[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

03.03.2026. Taxiatosh issiqlik elektr stansiyalari aksiyadorlik jamiyatida navbatdagi attestasiya bo‘lib o‘tdi.

Sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston hududiy bo‘limi tomonidan tashkil etilgan mazkur attestasiyada hududiy bo‘lim boshlig‘i Shamurat Qaypov, boshliq o‘rinbosari Sharapat Qurbanov hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog‘iston kengashi mehnat texnik inspektori Bekpolat Utepbergenov ishtirok etdi.

Attestasiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad — “Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun hujjatlarida belgilangan talablar ijrosini ta’minlash, ishlab chiqarish ob’ektlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat.

Shuningdek, xodimlarda sanoat xavfsizligi madaniyatini yuksaltirish, xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida ishlashda belgilangan normalar va qoidalarga qat’iy rioya etish, favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunlariga ko‘ra, ishtirokchilarning nazariy bilimlari va amaliy tayyorgarligi belgilangan tartibda baholandi. Bunday attestasiyalar sanoat xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarishda barqarorlik va xavfsiz mehnat muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Attestasiya jarayonlari hali ham davom etmoqda.