18.03.2026. Jamoa shartnomasi korxona, tashkilot va muassasalarda ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi muhim normativ hujjatlardan biridir.
Hozirda O‘zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tarkibidagi barcha korxona, tashkilot va muassasalarda jamoa shartnomalarining 2025 yilda bajarilishiga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilishlar va konferensiyalar o‘tkazilmoqda.
Xususan, “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XKda 2025–2027 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2025 yilda bajarilishiga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada korxona rahbari G‘ulomjon Ibragimov, kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Ibrohim Isoqov hamda ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis Nilufar Muzapparova ishtirok etdilar.
Konferensiya davomida jamoa shartnomasining 2025 yilda bajarilishi yuzasidan ish beruvchi va kasaba uyushmasining hisobotlari tinglandi. Unda xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda korxona jamoasining ijtimoiy hayotini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Delegatlar tomonidan jamoa shartnomasining 2025 yilda bajarilishi qoniqarli deb topildi.
Shundan so‘ng kasaba uyushmasi tashkilotining navbatdan tashqari konferensiyasi o‘tkazildi. Unda “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XK kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi lavozimiga saylov bo‘lib o‘tdi.
Muqobillik asosida ochiq ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylovda delegatlarning ko‘pchilik ovozi bilan G‘ofurova Nasiba Akmalovna korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi etib saylandi.
Konferensiya yakunida delegatlar tomonidan xodimlar manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash va kasaba uyushmasi qo‘mitasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.
Shavkat Toirov
Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский