19.03.2026. Yurtimizda ezgulik va saxovat ayyomi — Navro‘z hamda muborak Ramazon arafasida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash ishlari yanada faollashdi.
Xorazm viloyatida ham bu xayrli tashabbuslar davom etmoqda. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xorazm viloyati kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Gulsara Qurbonboeva Urganch tumanidagi Oq-oltin, Qipchoq, Arablar, Bog‘dorchi, Ko‘hna Ovul, Jayhun, K. Otaniyozov, Yuqori Ovul kabi mahallalarda bo‘lib, o‘nga yaqin ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldi.
Ularga bayramona sovg‘alar va zarur oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Bu kabi ezgu ishlar:
— insonparvarlik va saxovatni namoyon etadi
— jamiyatda mehr-oqibatni mustahkamlaydi
— ehtiyojmand oilalarga haqiqiy qo‘llab-quvvat bo‘ladi
Navro‘z va Ramazon — faqat bayram emas, balki inson qadrini ulug‘lash, bir-birimizga mehr ko‘rsatish ayyomidir.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский