10.12.2025. 8 dekabr’ ‒ O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 33 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi korxonalar va kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalari tashkil etildi.
Ana shunday tadbirlardan biri tarmoq tizimidagi “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuvda huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar ongini turli zararli oqimlardan asrash, diniy ekstremizm va radikal g‘oyalarning xavfi, internetdan to‘g‘ri foydalanish, kiberxavfsizlik va kundalik hayotda ogoh bo‘lishning ahamiyati haqida batafsil fikrlar bildirildi.
Tarmoq tizimidagi “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda ham ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri mahoratli aktyorlari tomonidan “O‘lding – aziz bo‘lding!” spektakli namoyish etildi.
Mazkur sahna asari inson qadri, sadoqat, vatanga muhabbat, hayotning bebaho ne’matlari haqidagi chuqur falsafiy mazmuni bilan kimyogarlarda katta taassurot qoldirdi. San’atkorlarning mahorati, o‘tkir dramatik sahnalar va hayotiy tasvirlar korxona jamoasi tomonidan iliq kutib olindi.
“Maxam-Chirchiq” AJ korxonasida ham O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 33 yillik bayramiga bag‘ishlangan “Konstitusiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida O‘zbekistonda so‘nggi yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma’naviy hayotning turli jabhalarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, bu borada erishilgan natijalarni mustahkamlashda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining o‘rni va roli muhokama etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni munosabati bilan “Maxam-Chirchiq” AJ yoshlari o‘rtasida “Mening Konstitusiyam 33 yoshda” shiori ostida test sinovlari va viktorina o‘tkazildi. Shuningdek, korxona xodimlari o‘rtasida sportning futzal turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqaning final bosqichi yakunlandi. Musobaqada jami 12 jamoa o‘zaro bellashdilar. Tanlov va musobaqalar yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Shavkat Toirov
O‘zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский