30.03.2026. Aviatsiya sohasi – yuqori xavf, katta mas’uliyat va uzluksiz diqqat talab qiladigan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Aeroportlarda faoliyat yurituvchi xodimlar – uchuvchilar, bort kuzatuvchilari, texnik xodimlar va yer usti xizmatlari vakillari o‘z mehnat faoliyatida turli xavfli omillarga duch keladilar.
“Navoiy xalqaro aeroporti” mas’uliyati cheklangan jamiyatida “Xavfsiz mehnat asoslari” mavzusida o‘tkazilgan bugungi seminar aynan mehnat jamoalarida xodimlarning hayoti va salomatligini muhofaza qilish, ish joyida xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitlarini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Tadbirni “Navoiy xalqaro aeroporti” MChJ direktori Alisher Nematiloyevich Klichev kirish so‘zi bilan ochib, seminar ishtirokchilariga Prezidentning PQ-50-sonli “Navoiy xalqaro aeroporti faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, aeroportda olib borilayotgan islohotlar hamda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan yangi loyihalar xususida to‘xtaldi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyat Kengashi raisi Nazira Tog‘ayeva o‘z so‘zida mehnat munosabatlarini tartibga solishda qonun hujjatlariga qat’iy amal qilishning ahamiyatiga alohida to‘xtaldi.
Seminar-trening davomida ishtirokchilarga xavfsiz mehnatni ta’minlashda kasaba uyushmalarining o‘rni, ushbu sohadagi normativ hujjatlar ijrosi, ish joylarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish, xodimlarni shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash va ulardan to‘g‘ri foydalanish tartiblari to‘g‘risida A. Raxmatov va M. Kambarova tomonidan ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, mehnat jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya etish har bir xodimning asosiy vazifalaridan biri ekani, bu esa ishlab chiqarishda barqarorlik va samaradorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar hamda mehnat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Aviatsiya sohasida inson omili hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu bois, mehnatni muhofaza qilish, imtiyozlar va pensiya ta’minotini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish – nafaqat ijtimoiy, balki strategik vazifadir.
M. Kambarova
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi mehnat-texnik inspektori
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский