18.02.2026. “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2025 yildagi ijrosi muhokamasiga bag‘ishlangan mehnat jamoasi konferensiyasi o‘tkazildi.
Konferensiyada ishlab chiqarish sexlaridan saylangan 200 nafar delegat ishtirok etdi.
Unda korxona boshqaruvi raisi Farrux Samadov va kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Feruza Fayzieva ijtimoiy sheriklik asosida ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan ishchi-xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi xuquqlarini himoyalash borasida 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot berdilar.
Hisobotlarda ta’kidlanganidek, “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoya qilish, ularga ish haqi va nafaqalar o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash, xodimlar va ularning farzandlarini sog‘lomlashtirishni tashkil etish bilan bir qatorda ijtimoiy sheriklik asosida imzolangan jamoa shartnomasiga Davlat dasturi asosida qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ularning bajarilishi ta’minlanib kelingan.
Qayd etish zarurki, bugungi kunda korxonada jamoa shartnomasi orqali keng doiradagi masalalar o‘z yechimini topmoqda va bu nafaqat mehnat munosabatlarini samarali tashkil etish, mehnat sharoitlarini baholash mezonlarini kelishib olish, balki barqarorlik va mehnat jamoalarida hamjihat bo‘lib ishlash imkonini bermoqda.
Konferensiyada 2024-2026 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2025 yilda bajarilishi yakunlari bo‘yicha ma’muriyat va kasaba uyushma qo‘mitasining hisobotlari bilan birga ijtimoiy mehnat masalalari bo‘yicha dalolatnomasi ham eshitildi.
Shundan so‘ng Jamoa shartnomasiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida ma’lumot berildi.
Konferensiya delegatlari “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati Jamoa shartnomasining 2025 yilda bajarilishi borasida ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida amalga oshirilgan ishlarni bir ovozdan qoniqarli deb baholadilar hamda jamoa shartnomasiga kiritilayotgan imtiyozlarni ma’qulladilar.
Muhokamalar jarayonida ma’ruzachilarga ishtirokchilar tomonidan berilgan savollar va takliflarga batafsil javoblar va tushuntirishlar berildi.
Muhokamalarda so‘zga chiqqan korxona xodimlari jamoa shartnomasi tadbirlarini bajarish borasidagi sa’y-harakatlari uchun ma’muriyat va kasaba uyushma qo‘mitasiga minnatdorchilik bildirdilar.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский