{"id":20347,"date":"2024-05-28T17:17:37","date_gmt":"2024-05-28T17:17:37","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?page_id=20347"},"modified":"2025-12-11T06:11:16","modified_gmt":"2025-12-11T06:11:16","slug":"uzbekiston-kasaba-uyushmalari-tarihi-muzeji","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/uzbekiston-kasaba-uyushmalari-tarihi-muzeji\/","title":{"rendered":"\u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d \u043a\u0430\u0441\u0430\u0431\u0430 \u0443\u044e\u0448\u043c\u0430\u043b\u0430\u0440\u0438 \u0442\u0430\u0440\u0438\u0445\u0438 \u043c\u0443\u0437\u0435\u0439\u0438"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<div class=\"container d-flex my-1\">\n<p><!-- Tabs nav --><\/p>\n<div class=\"col-3 tabs-container\">\n<ul id=\"myTab\" class=\"nav nav-tabs w-100\" role=\"tablist\">\n<li class=\"nav-item\" role=\"presentation\"><button id=\"about-tab\" class=\"nav-link w-100 active\" role=\"tab\" type=\"button\" data-bs-toggle=\"tab\" data-bs-target=\"#about\" aria-controls=\"about\" aria-selected=\"true\">Muzey haqida<\/button><\/li>\n<li class=\"nav-item\" role=\"presentation\"><button id=\"history-tab\" class=\"nav-link w-100\" role=\"tab\" type=\"button\" data-bs-toggle=\"tab\" data-bs-target=\"#history\" aria-controls=\"history\" aria-selected=\"false\">O\u02bbzKUF tarixiga oid<\/button><\/li>\n<li class=\"nav-item\" role=\"presentation\"><button id=\"part1-tab\" class=\"nav-link w-100\" role=\"tab\" type=\"button\" data-bs-toggle=\"tab\" data-bs-target=\"#part1\" aria-controls=\"part1\" aria-selected=\"false\">I bo\u02bblim<\/button><\/li>\n<li class=\"nav-item\" role=\"presentation\"><button id=\"part2-tab\" class=\"nav-link w-100\" role=\"tab\" type=\"button\" data-bs-toggle=\"tab\" data-bs-target=\"#part2\" aria-controls=\"part2\" aria-selected=\"false\">II bo\u02bblim<\/button><\/li>\n<li class=\"nav-item\" role=\"presentation\"><button id=\"part3-tab\" class=\"nav-link w-100\" role=\"tab\" type=\"button\" data-bs-toggle=\"tab\" data-bs-target=\"#part3\" aria-controls=\"part3\" aria-selected=\"false\">III bo\u02bblim<\/button><\/li>\n<li class=\"nav-item\" role=\"presentation\"><button id=\"part4-tab\" class=\"nav-link w-100\" role=\"tab\" type=\"button\" data-bs-toggle=\"tab\" data-bs-target=\"#part4\" aria-controls=\"part4\" aria-selected=\"false\">IV bo\u02bblim<\/button><\/li>\n<li class=\"nav-item\" role=\"presentation\"><button id=\"events-tab\" class=\"nav-link w-100\" role=\"tab\" type=\"button\" data-bs-toggle=\"tab\" data-bs-target=\"#events\" aria-controls=\"events\" aria-selected=\"false\">Tadbirlar<\/button><\/li>\n<li class=\"nav-item\" role=\"presentation\"><button id=\"video-tab\" class=\"nav-link w-100\" role=\"tab\" type=\"button\" data-bs-toggle=\"tab\" data-bs-target=\"#video\" aria-controls=\"video\" aria-selected=\"false\">Videolar<\/button><\/li>\n<\/ul>\n<\/div>\n<p><!-- Tabs content --><\/p>\n<div id=\"myTabContent\" class=\"tab-content p-4 bg-white\">\n<div id=\"about\" class=\"tab-pane fade show active\" role=\"tabpanel\" aria-labelledby=\"about-tab\">\n<h4 class=\"text-primary\">Muzey haqida<\/h4>\n<p style=\"font-size: 18px;\">O\u02bbzbekiston kasaba uyushmalari tarixi muzeyi Markaziy Osiyoda Kasaba uyushmalari faoliyatiga doir yagona muzeydir. Muzey O\u02bbzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi raisi Rafiqov Qudratilla Mirsagatovich tashabbuslari bilan 2021 yil 10 noyabrda rasman ochilgan.<br \/>\nQisqa muddat ichida muzeyda 2000 ga yaqin eksponat to\u02bbplandi. Bugungi kunda Umaraxunov Irkin Mirzaxidovich muzey rahbari sifatida faoliyat olib bormoqda.<\/p>\n<p><!-- Bootstrap grid for images --><\/p>\n<div class=\"row g-3 mt-3\">\n<div class=\"col-md-4\"><img decoding=\"async\" class=\"img-fluid rounded shadow\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/muzey1.jpg\" alt=\"Muzeyning tashqi ko\u02bbrinishi\" \/><\/div>\n<div class=\"col-md-4\"><img decoding=\"async\" class=\"img-fluid rounded shadow\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/muzey3-1024x683.jpg\" alt=\"Muzey rasmi 1\" \/><\/div>\n<div class=\"col-md-4\"><img decoding=\"async\" class=\"img-fluid rounded shadow\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/muzey4.jpg\" alt=\"Muzey rasmi 2\" \/><\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<div id=\"history\" class=\"tab-pane fade\" role=\"tabpanel\" aria-labelledby=\"history-tab\">\n<h4 style=\"text-align: center;\"><strong>O\u02bbZBEKISTON HUDUDIDA ILK KASABA UYuShMALARI<\/strong><\/h4>\n<h6><\/h6>\n<h6 style=\"text-align: right;\"><strong><em>Salkam 120 yillik tarixga ega O\u02bbzbekiston kasaba uyushmalari faoliyati davomida yuksalish va pasayish davrlari ham yuz bergan, lekin bu tashkilot hech qachon o\u02bbz dolzarbligini yo\u02bbqotmagan.<\/em><\/strong><\/h6>\n<h6><strong><em>\u00a0<\/em><\/strong><\/h6>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong><em>Shavkat MIRZIYoEV O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti<\/em><\/strong><\/p>\n<p>Tarixiy manbalarga ko\u02bbra, ishchi-xodimlarning ilk kasaba uyushmalari XIX asrning ikkinchi yarmida tuzilgan. Aniqrog\u02bbi, 1868 yili Angliyada kasaba uyushmalari kongressi, 1869 yilda Amerikada \u201cMehnat risarlari\u201d nomli kasaba uyushmasi tashkil etilgan. Jahonda bunday tuzilmalar shakllanishiga, avvalo, ishchi-xizmatchilar o\u02bbz haq-huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish niyatida turli yig\u02bbin, to\u02bbgarak, shirkat va uyushmalarga birlashganliklari zamin yaratgan. Masalan, 1860 yillardayoq Germaniyada ishchilarning sosial-demokratlar uyushmalari<em>,<\/em>xristian ishchilar uyushmalari, burjua taraqqiy partiyasi namoyandalari M.Girsh va F.Dunker asos solgan Girsh-Dunkerchilar uyushmalari mavjud bo\u02bblgan. Rossiya imperiyasida XIX asr oxiriga qadar qonuniy maqomga ega ishchilar uyushmalarini ochish imkoniyati bo\u02bblmagan, faqat safiga kam sonli a&#8217;zolarni birlashtirgan \u201co\u02bbzaro yordam kassalari\u201d tuzilgan, xolos. Keyinchalik Ural va Sibirda tog\u02bb-kon zavodi ishchilari shirkatlari vujudga kelgan. 1875-1876 yillarda Odessada narodniklar (xalqparvarlar) sa&#8217;y-harakatlari bilan Janubiy Rossiya ishchilar uyushmasi, 1878-1880 yillarda Sankt-Peterburgda Shimoliy Rossiya ishchilar ittifoqi faoliyat yuritgan. O\u02bbsha asrning 90-yillarda esa sosial-demokratik partiya faollashuvi samarasi o\u02bblaroq, Polsha qirolligi, Shimoli-g\u02bbarbiy o\u02bblka, Sankt-Peterburg va Moskvada ishchilar uyushmalari paydo bo\u02bbla boshlagan. Biroq ularning barchasi norasmiy tashkilotlar sanalgan. 1901-1903 yillarda esa, Rossiya imperiyasi polisiya departamentining yuqori lavozimli mulozimi S.Zubatov tashabbusi va chor hukumati ruxsati bilan Moskva va Sankt-Peterburgda xodimlarning ilk qonuniy uyushmasi \u2013 Mexanik ishchilarning o\u02bbzaro yordam jamiyati tashkil topgan. 1904 yili Sankt-Peterburgda rus provoslav cherkovi ruhoniysi, siyosiy arbob, notiq, kasaba uyushmalari faoli Georgiy Gapon tashabbusi va chor hukumati ijozati bilan qonuniy ravishda Sankt-Peterburg rus zavod ishchilari yig\u02bbini ochildi. Ammo u ishchilar podshoh Nikolay II ga o\u02bbz sharoitlarini yaxshilash bo\u02bbyicha petisiya topshirish uchun namoyish uyushtirishgani, evaziga ommaviy qatl qilinganliklari tufayli 1905 yil 9 yanvarda yopildi. Bundan qat&#8217;i nazar, ro\u02bby bergan voqealar ishchilarning yagona maqsad yo\u02bblida birlashishiga, o\u02bbz haq-huquqlari zavod, fabrika egalari va pomeshchiklar tomonidan paymol etilishiga qarshi kurashiga to\u02bbsqinlik qila olmadi. Salkam ikki yil mobaynida butun Rossiya bo\u02bbylab ishchilarning yuzga yaqin jamoat tashqilotlari tuzildi. Chunonchi, 1905 yilning bahor-yoz fasllarida Putilov, Obuxov, Semyanikov nomli zavodlarda, shuningdek, tikuvchilar, kosiblar, poyabzalchilar, novvoylar, soatsozlar, idora ishchi-xizmatchilarining ilk kasaba uyushmalari paydo bo\u02bbldi. 16 aprelda esa Sankt-Peterburgda Poligrafiya ishchilari ittifoqi tashkil etilgani qonunan rasmiylashtirildi. Shunga qaramay, tez orada u ma&#8217;muriy ta&#8217;qibga uchrab, yopilib ketdi. <img decoding=\"async\" style=\"width: 100%;\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/22-5.jpg\" alt=\"\" height=\"600\" \/> Chor Rossiyasida kasaba uyushmalarining yomg\u02bbirdan keyingi qo\u02bbziqorindek ko\u02bbpayib ketishi hamda ularni tuzish harakatining keng quloch yoyishi hukmdor Nikolay II 1905 yil 17 oktyabrda imzolagan Yig\u02bbilishlar va uyushmalar tuzish erkinligi to\u02bbg\u02bbrisidagi manifest bilan bog\u02bbliq edi. Chunki uning 1-bandida<strong><em>\u201cAholiga haqiqiy shaxsiy daxlsizlik, vijdon, so\u02bbz, yig\u02bbilishlar va uyushmalar erkinligi asosida fuqarolik erkinligi asoslarini tiklash in&#8217;om etilsin\u201d<\/em><\/strong>deyilgan edi. Bu yollanma ishchilarga ham yangi imkoniyatlar eshigini ochib, kasaba uyushmalari faoliyati uchun qonuniy asoslarni taqdim etdi. O\u02bbsha yil 19 noyabrda duradgorlar, matbaachilar, tikuvchilar, poyabzalchi-kosiblar, to\u02bbquvchi-o\u02bbrovchilar va bog\u02bbbonlar uyushmalari vakillari Sankt-Peterburg imperatorlik universitetida dars beradigan iqtisodchi va tarixchi olim, kasaba uyushmalari harakati mafkurachisi va ilk kasaba uyushmasi asoschilaridan biri Vladimir Svyatlovskiyning Konnogvardeyskiy bulvarida joylashgan uydagi xonadonida yig\u02bbilib, birinchi Sankt-Peterburg ishchilar kasaba uyushmasi Markaziy byurosiga poydevor qo\u02bbydilar. Shu bois bu sana hozirga qadar Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati kasaba uyushmalari kuni sifatida nishonlab kelinadi. 1910 yili Rossiyada ishchilar harakati kuchaydi va kasaba uyushmalari tuzish uchun kurashlar avj olib, 1917 yilgacha jadal davom etdi. O\u02bbtgan davr oralig\u02bbida kasaba uyushmasi tuzmagan yoki tuzishga intilmagan birorta ham korxona-tashkilot qolmadi. Negaki, chor hukumati odamlarni bosim ostida ishlatayotgani, ularning haq-huquqlarini muntazam ravishda toptab kelayotgani ishchilarning sabr kosasini to\u02bbldirgan edi. Turkistonda ham kasaba uyushmalari paydo bo\u02bblishidan oldin ishchi-xizmatchilar turli to\u02bbgarak, yig\u02bbin va uyushmalarga birlasha boshlagandilar. Tahlillar 1905-1907 yillarda hozirgi O\u02bbzbekiston hududida, haqiqatan ham, kasaba uyushmalari faoliyat yuritganidan dalolat beradi. Oldingilarining nomida \u201ckasaba\u201d so\u02bbzi mavjud bo\u02bblmasa-da, ular tabiati va xususiyatiga ko\u02bbra, ishchi-xizmatchilar tomonidan o\u02bbz iqtisodiy va kasbiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida tuzilgani, ish beruvchi va xodimlar o\u02bbrtasidagi munosabatlarni tartibga solish masalalari bilan shug\u02bbullangani bois boshqa mamlakatlardagi hozirgi kasaba uyushmalariga to\u02bbla-to\u02bbkis mos keladi. Sovet tarixi ensiklopediyasining 14-tomida bitilishicha, Turkistonda birinchi norasmiy sosial-demokratlar to\u02bbgaraklari 1903 yili Toshkentda, kelasi yil Samarqandda paydo bo\u02bblgan. Umuman olganda, 1905 yil kuzida Toshkentda ishchilarning 15 ta to\u02bbgaragi faoliyat yuritgan. 1904 yili shu shaharda uyushma sifatida shakllangan Sosial-demokratlar uyushgan guruhining ishchi-xizmatchilari keyingi uch yillikdagi ish tashlashlar va namoyishlarda faol qatnashganlar. Turkiston o\u02bblkasida ilk kasaba uyushmalarining dunyoga kelishi 1901 yili har ikki tomondan ham bir vaqtda boshlangan O\u02bbrta Osiyo va Orenburg \u2013 Toshkent temir yo\u02bbl qurilishi bilan bog\u02bbliq, desak, yanglishmaymiz. Tarix fanlari doktori, professor L.V.Gentshkening fikricha,<strong>1905 yil kuzida Butunrossiya temir yo\u02bbl uyushmasining Turkiston bo\u02bblimi tashkil etilgan.<\/strong>Oradan to\u02bbrt-besh oy o\u02bbtar-o\u02bbtmas, u O\u02bbrta Osiyo va Orenburg \u2013 Toshkent temir yo\u02bbllarining 8 ming nafar ishchi-xodimini o\u02bbz safiga qamrab olgan. Aslida Turkiston hududiga temir yo\u02bbllar ancha oldin kirib kelgan. 1880 yili Kaspiyorti temir yo\u02bblini barpo etish boshlanib, 1885 yilda u Ashxobodga, 1886 yilda Chorjo\u02bbyga, 1888 yil ko\u02bbklami nihoyasida Chorjo\u02bbydan Amudaryo ko\u02bbprigi orqali Samarqandga ulangan. 1888-1900 yillarda Krasnovodsk \u2013 Toshkent, Chernyaevo \u2013 Andijon liniyalari qurilgan. Biroq bu ishlar harbiy qismlar askarlari tomonidan bajarilgan. Binobarin, shu davrga qadar amalga oshirilgan temir yo\u02bbllar qurilishida ishchi-xizmatchilar ishtirok etishmagan va ularning uyushmalari bo\u02bblmagan. O\u02bblkamizdagi ilk kasaba uyushmalari uzoq davom etgan ish tashlashlar, noqulay mehnat sharoitlari hamda ishchi-xodimlarning iqtisodiy huquq va manfaatlari oyoqosti qilinishiga bog\u02bbliq noroziliklari oqibatida yuzaga kelgan. Ayni chog\u02bbda, bu mehnatkashlar o\u02bbz haq-huquqlari va qonuniy manfaatlari uchun kurashganini anglatadi. Xususan, ular maoshlari muddatida berilmaganidan, haq to\u02bblanmaydigan va ish vaqtidan tashqari qo\u02bbshimcha yoki bayram kunlarida mehnatga jalb etilishlaridan norozi bo\u02bblishgan. O\u02bbz shartlari bajarilishini talab qilgan holda, vaqti-vaqti bilan zavodda va temir yo\u02bbllarda ishni to\u02bbxtatib qo\u02bbyishgan. Masalan, 1905 yil fevralida O\u02bbrta Osiyo temir yo\u02bbllarining Toshkentdagi bosh ustaxonasida yirik ish tashlash uyushtirilgan. U Farg\u02bbona vodiysida ham xuddi shunday ko\u02bbtarilishlar sodir bo\u02bblishiga doyalik qilgan. Bu yanglig\u02bb qaltis harakatlar va ularning oqibat-natijalari haftalik gazetalarda yoritib borilgan. <img decoding=\"async\" style=\"width: 100%;\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/22-6.jpg\" alt=\"\" height=\"600\" \/> Jumladan, \u201cTurkestanskie vedomosti\u201d xabariga qaraganda, 1905 yil fevralida Orenburg \u2013 Toshkent temir yo\u02bblining taxminan 400, O\u02bbrta Osiyo temir yo\u02bbli Toshkent bosh ustaxonalarining qariyb 800 ishchisi o\u02bbz ishlarini to\u02bbxtatib, rahbariyat oldiga quyidagi talablarni qo\u02bbyishgan:<\/p>\n<ol>\n<li>Sakkiz soatlik ish kunini joriy etish.<\/li>\n<li>Bayramoldi ish kunlarini kunduzi soat 12 da tugatish.<\/li>\n<li>19 fevral va 1 may kunlarini bayram sifatida nishonlash.<\/li>\n<li>Ish vaqtidan tashqari ishlashga faqatgina istisnoli holatlardagina yo\u02bbl qo\u02bbyish, shunda ham ishdan tashqari ishlash vaqti yiliga 120 soatdan oshishiga yo\u02bbl qo\u02bbymaslik, ishdan tashqari ishlangan bir soatni ikki soat, tungi ishlarni uch soat sifatida qabul qilish, tungi soatlarni soat 21 dan ertalab soat 6 gacha etib belgilash.<\/li>\n<li>Ishbay mehnat uchun haq to\u02bblash miqdorini belgilash vakolatini rahbariyat vakillari bilan teng huquqli bo\u02bblgan ishchilarning o\u02bbzlari erkin saylagan vakillari kiritilgan komissiyaga berishini, bunda ularning vakillari soni 3 tadan kam bo\u02bblmasligini ta&#8217;minlash.<\/li>\n<li>Kunlik to\u02bblanadigan haq miqdorini oshirish, kuniga ikki rubl va undan ko\u02bbp oladiganlarning kunlik va oylik mehnat haqini 10 foizga, kamroq oladiganlarnikini esa 25 foizga oshirish, eng kam kunlik ish haqini 1 rubl miqdorida belgilash.<\/li>\n<li>Xizmat safarlari vaqtida ish haqini bir yarim baravar miqdorida to\u02bblash, safardagi to\u02bbliqsiz sutkani to\u02bbliq bir sutka etib belgilash.<\/li>\n<li>Maoshni oyiga kamida ikki marta, ish vaqtida to\u02bblash.<\/li>\n<li>Ma&#8217;muriyat bilan ishchilar o\u02bbrtasidagi barcha tushunmovchiliklarga ikkala taraf teng miqdorda saylaydigan maxsus komissiya tomonidan barham berish, xodimlarni ishga qabul qilish va bo\u02bbshatish masalasini faqatgina shu komissiya tomonidan hal etish.<\/li>\n<li>Jarimalarni bekor qilish.<\/li>\n<li>Ma&#8217;muriyat xodimlari tomonidan ustalarga nisbatan xushmuomalada bo\u02bblish (\u201cSiz\u201d deb murojaat qilish).<\/li>\n<li>Tibbiy bo\u02bblimni takomillashtirish, koykalarni ko\u02bbpaytirish, dorixonalarni zarur dori vositalari bilan boyitish, vrach va feldsherlarning bemorlarga ehtiyotkorlik va g\u02bbamxo\u02bbrlik bilan munosabatda bo\u02bblishiga erishish.<\/li>\n<li>Bigadir va montyorlarni ishchilarning o\u02bbzlari erkin saylashlari va saylov yig\u02bbilishlari zudlik bilan o\u02bbtkazilishi uchun imkon yaratish.<\/li>\n<li>Ishchilar va ularning oila a&#8217;zolari uchun hammomlar qurib berish.<\/li>\n<li>Ustaxonalarni isitish.<\/li>\n<li>Umumiy senzura tomonidan taqiqlanmagan barcha asarlardan foydalanishga ruxsat bergan holda, ommaviy o\u02bbqishlarni bepul yo\u02bblga qo\u02bbyish.<\/li>\n<li>Ishchilarga o\u02bbz ehtiyojlarini muhokama qilishlari uchun yig\u02bbilishlar o\u02bbtkazish va uyushmalar, namoyishlar tashkil etish erkinligini berish.<\/li>\n<li>Mehnat ta&#8217;tillarini ishchilar talab qilgan vaqtlarda, sabablarini so\u02bbramay berish.<\/li>\n<li>Shogirdlarni parovozlarni yuvish kabi iflos va kir ishlarga jalb etishga chek qo\u02bbyish, birinchi o\u02bbquv yilida o\u02bbzi tanlagan tsexdagi barcha ishlarda qatnashishini ta&#8217;minlash.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Shubhasiz, zuvalasi ilg\u02bbor g\u02bboyalar bilan yo\u02bbg\u02bbrilgan bu talablar Turkiston o\u02bblkasida kasaba uyushmalari rasman tuzilishidan oldin ishchi-xizmatchilar ongu tafakkurida pishib etilganidan dalolat beradi. Ularning ayrimlari qanoatlantirilgani bois tez orada temiryo\u02bblchilar ish tashlashlarni tugatishadi va ishlarini yana davom ettirishadi. \u201cSamarqand\u201d gazetasining 1905 yil 10 iyundagi 116-sonida chop etilgan<strong>\u201cTemir yo\u02bbl xizmatchilari uyushmasi\u201d<\/strong>nomli maqolada umumrossiya temir yo\u02bbllari tizimidagi turli kasb egalari va ishchi-xizmatchilarni qamrab olishu birlashtirishga qodir<strong>kasaba uyushmalarini tuzish zarurati tug\u02bbilgani<\/strong>eslatilgan. Kasaba uyushmasining tub maqsadi demokratik g\u02bboyalar ustuvorligini ta&#8217;minlash asnosi barcha temir yo\u02bbl xizmatchilarining moddiy, huquqiy, madaniy va mehnatga oid manfaatlarini himoya qilishdan iborat ekanligi uqtirilgan. Bizningcha, shu o\u02bbrinda ushbu maqolaning \u201cSamarqand\u201d gazetasida chop etilishining o\u02bbziyoq Turkistonda ham kasaba uyushmalari tuzishga to\u02bblaqonli ehtiyoj tug\u02bbilganini bildirganini, shuningdek, o\u02bblkada kasabachilik harakati kuchayishiga xizmat qilganini e&#8217;tirof etish joiz. 1905 yil 14 oktyabrda Turkiston temir yo\u02bbllarining ishchi va xizmatchilari yana bosh ko\u02bbtardilar. Ularga boshqa korxonalar ishchilari, temir yo\u02bbl bataloni askarlari, hatto Amudaryo flotiliyasi matroslari ham qo\u02bbshilib, ish tashladilar. Chor hukumati esa 19 oktyabrda namoyishchilarni yoppasiga o\u02bbqqa tutdi. Bu qirg\u02bbinbarotda halok bo\u02bblganlarni dafn etish marosimlari xalq g\u02bbazabini qaytadan qo\u02bbzg\u02bbadi va ularni tag\u02bbin ko\u02bbchaga chorladi. 15-16 noyabrda takroran qo\u02bbzg\u02bbolonlar va namoyishlar bo\u02bbldi. Taassufki, ular ham mehnatkashlar vakillarini otish bilan yakunlandi. Qish boshida temir yo\u02bblchilarning ish tashlashlari to\u02bbxtadi.<strong>13-20 dekabr kunlari O\u02bbrta Osiyo temir yo\u02bbllari ishchi va xizmatchilarining 1-Qurultoyi o\u02bbtkazildi.<\/strong>Unda kelayotgan yanvar oyidan e&#8217;tiboran 8 soatlik ish kunini belgilash to\u02bbg\u02bbrisida qaror qabul qilindi. 1906 yilning 1 iyulida esa Toshkentda O\u02bbrta Osiyo va Orenburg \u2013 Toshkent temiryo\u02bblchilarining birinchi Turkiston birlashgan Qurultoyi bo\u02bbldi va Temiryo\u02bblchilar kasaba uyushmasining Ustavi ma&#8217;qullandi. O\u02bbsha hujjat ayni kezlarda O\u02bbzbekiston kasaba uyushmalari tarixi muzeyida saqlanmoqda. Boya aytganimizdek,<strong>1904-1905 yillarda tuzilgan ba&#8217;zi uyushmalar garchi \u201ckasaba uyushmasi\u201d deb atalmagan bo\u02bblsa-da, ko\u02bbzlagan maqsad va vazifalari uniki bilan aynan bir xil edi.<\/strong>\u201cSredneaziatskaya jizn\u201d gazetasining 1905 yil 11 dekabrdagi 34-sonida yozilishicha, Yig\u02bbilishlar va uyushmalar tuzish erkinligi to\u02bbg\u02bbrisidagi manifest e&#8217;lon qilingani hamono andijonlik faollar doimiy ish yuritadigan jamoat yig\u02bbinini tashkil etish masalasini muhokama qilish uchun xalq mitingi uyushtirishga shaylanishgan. Ayni maqsadda shahardagi mehmonxonalardan birida yashirincha to\u02bbplanishgan. So\u02bbngra jamoatchi va tashabbuskor shaxslardan iborat qo\u02bbmita tuzib, masalani muhokamaga qo\u02bbyishgan.<strong>13 noyabr kuni takroran yig\u02bbilib, Andijon konstitusion-demokratik uyushmasi<\/strong>tuzilganini e&#8217;lon qilishgan. Yig\u02bbilganlar darhol a&#8217;zolikka ariza berganlar, uyushma raisi, kotibi va 10 nafar boshqaruv a&#8217;zolari saylangan. Ko\u02bbrib chiqishga vaqt etmagani sababli uyushmaga a&#8217;zolik badallari masalasini keyinga qoldirilgan. Ko\u02bbrib turibsizki, ishchi-xizmatchilarning haq-huquqlari va manfaatlarini himoya qiladigan uyushmalarga ehtiyoj nafaqat Samarqandda, balki boshqa hududlarda ham asta-sekin kuchaygan. 1905 yil debochasida Turkiston o\u02bblkasining Pochta-telegraf xizmatchilari o\u02bbzaro birlashish hamda og\u02bbir iqtisodiy va huquqiy ahvollarini yaxshilash bo\u02bbyicha dastlabki harakatlarni boshlagandilar. Arxivdan topilgan<strong>\u201cTurkiston o\u02bblkasida Pochta-telegraf uyushmasini tashkil etish tarixi haqidagi\u201d<\/strong>telegramma va hukumatga yuborilgan iltimosnomaning xomaki loyihasida (asl nusxalari topilmagan) quyidagi jumlalar bitilgan:<em>\u201c1905 yilning 23 oktyabrida turkistonliklarga Butunrossiya Pochta-telegraf uyushmasini tashkil etishda ishtirok etish taklifi yuboriladi. Mazkur taklifnoma Toshkentdan butun Turkiston muassasalariga jo\u02bbnatiladi.<\/em><strong><em>24 oktyabrda Toshkentda 100 kishi ishtirokida Pochta-telegraf ishchilarining umumiy yig\u02bbilishi bo\u02bblib o\u02bbtadi.<\/em><\/strong><em>Unda Pochta-telegraf ishchilari Toshkent idorasi, temir yo\u02bbl orqali pochta tashish XII bo\u02bblimi va okrug boshqarmasi vakillari ishtirok etadi. Majlis boshlanishiga qadar okrugdagi aksariyat muassasalar yig\u02bbilishlarda siyosiy mavzularda so\u02bbz yuritilmasligi sharti bilan Pochta-telegraf uyushmasi bilan birlashishga rozilik bildiradilar.<\/em><em>Umumiy yig\u02bbilishda Pochta-telegraf uyushmasining Turkiston bo\u02bblimini tashkil etish bo\u02bbyicha qaror qabul qilinadi. Mazkur bo\u02bblim ishlarini boshqarish uchun qo\u02bbmita saylanadi.<\/em><em>Umumiy yig\u02bbilishlarda pochta-telegraf uyushmasiga qo\u02bbshilish bilan bir vaqtda iltimosnoma va qarorlar qabul qilinib, unda Toshkent delegatlariga yuqori turuvchi organlarga umumiy ariza bilan murojaat qilish huquqi beriladi. Ushbu murojaatda Turkiston o\u02bblkasi aloqachilarining moddiy ahvoli og\u02bbirligi ko\u02bbrsatilib, mehnat sharoitlarini yaxshilash va oylik maoshlarni oshirish talablari ilgari surilgan edi.<\/em><em>Ular ish haqini 50 foizga ko\u02bbtarish, qo\u02bbshimcha to\u02bblovlarni (oshxona, uy-joy, xizmat safarlari puli va h.k.) oshirish, ishchi-xodimlar sonini ko\u02bbpaytirish va ish vaqtini, xizmat muddatini va ish smenalarini qisqartirishni, har yili oylik to\u02bblanadigan ta&#8217;tillarni joriy etish va nafaqalarni oshirishni talab qilishadi\u201d.<\/em>Alqissa,<strong>Toshkentdagi aloqa xodimlarining 1905 yil 24 oktyabrda bo\u02bblgan yig\u02bbilishida Turkiston Pochta-telegraf uyushmasi tashkil etiladi.<\/strong>Yig\u02bbilishda Butunrossiya Pochta-telegraf uyushmasiga ma&#8217;naviy va iqtisodiy manfaatlarni himoya qilish asosida qo\u02bbshilish va uyushma bo\u02bblimi ishlarini boshqarish uchun qo\u02bbmita saylash to\u02bbg\u02bbrisidagi qaror chiqariladi. \u201cTurkestan\u201d, \u201cTurkestanskie vedomosti\u201d va \u201cRusskiy Turkestan\u201d gazetalarining 1905-1907 yillardagi ba&#8217;zi sonlarida berilgan ma&#8217;lumotlar ham o\u02bbsha kezlar yuqorida tilga olingan kasaba uyushmalari tuzilganini tasdiqlaydi. \u201cRusskiy Turkestan\u201dning 1905 yil dekabrida chiqqan 264-sonidagi dalillarga binoan, Toshkentdagi \u201cBr. Nobel\u201d shirkatining bosh idorasi xizmatchilari shaharda<strong>Idora xizmatchilari va buxgalterlar kasaba uyushmasi<\/strong>bo\u02bblimini tashkil etishni rejalashtirishgan. \u201cTurkestan\u201d gazetasining 1906 yil 29 avgustdagi sonida o\u02bbsha kuni soat 9 da Sinsadze sirkida<strong>Tikuvchi va etikdo\u02bbzlar kasaba uyushmasi<\/strong>ning ta&#8217;sis majlisi bo\u02bblishi ma&#8217;lum qilingan. 31 avgust kuni soat 4 da esa umumiy majlislar zalining qishki binosida<strong>Ofisiant, oshpaz va uy xizmatkorlari kasaba uyushmasi<\/strong>a&#8217;zolarining umumiy yig\u02bbilishi o\u02bbtkazilishiga doir e&#8217;lon chop etiladi. Kun tartibiga tasdiqlangan ustav o\u02bbqilishi, boshqaruv va taftish komissiyasi nizomlarini, joriy yil smetasini tasdiqlash, boshqaruv hamda taftish komissiyasi a&#8217;zolarini va ularga nomzodlarni saylash, amaldagi ishlarga daxldor boshqa masalalar kiritilgandi. 5 sentyabrda uyushma boshqaruvi a&#8217;zolarining birinchi majlisi o\u02bbtkaziladi. Uyushmaga 70 kishi a&#8217;zo bo\u02bblgan va tez orada ularning soni ortishi kutilayotgandi. Chunki bu tarkibga hali nafaqat uy xizmatkorlari, balki mehmonxonalar, turli oshxona ustaxonalari va boshqa joylarda ishlaydigan xizmatkorlar ham kiritilmagandi. \u201cTurkestan\u201d gazetasining 1906 yil 1 sentyabrdagi sonida 3 sentyabr kuni soat 9 da Sinsadze sirkida<strong>Matbaa ishchilari uyushmasining<\/strong>ta&#8217;sis majlisi bo\u02bblishi to\u02bbg\u02bbrisida e&#8217;lon berilgan bo\u02bblsa, \u201cTurkestanskie vedomosti\u201dning 1906 yil 8 (21) oktyabrdagi sonida, \u201cTurkestanskiy kurer\u201d gazetasi ma&#8217;lumotiga tayanilgan holda, Sirdaryo harbiy gubernatori<strong>Matbaa xodimlari kasaba uyushmasi<\/strong>ustavini tasdiqlagani haqidagi xabar yoritilgan. Bu uyushma mablag\u02bblari kirish (a&#8217;zolikka o\u02bbtish) to\u02bblovlari, yillik, oylik va bir martalik badallar, kapital foizlari hamda xayriyalar hisobidan shakllantirilgan. \u201cNoviy put\u201d gazetasining 1906 yil 8 iyuldagi sonida<strong>Toshkent<\/strong><strong>Mexanika ishlab chiqarish zavodi ishchilari kasaba uyushmasi<\/strong>tuzilgani, \u201cTurkestan\u201dning 10 sentyabrdagi sonida rasmiy ruxsat etilgan mexanika ishlab chiqarish shahar ishchilari kasaba uyushmasi a&#8217;zolarining birinchi umumiy yig\u02bbilishi bo\u02bblib o\u02bbtgani haqidagi xabar yoritiladi. Ikkinchi nashrning keyingi sonlarida uyushma tashkil topgan ilk kunlarda uning kassasiga kelib tushgan badallar haqida so\u02bbz yuritiladi. Shu gazetada yozilishicha, 1906 yil 17 sentyabr kuni ertalab soat 9 da Sinsadze sirkida<strong>Quruvchilar kasaba uyushmasi<\/strong>ning ta&#8217;sis majlisi o\u02bbtkazilgan. Unda binokorlar so\u02bbnggi paytlarda ish vaqtidan tashqari qo\u02bbshimcha ishlashgani, ammo shunga yarasha haq olishmagani eslatilgan. Bunga o\u02bbxshash holatlar zudlik bilan quruvchilar kasaba uyushmasini tuzish zarurligini taqozo etdi. O\u02bbz navbatida, uyushma ustavi moddama-modda ko\u02bbrib chiqilib, hukumatga birja va uyushma haqida rasmiy iltimosnoma bilan chiqadigan komissiya a&#8217;zolari saylandi.<strong>\u201cVpered\u201d<\/strong>gazetasining 1906 yilgi 17-sonida shunday xabar chop etilgan: \u201c1907 yilning 20-25 yanvar kunlari Moskvada feldsher, feldsherkalar va hamshiralarning Butunrossiya birinchi qurultoyi bo\u02bblib o\u02bbtadi.<strong>Toshkentdagi feldsherlik ishining ayol xodimalaridan biri tahririyatimizga murojaat yo\u02bbllab, hamkasb o\u02bbrtoqlarini o\u02bbz manfaatlarini himoya qilish maqsadida kasaba uyushmalariga birlashishga chaqirdi.<\/strong>Bundan umid qilish mumkinki, toshkentlik tibbiy yordam xodimlari \u2013 feldsher, feldsherka va hamshiralar Qurultoyga, albatta, o\u02bbz delegatlarini yuboradilar\u201d. <img decoding=\"async\" style=\"width: 100%;\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/photo_2024-06-04_20-36-11.jpg\" alt=\"\" height=\"600\" \/> Gazetaning 1906 yil 26 noyabrda bosilgan 25-sonida mazkur<strong>kasaba uyushma yig\u02bbilishi bo\u02bblishi<\/strong>oldindan e&#8217;lon qilingandi. 30 noyabrdagi sonida bosilgan materialda bayon etilishicha, feldsher, feldsherkalar va hamshiralarning 26 noyabr kuni kechqurun soat 8 da bo\u02bblgan yig\u02bbilishida mahalliy<em>(bu o\u02bbrinda tarmoq nazarda tutilgan bo\u02bblsa kerak)<\/em>kasaba uyushma Boshqaruvi tarkibiga saylov o\u02bbtkazilgan. Natijalarga ko\u02bbra, Demidov eng ko\u02bbp \u2013 22 ovoz olgan. Lekin yig\u02bbilishda u rais lavozimidan o\u02bbz ixtiyori bilan voz kechgan, g\u02bbaznachilik taklifini esa qabul qilgan. Turkiston kasaba uyushmalari 1906 yildayoq faoliyatini yanada rivojlantirish, a&#8217;zolarini zarur bilim va ko\u02bbnikmalar bilan qurollantirish maqsadida<strong>o\u02bbz kutubxonalarini ochgani<\/strong>o\u02bblkada kasaba uyushmalariga e&#8217;tibor yuqori bo\u02bblganini tasdiqlaydi.