[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

28.01.2026. Bu jarayonda kasaba uyushmalarining o‘rni qanday bo‘lishi kerak?

Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi 13 ta vazirlik va idora bilan tarmoq Jamoa kelishuvlarini imzolagan. Ular mehnat munosabatlarini tartibga solish, xodimlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ijtimoiy sheriklikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashining kuni kecha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida o‘tgan yilgi faoliyat sarhisob qilinib, navbatdagi vazifalar belgilab olindi. Unda Respublika Kengashi rahbariyati, apparat xodimlari, shuningdek, ijtimoiy sherik tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Muzokaralar davomida tarmoq jamoa kelishuvi doirasida xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, ish haqi hamda kafolatli to‘lovlarni o‘z vaqtida berish borasida erishilgan ijobiy natijalar alohida qayd etildi.

Ta’kidlanganidek, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar xodimlar manfaatlarini himoya qilishda dasturilamal bo‘lmoqda. Nizolarni hal etishga alohida e’tibor qaratilib, ish beruvchi bilan xodim o‘rtasida yuzaga keladigan kelishmovchiliklarni sudgacha hal etishda kasaba uyushmalari yarashtiruvchi institut sifatida faol ishtirok etmoqda.

Bandlik masalasi ham jamoa kelishuvida ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab olingan. Yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishsiz fuqarolarni, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar va nogironligi bor shaxslar bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilyapti.

Mehnatga haq to‘lash tizimini takomillashtirish masalasi ham kengashning doimiy e’tiborida. Ish haqi ulushini oshirish, tarif stavkalari va koeffisientlarini jamoa shartnomalari orqali belgilash, ish haqi kechiktirilgan hollarda kompensasiya to‘lash kabi me’yorlar xodimlar daromadlarini barqaror ta’minlashga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, gender tenglikni ta’minlash, bir xil mehnat uchun teng haq to‘lash tamoyilini amaliyotga to‘liq joriy etish masalasiga aohida e’tibor qaratilmoqda.

Xotin-qizlar va yoshlar uchun qo‘shimcha ijtimoiy kafolatlar ham jamoa kelishuvidan alohida o‘rin olgan. Xususan, homilador ayollar va yosh bolali onalar uchun yengil mehnat sharoitlari, yosh mutaxassislarga foizsiz ssudalar ajratish, gender auditlar o‘tkazish hamda kasbiy rivojlanishga qaratilgan o‘quv dasturlarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Jumladan, o‘tgan yili kengash, Toshkent shahar birlashgan qo‘mitasi hamda tuman (shahar) kengashlari tomonidan tizimga kiruvchi 3 mingdan ortiq tashkilotda yangi qabul qilingan jamoa shartnomalarini ekspertizadan o‘tkazish jarayonida ijtimoiy sheriklik asosida hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tarmoq jamoa kelishuvi va jamoa shartnomalarida belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi xodimlarning ijtimoiy himoyasini mustahkamlashga, ularning sog‘lig‘ini tiklash hamda mehnat jamoalarida hamjihatlikni kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Quyi bo‘g‘in tashkilotlarida qabul qilingan jamoa shartnomalari orqali 1 ming 500 nafardan ziyod xodim qo‘shimcha ijtimoiy kafolatlardan foydalandi.

Shuningdek, Bosh jamoa kelishuviga muvofiq, jamoa shartnomalarining bajarilishi yakunlarini har yili aprel’ oyidan kechiktirmasdan ko‘rib chiqish masalasi bo‘yicha ijtimoiy sheriklar bilan hamkorlikda tizimli ishlar olib borildi. Ular umumiy yig‘ilishlar va konferensiyalarda muhokama qilinib, ko‘rib chiqish jarayonida oshkoralik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etildi.

Jamoa shartnomalari doirasida ayollar va yoshlar uchun belgilangan imtiyoz va kafolatlardan 800 ming nafardan ortiq xodimlar foydalandi. Chunonchi, 4,5 ming nafarga yaqin xodim kasaba uyushmasi imtiyozli yo‘llanmalari asosida sanatoriy-kurortlarda sog‘lomlashtirildi.

Hududlarda uyushtirilgan sport tadbirlariga 5 215 nafar mehnatkash qamrab olindi. Shuningdek, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida o‘tkazilgan sayohatlarda 285 ming nafardan ortiq kasaba uyushmasi a’zolari mamlakatimizning turli manzillariga tashrif buyurdilar. “Teatr – ibratxona” dasturi doirasida xodimlarning madaniyat va san’at muassasalariga, jumladan, muzey va ziyoratgohlarga jamoaviy hamda oilaviy tashriflari tizimli tashkil etildi.

Davra suhbatining ikkinchi qismida Prezidentimizning 2025 yil 17 oktyabrda kasaba uyushmalari faollari va faxriylari, shuningdek, 11 dekabr’ kuni agrar soha xodimlari bilan o‘tkazgan uchrashuvlarida ilgari surgan g‘oya va tashabbuslari, 2025 yil 26 dekabrda Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan vazifalar muhokama qilindi.

Co‘ngra Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda O‘zbekiston ish beruvchilar konfederatsiyasi o‘rtasida 2026-2028 yillarga imzolangan Bosh jamoa kelishuvi talablaridan kelib chiqqan holda, amaldagi tarmoq jamoa kelishuviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalasi ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda xodimlar salomatligini mustahkamlash, mehnat jamoalarida faollikni oshirish maqsadida joylarda madaniy-ma’rifiy, sport-sog‘lomlashtirish hamda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha qo‘shma tadbirlar tashkil etib borishga kelishib olindi.

Сирасини айтганда, агросаноат соҳасида ҳам янги давр бошланган.  Бу жараёнда касаба уюшмалари ишчи-ходимлар манфаатларини ҳимоялаш, уларнинг меҳнати ва қадр-қимматини улуғлашга алоҳида эътибор қаратмоқда.

Йиғилишда ана шу тамойил келгусидаги фаолиятнинг устувор вазифаси бўлиши алоҳида қайд этилди.