27.02.2026. Mamlakatimizda muhtaram Yurtboshimiz tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda yoshlar siyosati davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Joriy yil 24 fevral’ kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev bir guruh yoshlar bilan uchrashib, bir qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdilar. Jumladan, payshanba kuni Yoshlar kuni etib belgilandi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi raisi E. Nuraliev Bag‘dod tumanida bir guruh yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston kasaba uyushmalari hamisha yoshlarni, ayniqsa yosh ishchi-xodimlarni qo‘llab-quvvatlab kelayotgani ta’kidlandi.
Bugungi kunda viloyat kasaba uyushmalari Kengashida 700 mingdan ortiq a’zo birlashgan bo‘lib, ularning 220 mingdan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi.
Shuningdek, yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani qayd etildi. Xususan, Prezidentimiz uchrashuvda yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 200 million dollar mablag‘ ajratilishini, o‘zini o‘zi band qilgan yoshlar uchun kredit miqdori 100 million so‘mdan 300 million so‘mgacha oshirilishini, yosh tadbirkorlar loyihalari uchun kredit ajratish miqdori 10 milliard so‘mgacha ko‘paytirilishini ma’lum qildilar.
Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский