21.10.2026. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati Kengashi tomonidan Payariq tumani 79-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Boshlang‘ich kasaba uyushmalari faoliyatini namunali tashkil etish” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda tarmoq kasaba uyushmalari tuman kengashlari hamda Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislari ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari Akbar Abdusaidov kasaba uyushmalari faoliyatini samarali tashkil etish, a’zolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
O‘zbekiston Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasining Samarqand viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Z.Otamurodova tarmoq kasaba uyushmasi faoliyatini rivojlantirish, xodimlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning manfaatlarini himoya qilish borasida fikr-mulohazalarini bildirdi.
Amaliy seminarda shuningdek, boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarida ish yuritish, hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish va tashkiliy ishlarni samarali yo‘lga qo‘yish, mehnatni muhofaza qilish, xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish hamda xodimlarning mehnat huquqlarini ta’minlash masalalari yuzasidan tavsiyalar berildi.
Seminar davomida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, kasaba uyushmalari faoliyati yo‘nalishlaridagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdilar. Ular mazkur amaliy seminar kasaba uyushmalari tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ish samaradorligini oshirish hamda kasaba uyushmalari a’zolarining huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasida bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashda muhim omil bo‘lganini qayd etdilar.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский