11.03.2026. Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash masalasi bir necha yildirki e’tibor markazida bo‘lib kelmoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan va boshqa hech bir mamlakatda uchramaydigan noyob mexanizm – «Ayollar daftari» tizimi bu borada samarali vositaga aylandi. U orqali uyma-uy yurib xotin-qizlarning turmush sharoiti, muammo va ehtiyojlari o‘rganiladi. Aniqlangan muammolar bo‘yicha manzilli dasturlar ishlab chiqilib, har bir murojaat nazoratga olinadi.
Navoiy viloyatida shu davrgacha amalga oshirilgan 6 ta bosqichda 138 ming nafardan ortiq ayollar ish bilan ta’minlandi, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, kasb-hunarga o‘qitildi, ijtimoiy yordam bilan qamrab olindi.
«Ayollar daftari» tizimining 7-bosqichini shakllantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishida Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Farhodjon Xanapiyaev, kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyati kengashi raisi Nazira Tog‘aeva hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdilar.
So‘zga chiqqanlar amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar, xususan, mahallalar «ettiligi» tomonidan xatlov jarayonlarini sifatli va xolis tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj, og‘ir turmush sharoitida yashayotgan, ishsiz, salomatligi bilan bog‘liq muammolari bor ayollarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish masalalari haqida atroflicha to‘xtaldilar.
Ta’kidlanganidek, har bir murojaat ortida inson taqdiri, oila taqdiri turibdi. Shu bois xatlov jarayonlarida yuzakilikka yo‘l qo‘ymaslik, har bir holatni chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Zayniddin Mislimov
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati kengashi Ijtimoiy sug‘urta bo‘limi mudiri
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский