06.07.2026. Bugungi kunda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida 30 dan ortiq sanatoriy faoliyat yuritmoqda. Ana shunday sog‘lomlashtirish maskanlari safini yil sayin zamonaviylashtirilgan va yangidan barpo etilayotgan sihatgohlar to‘ldirib bormoqda.
Shulardan biri — Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida joylashgan «Oltinsoy» sanatoriysidir. Mazkur sihatgohning O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan to‘liq rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirilgani mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi arafasida xalqimiz uchun munosib bayram tuhfasi bo‘ldi.
85 o‘ringa mo‘ljallangan ikki qavatli binoda ma’muriyat, qabulxona, davolash bo‘limi, tuz g‘ori, jismoniy tarbiya zali, fizioterapiya, dazmollash va quritish xonalari yangidan tashkil etildi.
Shuningdek, zamonaviy xoll va resepshen, UZI, kardiologiya va EKG, turli muolaja xonalari, ozonoterapiya, terapevt, lazeroterapiya, ingalyasiya hamda darsonval xonalari kapital ta’mirlanib, eng so‘nggi rusumdagi zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi.
Sanatoriyning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va uning Navoiy viloyat Kengashi, viloyat hokimligi, «Nuroniy» jamg‘armasi viloyat bo‘limi, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi mutasaddilari, mehnat faxriylari, nuroniylar, kasaba uyushmalari faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Yangilangan «Oltinsoy» sanatoriysi aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, dam olish va sog‘lomlashtirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский