[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

24.03.2026. Muqaddas Ramazon oyi va Navro‘z umumxalq bayrami insonlarni ezgulik, mehr-oqibat va saxovatga chorlaydi, qalblarni poklab, jamiyatda ahillik va hamjihatlikni mustahkamlaydi. Bu muborak davrda savobli ishlar qilish, insonlarga yaxshilik ulashish va o‘zaro mehr ko‘rsatish alohida ahamiyat kasb etadi.

Shu ezgu an’analarni davom ettirib, O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi apparati xodimlari sohada faoliyat yuritayotgan xodimlar hamda ko‘p yillar davomida tarmoq rivojiga munosib hissa qo‘shgan 12 nafar mehnat faxriylarining holidan xabar olinib, ularga moddiy yordam ko‘rsatdi. Shuningdek, keksa avlod va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning ahvoli bilan ham tanishildi. Tadbir samimiy, mehr-oqibat va e’tibor ruhida o‘tdi.

Bunday tadbirlar nafaqat Ramazon va Navro‘z bayramlari munosabati bilan insonparvarlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlaydi, balki Yangi O‘zbekistonda aholi turmush darajasini oshirish, inson qadri va sha’nini yuksaltirish, jamiyatda tinchlik, do‘stlik, o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va saxovatni targ‘ib qilishga ham xizmat qiladi. Shuningdek, mehnat jamoalarida Navro‘z ayyomiga xos yangilanish va bunyodkorlik ruhini uyg‘otish, atrof-muhitni asrab-avaylash, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish kabi choralar ham jamiyatda ijobiy o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlaydi.