06.04.2026. Metallurglar madaniyat saroyida “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati mehnat jamoasi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada kombinat Boshqaruvi raisi Bahodir Abdullaev hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi El’zara Veliullaeva tomonidan 2025 yilgi jamoa shartnomasi ijrosi bo‘yicha hisobotlar taqdim etildi.
Hisobotlarda qayd etilganidek, hisobot davrida ijtimoiy sheriklik asosida xodimlar manfaatlarini himoya qilish, mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash yo‘nalishida muayyan natijalarga erishildi.
Tadbirda O‘zbekiston Metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Tal’at Usmonov ishtirok etib, sohani rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor vazifalar haqida fikr bildirdi.
Konferensiya yakunida delegatlar tomonidan 2025 yilgi jamoa shartnomasi ijrosi qoniqarli deb topildi. Shuningdek, 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan yangi jamoa shartnomasi loyihasi bir ovozdan qabul qilindi.
Mazkur konferensiya ijtimoiy sheriklik mexanizmlarini yanada mustahkamlash, mehnat munosabatlarini takomillashtirish va xodimlar huquqlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский