[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

09.02.2026. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati Kengashiga fuqarolardan turli masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushmoqda.

Navbatdagi murojaat “BRILLIANT EDUCATION” nodavlat ta’lim muassasasining “I.A. Karimov izdoshlari” xususiy maktabi (Farg‘ona filiali)da faoliyat yuritgan ingliz tili o‘qituvchisi Feruza Abdulhaeva tomonidan yo‘llangan.

Ma’lum bo‘lishicha, ish beruvchi unga uch oylik ish haqini to‘lamagan. Shuningdek, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin amalga oshirilishi lozim bo‘lgan hisob-kitoblar ham bajarilmagan.

Shu sababli F. Abdulhaeva Farg‘ona viloyati Kengashiga murojaat qilib, huquqiy ko‘mak so‘ragan. Kengash mutaxassislari tomonidan uning arizasi atroflicha o‘rganib chiqildi.

Sudning hal qiluv qaroriga asosan F. Abdulhaeva foydasiga uch oylik ish haqi, mehnat ta’tili va kompensasiya to‘lovlari, shuningdek, ma’naviy zarar uchun jami 69 mln 941 ming so‘m undirib berish belgilandi.

Mansurjon Usmonov

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati Kengashi bosh yuristkonsulti