19.01.2026. O‘zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashabbusi bilan “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MChJ QKda Prezident Shavkat Mirziyoevning “Markaziy Osiyo — yangi asr ostonasida” nomli maqolasi hamda Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Unda korxona rahbariyati, kasaba uyushmasi qo‘mitasi faollari, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mas’ul vakillar hamda xodimlar ishtirok etdilar.
Seminarda kasaba uyushmasi Respublika kengashi mas’ul mutaxassislari tomonidan xodimlarga “Markaziy Osiyo — yangi asr ostonasida” maqolasi va Murojaatnoma to‘g‘risida ma’ruza qilindi, shuningdek, tahliliy ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, seminar davomida jamoa shartnomalari va kelishuvlarining mazmun-mohiyati, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilgan o‘zgarishlar to‘g‘risida batafsil ma’ruzalar qilindi.
Jumladan, mehnatni muhofaza qilish sohasida ish beruvchining majburiyatlari, xodimlarning huquqlari to‘g‘risida hamda Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilish sohasiga oid ayrim nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 819-sonli qarori yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va O‘zbekiston Ish beruvchilari konfederatsiyasi o‘rtasida 2026–2028 yillar uchun ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha Bosh jamoa kelishuvi tuzilgan. Ushbu hujjat asosida soha xodimlari farovonligini va real daromadlarini oshirish, bandlikni ta’minlash, salomatlikni himoya qilish, ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlam hamda kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish masalalarini hal etishda o‘zaro hamkorlikni ta’minlash maqsadida tarmoq jamoa kelishuvi imzolangan.
Bugungi kunda tizimda jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali keng doiradagi masalalar o‘z yechimini topmoqda. Bu esa nafaqat mehnat munosabatlarini samarali boshqarish, mehnat sharoitlarini baholash mezonlarini kelishish, balki barqarorlik, fuqaro totuvligi hamda mehnat jamoalarida hamjihat bo‘lib ishlash imkonini ham bermoqda.
Seminar davomida kasaba uyushmasi Respublika kengashi mutaxassislari tomonidan tarmoq jamoa kelishuvlari va jamoa shartnomalariga alohida ahamiyat qaratildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha javoblar berildi.
Shavkat Toirov
Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский