[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

29.01.2026. 2026 yil 26 yanvar’ kuni O‘zbekiston aviasiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan “O‘zbekiston aviasiya xodimlari kasaba uyushmasi raisi kubogi” mini-futbol musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada tizimdagi korxona va tashkilotlarda ishlaydigan xodimlar ishtirok etdilar.

Mini-futbol musobaqasi jamoalar o‘rtasida ko‘tarinki ruh va katta qiziqish bilan o‘tdi. Musobaqa natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni “Uzaeronavigasiya” markazi DUK egallagan bo‘lsa, 2-o‘rinni “Uzbekistan Airways Technics” MChJ va 3-o‘rinni “Uzbekistan Airways” AJ jamoalari qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, musobaqaning “Eng yaxshi darvozabon”i — Odilov Odil (“Uzaeronavigasiya”), “Eng ko‘p to‘p urgan o‘yinchi” — Nosirov Eldor (“Uzaeronavigasiya”) hamda musobaqaning “Eng yaxshi o‘yinchi”si — Toirov Javohir (“Uzbekistan Airways Technics”) tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

Mini-futbol musobaqasi bo‘yicha taqdirlash marosimida O‘zbekiston aviasiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi A.N. Mullabekov tomonidan g‘oliblarga kubok, medallar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur musobaqa aviasiya tizimi xodimlari o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish, jismoniy faollikni oshirish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.