<strong>\u201cVpered\u201d<\/strong>gazetasining 1906 yilgi 17-soni 3-betida manavi e&#8217;lon o\u02bbrin olgan: <img decoding=\"async\" style=\"width: 100%;\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/photo_2024-06-04_20-36-07.jpg\" alt=\"\" height=\"600\" \/><em>\u201cKasaba uyushmasi o\u02bbrtoqlariga xabar qilamiz! Tikuvchilar, poyabzalchilar, shapkachi va shlyapachi va boshqa tikuvchilarni KUTUBXONA ochilishiga taklif etamiz.<\/em><em>Ochilish marosimi 1906 yil 19 noyabr yakshanba kuni soat 11 da Voronsov prospektidagi Intendan omborxonasi ro\u02bbparasida joylashgan 31-Parishev uyida bo\u02bbladi\u201d<\/em><em>.<\/em><img decoding=\"async\" style=\"width: 100%;\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/22-9.jpg\" alt=\"\" height=\"600\" \/> Gazetaning o\u02bbsha yilgi 10 noyabrdagi 9-sonida bosilgan qiziq bir material kasaba uyushmasi ishchi-xizmatchilarning to\u02bblaqonli himoyachisiga aylanganini hamda ularning ishonchini qozonganini ko\u02bbrsatadi. Xabarda<strong>Harbiy-iqtisodiy jamiyatga qarashli mundir tikish ustaxonasining barcha tikuvchilari murojaat qilish uchun ish joylarini tashlab Toshkent tikuvchilar kasaba uyushmasiga ketib qolishgani yoritilgan.<\/strong>Oxirida \u201cHozirgi vaqtda tikuvchilar kasaba uyushmasi bichuvchi o\u02bbrtoq Kaplanning salbiy xulq-atvori yuzasidan ma&#8217;muriyatga bildirish tashabbusini o\u02bbz zimmasiga olgan\u201d deyilgan. <img decoding=\"async\" style=\"width: 100%;\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/22-10.jpg\" alt=\"\" height=\"600\" \/> Yuqoridagi fikrlarni<strong>\u201cVpered\u201d<\/strong>ning 5 noyabrdagi 7-sonida chiqqan Idora xizmatchilari va buxgalterlar kasaba uyushmasi Kengashi faoliyati haqidagi axborot ham tasdiqlaydi. Ayon bo\u02bblishicha, ushbu kasaba uyushmasi idora xizmati bilan band xodimlarning huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini o\u02bbrganish va ularga amaliy yordam ko\u02bbrsatish maqsadida o\u02bbz a&#8217;zolari o\u02bbrtasida<strong>20 banddan iborat so\u02bbrovnoma varaqalarini tarqatgan.<\/strong>Unda xodimlarning ism-sharifidan tashqari,<strong>ish soatlari soni, ta&#8217;til kunlari, mukofot (ustama)lari haqida<\/strong>ham aniq ma&#8217;lumot berishni so\u02bbragan. Bu esa, boshlang\u02bbich kasaba uyushmasi tashkilotlari pasportini tuzishda ham muhim qadam hisoblanadi. Xulosa o\u02bbrnida aytish mumkinki, butun jahonda bo\u02bblgani kabi Turkistonda ham kasabachilik harakatining vujudga kelishi va keng yoyilishi o\u02bbziga xos tarixga ega. Bu tuzilma o\u02bbsha paytlar chor hukumati bosimi ostida ezilgan o\u02bblka ishchi-xizmatchilarining haq-huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida yagona najot omili vazifasini o\u02bbtagan.<\/p>\n<\/div>\n<div id=\"part1\" class=\"tab-pane fade\" role=\"tabpanel\" aria-labelledby=\"part1-tab\">\n<h4 style=\"text-align: center;\"><strong>\u201c1905-1924 YILLARDA TURKISTON O\u02bbLKASIDA KASABA UYuShMALARINING TAShKIL ETILIShI\u00a0 VA ULARNING FAOLIYaTI\u201d<\/strong><\/h4>\n<p style=\"font-size: 18px;\">Ushbu bo\u02bblimda kasaba uyushmalari tashkil etilishiga qadar, ularning prototipi bo\u02bblgan yashirin kasbiy to\u02bbgaraklar haqida hikoya qiluvchi, Milliy arxivda 100 yildan ortiq davr mobaynida \u201cmaxfiy\u201d grifi bilan saqlangan tarixiy hujjatlarning nusxalari, kasbiy yo\u02bbnalishdagi ilk uyushmalarning tashkil etilishi,\u00a0 dastlabki uyushmalararo kasaba tashkilotlari, Turkiston Respublikasi kasaba uyushmalarining I-,II qurultoylari, yangi iqtisodiy siyosatga o\u02bbtish davridagi kasaba uyushmalari faoliyati, madaniy-ma&#8217;rifiy yo\u02bbnalishdagi ishlar, birinchi Xalq universitetining ochilishi\u00a0 hamda Turkiston ayollarini yangi hayot qurilishiga faol jalb etishda kasaba uyushmalarining tutgan o\u02bbrni haqidagi materiallar bilan tanishasiz. Bundan tashqari jadidlar harakati vakili, ma&#8217;rifatparvar Abdulla Avloniyning kasaba uyushmalaridagi faoliyati, shu bilan bir qatorda, 1924 yil 27 oktyabrda ilk bor jahon xaritasida\u00a0\u00a0 O\u02bbzbekiston Sovet Sosialistik Respublikasi tashkil etilgani to\u02bbg\u02bbrisidagi ma&#8217;lumotga ega bo\u02bblasiz<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" style=\"width: 100%;\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/muzey2.jpg\" alt=\"\" height=\"400\" \/><\/p>\n<\/div>\n<div id=\"part2\" class=\"tab-pane fade\" role=\"tabpanel\" aria-labelledby=\"part2-tab\">\n<h4 style=\"text-align: center;\"><strong>\u201cKASABA UYuShMALARINING O\u02bbZBEKISTON SOVET SOSIALISTIK RESPUBLIKASI DAVRIDAGI (1925-1991-YIL) FAOLIYaTI\u201d BO\u02bbLIMI.<\/strong><\/h4>\n<p style=\"font-size: 18px;\">Uch qismga bo\u02bblib o\u02bbrganiladi<\/p>\n<p><strong>1 qism <\/strong>\u201c1925-1941-YILLARDA O\u02bbZBEKISTON KASABA UYuShMALARINING FAOLIYaTI\u201d<br \/>\n<strong>2 qism <\/strong>\u201c1941-1950-YILLARDA O\u02bbZBEKISTON KASABA UYuShMALARI \u00a0IKKINChI JAHON URUShI VA URUSh ASORATLARIDAN TIKLANISh YILLARIDA\u201d<br \/>\n<strong>3 qism <\/strong>\u201c1951-1991-YILLARDA O\u02bbZBEKISTON KASABA UYuShMALARI \u00a0FAOLIYaTI\u201d<br \/>\n<img decoding=\"async\" style=\"width: 100%;\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/muzey7.jpg\" alt=\"\" height=\"400\" \/><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" style=\"width: 100%;\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/muzey6.jpg\" alt=\"\" width=\"711\" height=\"400\" \/><img decoding=\"async\" style=\"width: 100%;\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/muzey8.jpg\" alt=\"\" height=\"400\" \/><\/p>\n<\/div>\n<div id=\"part3\" class=\"tab-pane fade\" role=\"tabpanel\" aria-labelledby=\"part3-tab\">\n<h4 style=\"text-align: center;\"><strong>O\u02bbZBEKISTON KASABA UYuShMALARI MUSTAQILLIK DAVRIDAGI <\/strong><strong>(1991-2016 YILLAR) FAOLIYaTI<\/strong><\/h4>\n<p style=\"font-size: 18px;\">Quyidagi bo\u02bblimda Mustaqillikning dastlabki chorak asrida (1991-2016 yillar) O\u02bbzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi, tarmoq va hududiy tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, O\u02bbzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasini tuzish to\u02bbg\u02bbrisidagi DEKLARASIYa, O\u02bbzbekiston kasaba uyushmalarining XV Qurultoyi (O\u02bbzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi II Qurultoyi), 2000-2016 yillarda bo\u02bblib o\u02bbtgan O\u02bbzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi\u00a0 III, IV, V, VI, VII Qurultoylari, 1992 yilda qabul qilingan\u00a0 O\u02bbzbekiston Respublikasining \u201cKasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201d qonuni,\u00a0 2004 yilda\u00a0 O\u02bbzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining eng oliy mukofoti \u201cEHTIROM\u201d ko\u02bbkrak nishonining ta&#8217;sis etilishi, 2011 yilda O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O\u02bbzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi va O\u02bbzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi o\u02bbrtasida imzolangan Bosh kelishuv hujjatining asl nusxasi kabi eksponatlarni ko\u02bbrishingiz mumkin.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" style=\"width: 100%; height: 626px; object-fit: cover; float: left; padding-right: 10px;\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/muzey9.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>\n<\/div>\n<div id=\"part4\" class=\"tab-pane fade\" role=\"tabpanel\" aria-labelledby=\"part4-tab\">\n<h4 style=\"text-align: center;\"><img decoding=\"async\" style=\"width: 100%; height: 626px; object-fit: cover; float: left; padding-right: 10px;\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/muzey10.jpg\" alt=\"\" \/><strong>YaNGI O\u02bbZBEKISTON \u2013 YaNGI KASABA UYuShMALARI DAVRI (2016-2021 YILLAR)<\/strong><\/h4>\n<p style=\"font-size: 18px;\">Ushbu bo\u02bblimda yuqoridagi bo\u02bblimlardan farqli ravishda ekspozisiyalar O\u02bbzbekiston kasaba uyushmalarining faoliyat\u00a0 yo\u02bbnalishlari bo\u02bbyicha joylashtirilgan, bo\u02bblimda O\u02bbzbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to\u02bbg\u02bbrisidagi qonun, O\u02bbzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasining tashkil etilishi, \u201cKasaba uyushmalari to\u02bbg\u02bbrisida\u201d O\u02bbzbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi, O\u02bbzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi strukturasi, tarmoq va hududiy tashkilotlar faoliyati to\u02bbg\u02bbrisidagi ekspozisiyalar bilan boshlanadi.<\/p>\n<p>Shuningdek, ushbu bo\u02bblimda 2020 yilda O\u02bbzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining VIII Qurultoyi, O\u02bbzbekiston kasaba uyushmalari kuni ta&#8217;sis etilganligining bir yilligi munosabati bilan O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tabriklari, 2021 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashini tashkil etilishi to\u02bbg\u02bbrisida ma&#8217;lumotlar ham o\u02bbrin olgan.<\/p>\n<p>Muzeyning har bir bo\u02bblimi zamonaviy elektron axborot uzatuvchi vositalar bilan jihozlangan bo\u02bblib, ularga mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy va O\u02bbzbekiston kasaba uyushmalarining qariyb yuz yildan ortiq tarixi to\u02bbg\u02bbrisidagi ma&#8217;lumotlar joylashtirilgan.<br \/>\nMuzeyda O\u02bbzbekiston kasaba uyushmalari nashri bo\u02bblgan \u201cIshonch\u201d gazetasining ilk sonidan to bugungi kungacha bo\u02bblgan sonlariining elektron varianti bilan ham tanishish imkoniga ega bo\u02bblasiz.<\/p>\n<h3 style=\"text-align: center;\"><\/h3>\n<p><img decoding=\"async\" style=\"width: 100%; hieght: 500px; padding: 10px;\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/muzey11.jpg\" alt=\"\" \/> <img decoding=\"async\" style=\"width: 100%; padding: 10px;\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/muzey12-1.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>\n<\/div>\n<div id=\"events\" class=\"tab-pane fade\" role=\"tabpanel\" aria-labelledby=\"events-tab\">\n<div class=\"container my-4\">\n<h4 class=\"text-center fw-bold\">2022 yil uchun<\/h4>\n<p>2022 yil 20-24 sentyabr kunlari Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari kengashi konferensiyasi ishtarokchilari uchun muzey ekskursiyasi:<\/p>\n<p>Tojikiston mini futbol jamoasi<\/p>\n<div class=\"row g-3\">\n<div class=\"col-md-6\"><img decoding=\"async\" class=\"img-fluid rounded shadow\" style=\"width: 100%;\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/muzey4-1.jpg\" alt=\"\" height=\"600\" \/><\/div>\n<div class=\"col-md-6\"><img decoding=\"async\" class=\"img-fluid rounded shadow\" style=\"width: 100%;\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/muzey5-1.jpg\" alt=\"\" height=\"600\" \/><\/div>\n<\/div>\n<ul class=\"mt-3\">\n<li>Xalqaro mehnat tashkiloti Evropa va Markaziy Osiyo bo\u02bblimi rahbari <em>Sergius Glovaskas<\/em><\/li>\n<\/ul>\n<div class=\"row g-3\">\n<div class=\"col-md-6\"><img decoding=\"async\" class=\"img-fluid rounded shadow\" style=\"width: 100%;\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/muzey4-2.jpg\" alt=\"\" height=\"600\" \/><\/div>\n<div class=\"col-md-6\"><img decoding=\"async\" class=\"img-fluid rounded shadow\" style=\"width: 100%;\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/muzey5-2.jpg\" alt=\"\" height=\"600\" \/><\/div>\n<\/div>\n<ul class=\"mt-3\">\n<li>Anna Salnikova (MKP-VERS, Moskva)<\/li>\n<\/ul>\n<div class=\"row g-3\">\n<div class=\"col-md-4\"><img decoding=\"async\" class=\"img-fluid rounded shadow\" style=\"width: 100%;\" src=\"https:\/\/kasaba1.softpro.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/muzey4-3.jpg\" alt=\"\" height=\"600\" \/><\/div>\n<div class=\"col-md-4\"><img decoding=\"async\" class=\"img-fluid rounded shadow\" style=\"width: 100%;\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/muzey5-3.jpg\" alt=\"\" height=\"600\" \/><\/div>\n<div class=\"col-md-4\"><img decoding=\"async\" class=\"img-fluid rounded shadow\" style=\"width: 100%;\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/muzey6-1.jpg\" alt=\"\" height=\"600\" \/><\/div>\n<\/div>\n<ul class=\"mt-3\">\n<li>Mongoliya kasaba uyushmalari Federasiyasi raisi boshchiligidagi delegasiya<\/li>\n<\/ul>\n<div class=\"row g-3\">\n<div class=\"col-md-4\"><img decoding=\"async\" class=\"img-fluid rounded shadow\" style=\"width: 100%;\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/muzey4-4.jpg\" alt=\"\" height=\"600\" \/><\/div>\n<div class=\"col-md-4\"><img decoding=\"async\" class=\"img-fluid rounded shadow\" style=\"width: 100%;\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/muzey5-4.jpg\" alt=\"\" height=\"600\" \/><\/div>\n<div class=\"col-md-4\"><img decoding=\"async\" class=\"img-fluid rounded shadow\" style=\"width: 100%;\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/muzey6-2.jpg\" alt=\"\" height=\"600\" \/><\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<p><!-- \u2705 2023 yil uchun --><\/p>\n<div class=\"container my-4\">\n<h4 class=\"text-center fw-bold\">2023 yil uchun<\/h4>\n<p>2023 yil 30 mart kuni \u201cStreetNet\u201d xalqaro uyushmasi vakillari muzey mehmoni bo\u02bblishdi:<\/p>\n<div class=\"row g-3\">\n<div class=\"col-md-4\"><img decoding=\"async\" class=\"img-fluid rounded shadow\" style=\"width: 100%;\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/1.jpg\" alt=\"\" height=\"600\" \/><\/div>\n<div class=\"col-md-4\"><img decoding=\"async\" class=\"img-fluid rounded shadow\" style=\"width: 100%;\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/2.jpg\" alt=\"\" height=\"600\" \/><\/div>\n<div class=\"col-md-4\"><img decoding=\"async\" class=\"img-fluid rounded shadow\" style=\"width: 100%;\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/3.jpg\" alt=\"\" height=\"600\" \/><\/div>\n<\/div>\n<p><!-- shu tarzda boshqa 2023 yilgi tadbirlarni ham row\/col qilib joylashtirish mumkin --><\/p>\n<\/div>\n<p><!-- \u2705 2024 yil uchun --><\/p>\n<div class=\"container my-4\">\n<h4 class=\"text-center fw-bold\">2024 yil uchun<\/h4>\n<p>2024 yil 17 may kuni Boshqirdiston Respublikasi kasaba uyushmalari Federasiyasi delegasiyasi muzeyda mehmon bo\u02bbldi:<\/p>\n<div class=\"row g-3\">\n<div class=\"col-md-6\"><img decoding=\"async\" class=\"img-fluid rounded shadow\" style=\"width: 100%;\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/1-5.jpg\" alt=\"\" height=\"600\" \/><\/div>\n<div class=\"col-md-6\"><img decoding=\"async\" class=\"img-fluid rounded shadow\" style=\"width: 100%;\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/2-4.jpg\" alt=\"\" height=\"600\" \/><\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<div id=\"video\" class=\"tab-pane fade\" role=\"tabpanel\" aria-labelledby=\"video-tab\"><video style=\"width: 50%; padding: 10px;\" controls=\"controls\" width=\"500\" height=\"400\"><source src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/project-1.mp4\" type=\"video\/mp4\" \/>Your browser does not support the video tag.<\/video><video style=\"width: 50%; padding: 10px;\" controls=\"controls\" width=\"500\" height=\"400\"><source src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/project-2.mp4\" type=\"video\/mp4\" \/>Your browser does not support the video tag.<\/video><br \/>\n<video style=\"width: 50%; padding: 10px;\" controls=\"controls\" width=\"500\" height=\"400\"><source src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/dorev-promyshlennostobshh.mp4\" type=\"video\/mp4\" \/>Your browser does not support the video tag.<\/video><video style=\"width: 50%; padding: 10px;\" controls=\"controls\" width=\"500\" height=\"400\"><source src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/pochta-obshhij.mp4\" type=\"video\/mp4\" \/>Your browser does not support the video tag.<\/video><br \/>\n<video style=\"width: 50%; padding: 10px;\" controls=\"controls\" width=\"500\" height=\"400\"><source src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/farhod-kanali.mp4\" \/>Your browser does not support the video tag.<\/video><br \/>\n<video style=\"width: 50%; padding: 10px;\" controls=\"controls\" width=\"500\" height=\"400\"><source src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/toshkent-2-zha-on-urushi-arafasida.mp4\" type=\"video\/mp4\" \/><\/video><\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Muzey haqida O\u02bbzKUF tarixiga oid I bo\u02bblim II bo\u02bblim III bo\u02bblim IV bo\u02bblim Tadbirlar Videolar Muzey haqida O\u02bbzbekiston kasaba uyushmalari tarixi muzeyi Markaziy Osiyoda Kasaba uyushmalari faoliyatiga doir yagona muzeydir. Muzey O\u02bbzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi raisi Rafiqov Qudratilla Mirsagatovich tashabbuslari bilan 2021 yil 10 noyabrda rasman ochilgan. Qisqa muddat ichida muzeyda 2000 ga yaqin eksponat [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-20347","page","type-page","status-publish","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/20347","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20347"}],"version-history":[{"count":228,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/20347\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26378,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/20347\/revisions\/26378"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20347"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}