[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

22.12.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyaci hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Mehnat inspeksiyalari hamkorligi to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Ushbu hujjat xodimlarning haq-huquqlari va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini samarali himoya qilishda dasturulamal bo‘ladi. Taraflar mehnat sohasida davlat va jamoatchilik nazoratini uyg‘unlashtirish, milliy va xalqaro standartlarni keng joriy etishni maqsad qilgan.

Tadbir asnosi so‘zga chiqqanlar Davlat mehnat inspeksiyasi va Kasaba uyushmalari inspeksiyasi bir-biriga raqobatchi emas, aksincha, hamkor tuzilmalar ekaniga alohida urg‘u berdilar.

Memorandum ijrosini ta’minlash maqsadida har yili “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilishi, uning bajarilishi yuzasidan monitoring o‘tkazilishi va natijalar OAV vositalarida e’lon qilib borilishi ta’kidlandi.

Bugungi kunda Kasaba uyushmalari inspeksiyasi va Davlat mehnat inspeksiyasi hamkorlikda mehnatkashlarning huquqlari va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari himoyasini kuchaytirish maqsadida qator o‘rganishlarni olib bormoqda, o‘zlarining vakolatlari doirasida, mehnat munosabatlarida adolat, qonuniylikni ta’minlashda, xodimlar huquqlarini himoya qilish, shuningdek ish joylarida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishda ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni tizimli va barqaror shaklda amalga oshirmoqda.

Mazkur hujjat xodimlarning huquqlarini himoya qilish tizimini yanada mustahkamlash, kasaba uyushmalari nufuzini oshirish, mehnat bozorini shakllantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

D.To‘ychiev

O‘zbekiston kasaba uyumalari Federatsiyasi Mehnat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari, Bosh mehnat texnik inspektori