11.12.2025. Navoiy shahridagi 23-sonli maktabda “Kitobxonlik festivali”ning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi hamkorligida bo‘lib o‘tgan ushbu ma’naviyat tadbirida viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Xurshid Xalilov so‘zga chiqib, kitobxonlikni yanada keng targ‘ib qilish, o‘quvchilar bilan bir qatorda har bir pedagogning kitobxon bo‘lishi zarur ekanini alohida ta’kidladi.
Festivalda barcha tuman va shahar bolalar kutubxonalari direktorlari, kitobxon oila vakillari va ota-onalar ishtirok etishdi.
Festivalning asosiy vazifalari – yosh avlodning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish, kitobxonlarni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish, faol kitobxonlar safini kengaytirish; hududlarda yozuvchilar, shoirlar va olimlar ishtirokida kitob bayramlari va yarmarkalarini tashkil etish, aholi o‘rtasida milliy va jahon mumtoz adabiyotining yuksak namunalarini targ‘ib qilish, respublikaning chekka hududlarida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targ‘ibot ishlarini tizimli va samarali tashkil etishdan iborat.
“Kitobxonlik festivali” doirasida viloyat bo‘yicha “Ijodkor bolalar”, “Eng faol kitobxon o‘quvchi”, “Eng faol kutubxonachi”, “Eng kitobxon oila”, “Eng kitobxon maktab” ko‘rik-tanlovlarida jami 12 mingdan ortiq o‘quvchilar qamrab olinib, 25 nafar g‘olib va sovrindorlar hamkor tashkilotlar hamda viloyat kasaba uyushmasi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlandi.
Dilrabo kuy-qo‘shiqlar va o‘quvchi-yoshlarning quvnoq raqslari tadbirga yanada mazmun va bayramona tantanavorlik baxsh etdi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский