[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

17.12.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Sirdaryo viloyat kengashi mehnat huquq inspektori hamda tegishli tarmoq raisi tomonidan Toshkent kimyo texnologiyalari institutining Yangier filialida xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tengligi va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasining 2025 yil 26 maydagi 14-sonli Bayonnomasiga asosan belgilangan reja asosida gender audit o‘tkazildi.

Ushbu o‘rganish “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun talablarining amaliy ijrosini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish masalalariga bag‘ishlandi.

Shuningdek, institut xodimlari ishtirokida seminar tashkil etilib, gender audit bo‘yicha to‘liq tushunchalar berildi. Seminar davomida institutdagi sharoitlar, ichki tartib-qoidalar, xodimlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, gender tengligi tamoyillarining qay darajada tatbiq etilayotgani, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar ta’minlanganligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazilishi tushuntirib berildi.

O‘rganish davomida institutda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha qator tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, institut rahbariyati va jamoasi bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida gender tengligini ta’minlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnat huquqlarini himoya qilish hamda qonunchilik talablariga rioya etish kabi muhim masalalar keng muhokama qilindi.

Shu bilan birga, xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.