[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

27.11.2025. Ijtimoiy tarmoqlardan birida Andijon shahridagi “UzAvtoAustem” MChJ qo‘shma korxonasi kasaba uyushma qo‘mitasi raisi to‘g‘risida e’lon qilingan anonim tanqidiy post yuzasidan O‘zbekiston Metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Andijon viloyat kengashi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

Uchrashuvda korxona kasaba uyushmasi a’zolari va faollari, uchastka va bo‘lim boshliqlari, ustalar ishtirok etdilar.

Anonim postda “UzAvtoAustem” MChJ qo‘shma korxonasi kasaba uyushma qo‘mitasi raisining qabul kuni yo‘q va odamlar murojaatini eshitmaydi, deb ko‘rsatilgan vajlar o‘rganishlar davomida o‘z tasdig‘ini topmadi. Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi ishlari o‘rganilganda qabul kunlari jadvali ishlab chiqilganligi, xususan, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisining qabul kuni har haftaning juma kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha deb belgilab qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.

Sexlarda ishchi-xodimlar bilan o‘tkazilgan suhbatlar davomida korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi ishchi-xodimlar bilan qo‘pol muomalada bo‘lmaganligi, aksincha, ishchi-xodimlar manfaatlarini himoya qilib, ish beruvchiga bir necha bor murojaat qilgani ishchilar tomonidan tasdiqlandi.

Suhbatlar asnosida mehnatkashlarga korxonalarda faoliyat yuritayotgan boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat huquqlarini himoyalash borasida olib borilayotgan ishlar, zarur hollarda huquqlarini tiklash bo‘yicha ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar, ishchi-xodimlar bilan doimiy ravishda ochiq muloqot mavjudligi va murojaatlar bo‘yicha hech qanday to‘siqlar yo‘qligi, agar shunday holat yuzaga kelsa, to‘g‘ridan to‘g‘ri tarmoq kasaba uyushmasining yuqori tashkilotlariga, xususan, O‘zbekiston Metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Andijon viloyat kengashiga murojaat qilishlari mumkinligi tushuntirildi.

Korxonada yangi kasaba uyushmasni saylash masalasi mehnat jamoasi vakolatida bo‘lib, kasaba uyushma qo‘mitasi raisini kasaba uyushma a’zolari saylaydilar.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati