[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]
35 yil

16.10.2026. O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2026 yil 9 oktyabrda bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilish qaroriga asosan Jizzax viloyatidagi tumanlar Kengashlari raislari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida bo‘ldilar.

Safar davomida ular iqlim, yer va suv resurslari imkoniyatlari respublikamizning boshqa tumanlaridan keskin farq qiluvchi Mo‘ynoq tumanida Davlatimiz rahbari tomonidan mazkur hudud ahli turmush sharoitini yaxshilash uchun amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli tadbirlar bilan tanishdilar. Xususan, “Inson qadri uchun” shiori ostida ushbu hududda bunyod etilgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy ahamiyatga ega muassasalar va korxonalarga tashrif buyurdilar.

Shundan so‘ng, Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Mo‘ynoq tuman Kengashining faoliyatda ijobiy natijalarga erishish borasidagi ilg‘or tajribasi bilan yaqindan tanishdilar.

Ta’kidlash o‘rinliki, tarmoq kasaba uyushmasining Mo‘ynoq tuman Kengashi joriy yilning 9 oyi yakunlari bo‘yicha qator ijobiy natijadorlikka erishgan. Tanishuv jarayonida mazkur tuman kengashi raisining izlanuvchanligi, shijoati va qat’iyatining, faollarning hamjihatligi erishilayotgan ijobiy natija va ko‘rsatkichlarda asosiy omil bo‘layotgani qayd etildi.