[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

16.03.2026. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 28 fevraldagi 72-F-sonli farmoyishiga ko‘ra, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yilning 13–14 mart kunlari respublikaning barcha hududlarida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.

Ushbu umumxalq xayriya hasharida O‘zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamda tarmoq tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalar xodimlari faol ishtirok etdi.

Xususan, hashar davomida ariqlar tozalandi, daraxtlar oqlandi va ularga shakl berildi. Korxonalar hududlari, xiyobonlar va kanallar bo‘yida obodonlashtirish ishlari olib borildi, bo‘sh yer maydonlarida manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Maxsus texnika vositalari va yuzlab soha vakillari ishtirokida maydonlar nihollar ekish uchun shay holatga keltirilmoqda.

Ayni jarayonda korxonalarga qarashli bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohlarida ham hashar tashkil etildi. Hududlarda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Daraxtlar oqlandi va binolar atrofi tozalandi.

Shuningdek, korxonalarda mehnat qilib, hozirda nafaqada bo‘lgan keksa va nogironlar, yolg‘iz qariyalar, boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashildi. Xayriya tadbirlari doirasida ehtiyojmand xodimlar oilalariga zarur ro‘zg‘or buyumlari hamda oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami taqdim etildi.

Mazkur umumxalq xayriya hashari doirasida tizimdagi barcha korxona, tashkilot va muassasalarda hashar ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etildi.

Shavkat Tairov

Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchi