[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

05.01.2026. Yangi yil bayrami munosabati bilan Samarqand viloyat hokimligi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati kengashi tomonidan bir necha nominasiyalar bo‘yicha tanlov o‘tkazildi.
Mazkur nominasiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, munosib ravishda taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida ishtirok etgan viloyat hokimi Adiz Boboev barcha yig‘ilganlarni Yangi yil bayrami bilan tabriklab, yurtimiz ravnaqi yo‘lida mehnat qilayotgan fidoyi insonlarga o‘z minnatdorligini bildirdi hamda yangi yilda barchaga salomatlik, farovonlik va omad tiladi.

Tanlov natijalariga ko‘ra viloyat hokimligi tomonidan quyidagilar taqdirlandi:

“Eng namunali tuman va shahar” nominasiyasi

Past Darg‘om tumani — 1-o‘rin, 100 million so‘m;

Payariq tumani — 2-o‘rin, 50 million so‘m;

Ishtixon tumani — 3-o‘rin, 25 million so‘m.

“Eng chiroyli bezatilgan archa” nominasiyasi

Viloyat hokimligi huzuridagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish departamenti — 1-o‘rin, 15 million so‘m;

Urgut tumani hokimligi — 2-o‘rin, 10 million so‘m;

Samarqand tumani hokimligi — 2-o‘rin, 10 million so‘m;

Qo‘shrabot tumani hokimligi — 3-o‘rin, 5 million so‘m;

Bulung‘ur tumani hokimligi — 3-o‘rin, 5 million so‘m;

Kattaqo‘rg‘on shahri hokimligi — 3-o‘rin, 5 million so‘m.

“Eng namunali ko‘cha” nominasiyasi

Samarqand shahri Ko‘ksaroy ko‘chasi — 1-o‘rin, 15 million so‘m;

Toyloq tumani Amir Temur ko‘chasi — 2-o‘rin, 10 million so‘m;

Jomboy tumani Toshkent ko‘chasi — 3-o‘rin, 5 million so‘m.

“Eng chiroyli bino” nominasiyasi

Samarqand shahridagi “Movenpik” mehmonxonasi — 1-o‘rin, 15 million so‘m;

Yoshlar ishlari agentligi Paxtachi tumani bo‘limi — 2-o‘rin, 10 million so‘m;

Samarqand shahridagi 52-maktab — 3-o‘rin, 5 million so‘m.

“Eng chiroyli bezatilgan tashkilot” nominasiyasi

Payariq tumanidagi 2-maktab — 1-o‘rin, 15 million so‘m;

Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi — 2-o‘rin, 10 million so‘m;

Narpay tumani tibbiyot birlashmasi — 3-o‘rin, 5 million so‘m.

“Eng faol tashkilotchi” nominasiyasi

Jo‘raev Baxtiyor Xolovich (viloyat hokimligi huzuridagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish departamenti rahbari) — 1-o‘rin, 25 million so‘m;

Nurullaev Zafar Dehqonovich (obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish departamenti hudud rahbari) — 2-o‘rin, 15 million so‘m;

Berdimurodov Mirolim Asrorovich (Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasi tashqi yoritish bo‘limi boshlig‘i) — 3-o‘rin, 10 million so‘m.