman, — deydi Matlubaxon Yolbarsova. — Shu paytgacha sanatoriyga bormagan ekanman. Bizga shunday imkoniyatlar taqdim etayotgani uchun tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiraman. To‘g‘risi, bepul yo‘llanma men uchun kutilmagan katta sovg‘a bo‘ldi.
— Kasaba uyushmalari bizni har jabhada qo‘llab-quvvatlab keladi. Qiynalgan paytimizda yordam qo‘lini cho‘zadi, — deydi Umidaxon Mo‘minova. — Buni qarangki, biz oddiy ishchilarni salomatligimizni o‘ylab, Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan sihatgohga bepul yo‘llanma berildi. Bundan juda ham xursand bo‘ldim.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский