[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]
35 yil

19.11.2026. Qoraqalpoğiston Respublikasining Taxiatoş tumani nasos stantsiyalari va energetika boşqarmasida xodimlarning mehnat muhofazasi sohasidagi bilim va könikmalarini oşiriş, xavfsiz mehnat şaroitlarini taʼminlaş hamda işlab çiqariş jarayonida yuzaga kelişi mumkin bölgan baxtsiz hodisalarning oldini olişga qaratilgan öquv maşğulotlari taşkil etildi.

Özbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyuşmasi Respublika Kengaşi tomonidan ötkazilgan öquv maşğulotlarida mehnat muhofazasi talablariga rioya etiş, iş joylarida texnika xavfsizligini taʼminlaş, elektr qurilmalari va nasos uskunalaridan xavfsiz foydalaniş, şuningdek, favqulodda vaziyatlarda töğri harakat qiliş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Şuningdek, xodimlarga işlab çiqariş jarayonida şaxsiy himoya vositalaridan töğri foydalaniş, kasb kasalliklari va işlab çiqariş jarohatlarining oldini oliş, xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qilişning ahamiyati haqida tuşunça berildi.