06.02.2026. Yurtimizda inson qadri, mehnatkash insonga hurmat va e’tibor davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. Ayniqsa, yillar davomida sog‘liqni saqlash tizimida fidokorona xizmat qilib kelayotgan tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlash bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 9 noyabrdagi “Tibbiyot va farmasevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi PQ–336-sonli qarori aynan shu ezgu maqsadga xizmat qiladi. Ushbu qarorning 8-band “b” kichik bandi ijrosini ta’minlash doirasida muhim ijtimoiy tashabbus amalga oshirilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining 2025 yil 30 dekabrdagi qo‘shma qaroriga muvofiq, davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga 2026 yil 1 yanvardan boshlab kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarga bepul yo‘llanmalar berish belgilandi.
Ushbu qaror asosida 2026 yil davomida Qashqadaryo viloyatida davlat tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan 85 nafar tibbiyot xodimini “Qashqadaryo sohili” sanatoriysida bepul sog‘lomlashtirish rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan, 2026 yilning I-choragida sog‘liqni saqlash sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilib, xalq salomatligi yo‘lida sidqidildan xizmat qilgan 14 nafar tibbiyot xodimiga dam olish va sog‘lig‘ini tiklashlari uchun bepul sanatoriy yo‘llanmalari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyati Kengashi tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Bu tashabbus — mehnatkash insonga bo‘lgan e’tibor, fidokorona xizmatning qadri davlat tomonidan yuksak baholanayotganining yaqqol dalilidir.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский