[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

25.12.2025. 2025 yil 23 dekabr’ kuni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari hamda amaldagi tarmoq kelishuviga muvofiq, «O‘zbekko‘mir» AJda O‘zbekiston energetika, neft’-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan mehnatni muhofaza qilish sohasida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va kasaba uyushmasi faollarining kasbiy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan o‘quv tadbiri o‘tkazildi.

Ushbu tadbirni tashkil etishga O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 22 sentyabrdagi «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonuniga (№410) kiritilgan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar, shuningdek, O‘zbekiston energetika, neft’-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining 2023–2025 yillarga mo‘ljallangan tarmoq jamoa kelishuvi hamda «O‘zbekko‘mir» AJning shu davrga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi asos bo‘ldi. Ushbu hujjatlarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillarni tizimli ravishda o‘qitish va joylarda samarali kasaba uyushmasi nazoratini rivojlantirish muhimligi alohida ta’kidlab o‘tilgan.

Tadbirda «O‘zbekko‘mir» AJ filiallarida mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirayotgan 73 nafar mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar hamda jamiyat tizimidagi kasaba uyushmasi tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, O‘zbekiston energetika, neft’-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Mehnat inspeksiyasining bosh mehnat texnik inspektori tomonidan amaldagi me’yoriy talablarning asosiy jihatlari atroflicha tushuntirildi.

Mazkur o‘quv tadbiri kasaba uyushmasi vakillarining huquqiy va kasbiy savodxonligini oshirish, mehnat xavfsizligi hamda sog‘lom mehnat sharoitlarini ta’minlashda ularning o‘rni va mas’uliyatini mustahkamlashga qaratildi. Shuningdek, u ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarning oldini olishga xizmat qiladi va kasaba uyushmalarining xodimlar hayoti hamda sog‘lig‘ini himoya qilish prinsiplariga sadoqatini yana bir bor tasdiqlaydi.