26.08.2026. Mustaqillikning 35 yilligi — oddiy sana emas, bu xalqimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilagan sharafli taraqqiyot yo‘lidir. Bu yillar davomida inson, uning qadri va kelajagi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Mustaqillikning eng katta umidi — yoshlar: bugun bilim olayotgan, kasb o‘rganayotgan, mehnat qilayotgan har bir yosh ertangi O‘zbekistonning qiyofasini yaratmoqda.
Shu ma’noda Navoiy viloyatida kasaba uyushmalari tizimida yoshlar bilan ishlash borasidagi ishlar alohida ahamiyat kasb etadi.
2026 yil fevralida Navoiy viloyat Kengashi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan yillik Yoshlar dasturi ishlab chiqildi — 28 ta yo‘nalishni qamrab olgan. Dastur doirasida yoshlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, qo‘shimcha imtiyoz va kafolatlarni jamoa shartnomalariga kiritish, iqtidor va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratilmoqda.
Yoshlar bilan muloqot ham izchil davom etmoqda: “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlarida qariyb 5700 nafar, “Ma’naviyat soatlari”da esa 7250 nafar yosh ishtirok etdi. Bu muloqotlar yoshga o‘z fikri eshitilishi kerakligini his qildirdi. “Mening kasbim — faxrim” uchrashuvida Navoiy shahar yuridik texnikumi talabalariga kasb tanlashdan ko‘ra, unga munosib bo‘lish muhimligi tushuntirildi.
“Kitob — ma’rifat manbai” dasturi doirasida “Eng faol yosh kitobxon” tanlovi o‘tkazildi. Savol beradigan avlod — tayyor javoblarga qaram bo‘lmaydigan avloddir. Shu bilan birga, yoshlar, ayniqsa qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida xotin-qizlar huquqini himoya qiluvchi va teng imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi qonunlar tushuntirildi.
“Navoiyazot” AJda “Yoshlar — kasaba uyushmalari tayanchi” shiori ostidagi forumda yoshlarning mehnat huquqlari va kasbiy o‘sishi masalalari muhokama qilindi. Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan sport musobaqalarida 1000 nafarga yaqin, voleybolda 200 nafarga yaqin yosh ishtirok etdi.
Viloyat bo‘ylab tarixiy maskanlarga 1460 nafar, Jizzax, Toshkent, Xorazm va Samarqandga 1000 nafarga yaqin, Nurota, Qiziltepa va Xatirchiga esa 750 nafardan ortiq yosh sayohat qildi. 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Uch avlod uchrashuvi” tadbirida faxriylar, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi.
Navro‘z tadbirlari doirasida 2 ming tup daraxt ko‘chati ekildi — kelajakka qoldirilgan ezgu niyatning ramzi sifatida. Qon quyish markazida tashkil etilgan donorlik aksiyasida kasaba uyushmasi xodimlari va ko‘ngilli yoshlar ishtirok etdi.
1 iyun’ munosabati bilan 500 nafar bola qo‘g‘irchoq teatriga, 300 dan ortig‘i hayvonot bog‘iga, 1000 nafardan ortig‘i madaniyat bog‘lariga olib borildi; 200 nafar bolaga manzilli tashriflar uyushtirildi. Navoiy davlat universiteti talabasi Isoqov Azizbek Azimjon o‘g‘liga kasaba uyushmalari stipendiyasi to‘lanmoqda, Bahodirov Behruz Baxriddin o‘g‘li esa “Chinobod” sanatoriyasida bepul sog‘lomlashtirildi.
Taraqqiyotning eng mustahkam poydevori — inson, uning bilimi, kasbi, sog‘ligi, huquqiy ongi va ezgu maqsadi. Kitob — tafakkurni, kasb — mas’uliyatni, sport — irodani, huquqiy bilim — ishonchni, tarix — xotirani, mehnat esa inson qadrini yuksaltiradi. Kasaba uyushmalari bu yo‘nalishlarni birlashtirib, yoshlar uchun nafaqat mehnat huquqlarini himoya qiluvchi, balki ularning salohiyatini namoyon etishga yordam beruvchi ijtimoiy maydonni shakllantirmoqda.
Shu bois “Yoshlar — kasaba uyushmalari tayanchi” shiori ertangi kunga ham qaratilgan. Zero, kelajakni kutib bo‘lmaydi — uni bugungi bilim, mehnat, ma’rifat va ishonch bilan qurish kerak.
Dilafro‘z O‘razova
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский