15.10.2026. Samarqand viloyati kasaba uyushmalari Kengashi tashabbusi bilan Ishtixon tumanidagi 96-sonli umumta’lim maktabida yoshlar va kasaba uyushmasi faollari uchrashdi. Suhbatda Kengashning yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi F. Razzoqov, ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasining mas’ul tashkilotchisi Z. Atamurodova, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Ch. Usarova hamda tuman bo‘linmasi raisi B. Valiyev qatnashdi.
Maqsad oddiy: yoshlarni kasaba uyushmasining faoliyati va imkoniyatlari bilan tanishtirish, ularning huquqlarini qanday himoya qilish mumkinligini tushuntirish va hamkorlikni kuchaytirish.
Uchrashuvda yosh mutaxassislar uchun munosib mehnat sharoitlari, kasbiy o‘sish, huquqiy savodxonlik va mehnat qonunchiligi bo‘yicha xabardorlikni oshirish masalalari muhokama qilindi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni erkin berishdi, takliflarini bildirishdi.
Tadbir yakunida maktabdagi bir qator o‘qituvchilarga Xorazm viloyatiga sayohatda ishtirok etish sertifikatlari, faol o‘quvchilarga esa kitoblar sovg‘a qilindi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский