16.10.2026. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati kengashida “Ishonch” va “Ishonch-Doveriye” gazetalari tahririyati jamoasining farg‘onalik mushtariylar bilan ijodiy uchrashuvi tashkil etildi.
Har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan ijodiy uchrashuv tahririyat uchun ham, gazetxonlar uchun ham foydali bo‘lib kelgan. Mushtariylar bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning fikr va takliflarini tinglash gazetaning mazmun-mundarijasini boyitishga xizmat qilib kelmoqda.
Fikr-munozaralarga boy tarzda kechgan uchrashuvga taklif etilgan mehmonlar va mushtariylar “Ishonch” va “Ishonch-Doveriye” gazetalari respublikamizdagi yetakchi nashrga aylangani, uning sahifalaridagi rang-barang mavzulardagi chiqishlar o‘quvchilarni befarq qoldirmayotgani, ayniqsa, tahliliy va tanqidiy maqolalarga keng o‘rin berilayotganini ta’kidlab o‘tdilar.
Tadbirda so‘z olgan tahririyat xodimlari jamoaning ijodiy rejalari haqida so‘z yuritar ekan, gazeta sahifalarini yanada rang-barang qilishda gazetxonlarning takliflari muhim ekanligini qayd etdilar. Ijodiy muloqotda so‘z olgan yetakchi jurnalistlar bugun “Ishonch” gazetasi hech mubolag‘asiz mushtariylar ko‘nglidan joy olayotgani va mehrini qozonayotganini ta’kidlashdi.
Albatta, bugungi tezkor axborot zamonida zamon bilan hamnafas bo‘lish lozim. Tahririyat ham shunga monand raqamli platformalardagi faolligini kuchaytirmoqda. Xususan, ishonch.uz sayti, Facebook, Telegram, Instagram, YouTube kabi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar orqali materiallar keng ommaga yetkazilyapti.
Muloqot davomida mushtariylar tomonidan gazetaning mazmun-mundarijasini boyitish, kasaba uyushmalari faoliyatini yanada kengroq yoritishga oid talay takliflar ham o‘rtaga tashlandi.
Uchrashuvda bir guruh faol gazetxonlarga tahririyatning samimiy minnatdorchiligi sifatida esdalik sovg‘alari topshirildi.
Uchrashuv davomida viktorina o‘yini ham tashkil etildi. Ishtirokchilarga kasaba uyushmalari va tahririyat faoliyatiga doir savollar berildi. To‘g‘ri javob bergan mushtariylarga “Ishonch” gazetasi va “Vatan” jurnalining bir yillik obuna sertifikati sovg‘a qilindi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский