{"id":25948,"date":"2025-10-27T03:41:22","date_gmt":"2025-10-27T03:41:22","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?page_id=25948"},"modified":"2026-05-13T05:16:19","modified_gmt":"2026-05-13T05:16:19","slug":"ix-qurultoy","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/ix-qurultoy\/","title":{"rendered":"IX QURULTOY"},"content":{"rendered":"<p><strong>01.11.2025.<\/strong> 2025 yilning 1 noyabr&#8217; kuni poytaxtimizdagi O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari saroyida O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining IX Qurultoyi bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Qurultoy ishiga O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafikov raislik qildi.<\/p>\n<p>Qurultoyda O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, O\u2018zbekiston Qahramonlari, senatorlar, kasaba uyushmalarining ijtimoiy hamkorlari bo\u2018lgan ko\u2018plab vazirlik, idoralar rahbarlari, nuroniylar, belgilangan vakillik me&#8217;yoriga muvofiq O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining IX Qurultoyiga saylangan delegatlar, Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi va Xalqaro mehnat tashkiloti vakili Gocha Aleksandriya ishtirok etdi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining IX Qurultoyi ochiq deb e&#8217;lon qilingach, Qurultoy rayosati va ishchi organlari tarkibi, kun tartibi va ish tartibi tasdiqlab olindi.<\/p>\n<p>Qurultoyda dastavval O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafikov \u201cYangi O\u2018zbekiston \u2013 yangi kasaba uyushmalari: Federatsiyaning \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a02021-2025 yillardagi faoliyati va \u201cO\u2018zbekiston \u2013 2030\u201d strategiyasi asosida milliy taraqqiyotning yangi bosqichida kasaba uyushmalarining ustuvor vazifalari to\u2018g\u2018risida\u201d ma&#8217;ruza qildi.<\/p>\n<p>Ma&#8217;ruzada oxirgi 8-9 yilda O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida barcha sohalarda birdek olib borilayotgan tub islohotlar, inson manfaatlarini ta&#8217;minlash yo\u2018lidagi sa&#8217;y-harakatlar va tashabbuslar natijasida xalqimiz turmush farovonligi oshib, insonlarning ertaga emas, bugun yaxshi yashashi ta&#8217;minlanayotgani alohida ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p>Qayd etish zarurki, Federatsiyaning 9-Qurultoyi kasaba uyushmalari uchun tarixiy bo\u2018lgan kunlarda bo\u2018lib o\u2018tmoqda. Chunki, kasaba uyushmalari harakatining \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0120 yillik yubileyi arafasida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining soha xodimlari va faollari bilan o\u2018tkazgan muloqoti, chin ma&#8217;noda, tarixiy hodisa bo\u2018ldi. Zero \u00a0Davlat Rahbarining kasaba uyushma faollari bilan bunday keng formatli uchrashuvi ilk bora o\u2018tkazildi va yuksak e&#8217;tibor ko\u2018rsatildi.<\/p>\n<p>&#8211; O\u2018tgan davr O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari hayotida unutilmas va zarhal harflar bilan yoziladigan tarixiy davr bo\u2018ldi desam, aynan haqiqatni aytgan bo\u2018laman, &#8211; deya ta&#8217;kidladi O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafikov o\u2018z ma&#8217;ruzasida. \u2013 Ayniqsa, kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi arafasida Prezidentimizning soha xodimlari va faollari bilan o\u2018tkazgan muloqoti chin ma&#8217;noda tarixiy hodisa bo\u2018ldi. Uchrashuvda Davlat rahbari \u201cHech shubhasiz, biz erishayotgan natijalarda 8 million a&#8217;zoga ega, eng xalqchil va katta nodavlat tashkiloti bo\u2018lgan kasaba uyushmalarining munosib hissasi bor\u201d deya e&#8217;tirof etganlari faoliyatimizga yuksak baho bo\u2018ldi. Shu ma&#8217;noda, biz ikki karra baxtli insonlarmiz. Chunki bir tomondan 120 yillik shonli tarix bilan yuzma-yuz kelish taqdirning bir tuhfasi bo\u2018lsa, Millat Liderining mehriga munosib ko\u2018rilish ikkinchi ulkan baxtimizdir!<\/p>\n<p>Ma&#8217;ruzada ta&#8217;kidlanganidek, \u00a0O\u2018zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yillik tarixi bilan bog\u2018liq va Qurultoy bo\u2018lib o\u2018tayotgan muhtasham Kasaba uyushmalari Saroyida:<\/p>\n<p>1905-1907 yillarda Turkiston kasaba uyushmalarining ilk ta&#8217;sis yig\u2018ilishi;<\/p>\n<p>1920 yilda Turkiston Respublikasi kasaba uyushmalari II S&#8217;ezdi;<\/p>\n<p>1925 yil mart oyida O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Kengashining (Uzsofprof) I Qurultoyi bo\u2018lib o\u2018tgan edi.<\/p>\n<p>Bu faktlar mamlakat kasaba uyushmalari bugungacha qanchalik shonli yo\u2018lni bosib o\u2018tganiga yana bir dalildir. Yana bir muhim jihat &#8211; Kasaba uyushmalarining uzoq o\u2018tmishiga guvoh bo\u2018lgan mazkur Saroy Yangi O\u2018zbekiston davrida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kasaba uyushmalari tasarrufiga berilganidir.<\/p>\n<p>Keyingi to\u2018qqiz yilda Prezidentimiz tashabbuslari bilan amalga oshirilgan ulkan islohotlar mamlakat va xalqimiz hayotida keskin burilish yasadi.<\/p>\n<p>Hisobot ma&#8217;ruzada ta&#8217;kidlanganidek, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 9-Qurultoyi jahon hamjamiyati O\u2018zbekistonni \u201cYangi O\u2018zbekiston\u201d deb\u00a0 va Uchinchi Renessans davriga shaxdam va dadil qadam qo\u2018yayotganini e&#8217;tirof etayotgan g\u2018oyat muhim bir davrda o\u2018tmoqda. Bir so\u2018z bilan aytganda, O\u2018zbekistonda shakllangan Yangi tizim \u2013 halqimizni baxtli qilish tizimi o\u2018zini to\u2018la oqlamoqda.<\/p>\n<p>Qayd etilganidek, mamlakatimizda olib borilayotgan kuchli ijtimoiy himoya siyosati hamda inson huquq va manfaatlarini ta&#8217;minlash yo\u2018nalishlaridagi tizimli sa&#8217;y-harakatlarga hamohang ravishda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan o\u2018tgan hisobot davrida faoliyatning ustuvor yo\u2018nalishlarida tizimli ishlar amalga oshirildi. Xususan, o\u2018tgan davrda Yangi O\u2018zbekistonning yangi kasaba uyushmalari shakllandi deyishga to\u2018la asoslar bor.<\/p>\n<p>Qurultoyda hisobot davrida amalga oshirilgan ishlarga hamda O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining kasaba uyushma faollari bilan uchrashuvda bildirgan fikrlaridan kelib chiqib, oldinda turgan vazifalarga alohida to\u2018xtalib o\u2018tildi. Xususan, hisobot davrida safi 8 millionlik kasaba uyushmalari mehnatkashlarning huquqiy himoyasini ta&#8217;minlash bilan birga mehnat sohasida muhim ahamiyatga ega bo\u2018lgan 2,5 mingdan ziyod normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo\u2018yicha taklif va tavsiyalar kiritdilar. Jumladan, Kasaba uyushmalari Federatsiyasining bevosita ishtirokida Xalqaro mehnat tashkilotining talablari va tavsiyalariga javob beradigan\u00a0yangi Mehnat kodeksi qabul qilindi. \u201cKasaba uyushmalari to\u2018g\u2018risida\u201dgi hamda \u201cSoliq kodeksiga o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritish to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunning qabul qilinishi kasaba uyushmalari faoliyatining huquqiy asoslarini yanada mustahkamlab berdi. Shuningdek, Xalqaro mehnat tashkilotining mehnatkashlar manfaatlari bilan bog\u2018liq Konvensiyalari ratifikasiya qilinishida faol ishtirok etildi.<\/p>\n<p>Tizimda Mehnat inspeksiyasining tashkil etilgani jamoatchilik nazoratini o\u2018rnatish borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Hisobot davrida kasaba uyushmalari inspektorlari tomonidan 13 mingdan ziyod tashkilotda qariyb 46 mingta kamchilik aniqlandi va ularning 39 mingdan ortig\u2018i bartaraf etildi. Jamoatchilik nazorati orqali qariyb 500\u00a0ming nafar xodimning huquqi tiklanib, ular foydasiga<br \/>\n267 mlrd. so\u2018m undirib berildi.<\/p>\n<p>Ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish sohasidagi ishlar borasida muzokara va maslahatlashuvlar asosida\u00a0 ijtimoiy-mehnat sohasiga oid dolzarb\u00a0 masalalar hal etildi. Davlatimiz rahbarining qo\u2018llab-quvvatlashi tufayli mehnatga haq to\u2018lashning eng kam miqdori qayta ko\u2018rib chiqilib, o\u2018tgan besh yil ichida bu miqdor 2 barobarga oshdi.<\/p>\n<p>2025 yil 1 yanvarga kelib, jamoa shartnomalari soni 2021 yildagi 110 mingdan 127 mingtaga, qamrab olingan xodimlar soni esa 4,3 mlndan 5 mln. 540 ming nafarga yetdi. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali 960 mingdan ortiq ayollar, keksalar \u00a0va \u00a0yoshlar manzilli qo\u2018llab-quvvatlandi.<\/p>\n<p>Bugungi kunda jamoa shartnomalari xodimlar uchun bandlik va munosib mehnat kafolatlarini belgilash, ish haqi miqdorini oshirishning samarali vositasiga aylangan. Tuzilgan jamoa shartnomalarining barchasida xodim bilan mehnat shartnomasini ish beruvchi tashabbusiga ko\u2018ra bekor qilishdan oldin kasaba uyushma qo\u2018mitasining roziligini albatta olish talabi kiritilgan.<\/p>\n<p>2024 yil yakunlariga ko\u2018ra respublika bo\u2018yicha 32 ming 251 ta korxona va tashkilotda jamoa shartnomalari asosida yagona tarif setkasida belgilangan razryadlar koeffisienti ko\u2018tarilgan bo\u2018lib, bu orqali 1 mln. 342 ming nafar xodimning ish haqi oshirilishiga erishilgan. Jamoa shartnomalari orqali 101 ming 159 nafar xodimga to\u2018liqsiz ish vaqti sharoitida ishlash, 2 mln. 635 ming nafar xodimga asosiy uzaytirilgan, 4 mln. 257 ming nafar xodimga esa yillik qo\u2018shimcha ta&#8217;tillardan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, 80 mingdan ziyod tashkilotda jamoa shartnomalari asosida ijtimoiy ta&#8217;tillar belgilangan va ulardan foydalangan xodimlar soni qariyb 2,5 mln. nafarni tashkil etadi.<\/p>\n<p>Tahlillarga ko\u2018ra, jamoa shartnomalarida xodimlar uchun qo\u2018shimcha imtiyozlar kiritilishi natijasida, respublika bo\u2018yicha o\u2018rta hisobda bir xodimga yil davomida sarflangan mablag\u2018 10 mln. 89 ming so\u2018mni tashkil etib,\u00a0 2021 yilga nisbatan 2 barobarga ortgan.<\/p>\n<p>Aholining kam ta&#8217;minlangan qatlamlari ijtimoiy himoyasini ta&#8217;minlash yo\u2018nalishida ham salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xususan, \u201cAyollar daftari\u201d orqali 4,5 million nafar kam ta&#8217;minlangan ayolga yordam ko\u2018rsatildi. Mamlakatimizning 14 ta hududida 969 ta kooperatsiya usulidagi loyiha tufayli 124 mingdan ziyod aholi, jumladan, 90 mingdan ortiq ayollar bandligi ta&#8217;minlanishi bo\u2018yicha jamoatchilik nazorati o\u2018rnatildi. Genderga oid audit o\u2018tkazish amaliyoti yo\u2018lga qo\u2018yilib, 5\u00a0ta vazirlik hamda uning tarkibiy tuzilmalarida genderga oid audit o\u2018tkazildi. Federatsiyaning \u201c1211\u201d Ishonch telefoniga xotin-qizlardan tushgan 200 mingdan ziyod murojaatning 99,6 foizida ko\u2018tarilgan masalalar hal etildi.<\/p>\n<p>Ta&#8217;kidlash zarurki, kasaba uyushmalari keyingi to\u2018qqiz yilda asriy yangilanishlarning guvohi bo\u2018ldi. O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyov tashabbusi bilan 11 noyabrning \u201cKasaba uyushmalari kuni\u201d deb e&#8217;lon qilinishi kasaba uyushmalari tarixiga zarhal harflar bilan yozildi.<\/p>\n<p>2021 yil \u201cO\u2018zbekiston kasaba uyushmalari tarixi\u201d muzeyi tashkil etildi. Ilmiy izlanishlar natijasida mamlakatimizda ilk kasabachilik harakati 1905 yilda boshlanganligi va bu yil uning tashkil etilganiga 120 yil to\u2018lishi arxiv hujjatlari asosida o\u2018z tasdig\u2018ini topdi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari tarixida ilk bor, 2025 yilda o\u2018tkazilgan saylovlarda barcha darajadagi kasaba uyushmalari organlari rahbarlari hamda ularning o\u2018rinbosarlari muqobillik asosida yashirin ovoz berish yo\u2018li bilan saylandi. Ayni tashabbus O\u2018zbekiston kasaba uyushmalarining xalqaro darajadagi nufuzini oshirdi.<\/p>\n<p>O\u2018z saflarida 8 millionlik a&#8217;zoni birlashtirgan kasaba uyushmalari Federatsiyasi qoshidagi Malaka oshirish instituti bugun soha mutaxassislari uchun ixtisoslashgan ta&#8217;lim muassasasiga aylandi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tasarrufida Markaziy Osiyoda yagona Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasi tashkil etildi. Mazkur Akademiya bugunga kelib, soha uchun yetuk\u00a0 mutaxassislar tayyorlashda muhim platforma vazifasini bajarmoqda.<\/p>\n<p>Bugungi kunda aholi salomatligini muhofaza qilish, davlat siyosatining eng ustuvor yo\u2018nalishlaridan biriga aylangan. Kasaba uyushmalari bu borada katta tajriba va salohiyatga ega. Hisobot davrida ushbu yo\u2018nalishda barcha imkoniyatlardan keng foydalanildi. Raqamlarga murojaat etsak, mamlakatimiz mustaqillikka erishgan 1991 yildan 2017 yilgacha o\u2018tgan 26 yil davomida kasaba uyushmalari tizimida 1 ta yangi sanatoriy qurilgan bo\u2018lsa, oxirgi to\u2018qqiz yilda 14 ta yangi sanatoriy qurilib, foydalanishga topshirildi va yana 10 ga yaqini rekonstruksiya qilindi. Natijada o\u2018rinlar soni 2017 yilga nisbatan\u00a0 2 ming 43 taga oshib, yiliga qo\u2018shimcha 60 mingdan ortiq aholini sog\u2018lomlashtirish imkoni yaratildi.<\/p>\n<p>Hisobot davrida Federatsiya tizimidagi sanatoriy va dam olish uylarida 900 mingga yaqin fuqaro sog\u2018lomlashtirildi, ularning 43 foiziga imtiyozli yo\u2018llanmalar ajratilib, salomatligi mustahkamlandi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining\u00a0 qaroriga muvofiq 2022 yilda Federatsiya tizimida Bolalarning dam olishi va sog\u2018lomlashtirilishini tashkil etish departamenti tashkil etildi. Faoliyatini to\u2018xtatgan yoki samarasiz ishlayotgan 82 ta bolalar sog\u2018lomlashtirish oromgohi mazkur Qaror asosida Federatsiya balansiga o\u2018tkazildi va tasarrufdagi oromgohlar soni 110 tadan oshdi. 2020-2025 yillarda 9 ta yangi bolalar oromgohi qurildi, 76 tasi kapital ta&#8217;mirlandi. 2021-2025 yillar yoz mavsumida 1 mln. 545 ming nafardan ziyod bola,\u00a0 shu jumladan, ularning 800 ming nafari stasionar, 700 ming nafardan ziyodi kunduzgi oromgohlarda sog\u2018lomlashtirildi.<\/p>\n<p>Federatsiyaning \u201cJismoniy tarbiya va sport-sog\u2018lomlashtirish ishlari boshqarmasi\u201d faoliyatini kengaytirish sohasida ham salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2024 yilda \u201cYakkasaroy\u201d sport-sog\u2018lomlashtirish majmuasida xalqaro talablarga javob beradigan suv sporti saroyi foydalanishga topshirildi. Yaratilayotgan shart-sharoitlar kasaba uyushmalari sportchilarining xalqaro musobaqalarda yuksak marralarni egallashlari uchun zamin yaratdi. Natijada so\u2018nggi yillarda kasaba uyushma sportchilari Olimpiada, Jahon va Osiyo chempionatlarida\u00a0 \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0123 ta oltin, 130 ta kumush va 72 ta bronza medallarini qo\u2018lga kiritdilar.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Xalqaro kasaba uyushmalari harakatidagi nufuzi ortib borayotganini ham alohida ta&#8217;kidlash zarur. Xalqaro Mehnat Tashkiloti Bosh direktori Jil&#8217;bert Ungbo O\u2018zbekistonga tashrifi doirasida mamlakatimiz tajribasini xalqaro miqyosda o\u2018rganish va qo\u2018llash uchun muvaffaqiyatli model&#8217; sifatida ko\u2018rayotganini ta&#8217;kidlagani, kasaba uyushmalari faoliyatiga berilgan yuksak baho bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Hisobot davrida Xalqaro hamkorlik kuchaytirildi. Xususan, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan 2021 yilda Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashi tashkil etildi. 2023 yilda Samarqand shahrida O\u2018zbekiston, Qozog\u2018iston, Qirg\u2018iziston, Ozarbayjon, Turkiya ishtirokida Turkiy Davlatlar kasaba uyushmasi tashkilotiga asos solindi.<\/p>\n<p>2024 yil oktyabr&#8217; oyida salkam 300 millionga yaqin a&#8217;zosi bo\u2018lgan Umumxitoy kasaba uyushmalari Federatsiyasi delegasiyasining O\u2018zbekistonga tashrifi doirasida ushbu nufuzli tashkilot bilan o\u2018zaro aloqalarni yanada rivojlantirish borasida hamkorlik memorandumi imzolangani muhim qadamlardan biri bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>2024 yil dekabr&#8217; oyida O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi 169 ta davlatning 333 ta kasaba uyushmalarini birlashtirgan hamda 250 mln. nafardan ziyod a&#8217;zoga ega Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasining haqiqiy a&#8217;zoligiga qabul qilingani mamlakatimiz kasaba uyushmalarining global kasaba uyushmalari harakatida o\u2018zining mustahkam o\u2018rniga ega bo\u2018lib borayotganini namoyish etdi.<\/p>\n<p>Hisobot-ma&#8217;ruzada kelgusida O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari oldida turgan reja va maqsadlarga ham alohida to\u2018xtalib o\u2018tildi. Xususan, tarmoq va hudud darajasidagi vakolatli organlarning qabul qilayotgan me&#8217;yoriy hujjatlari loyihalarida kasaba uyushma a&#8217;zolarining manfaatlarini himoya qilish tarmoq kasaba uyushmalari hamda hududiy Kengashlarning\u00a0 eng muhim vazifalaridan biri bo\u2018lib qolishi zarurligi ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p>Mehnat muhofazasiga oid qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini tashkil qilish sohasidagi ishlarni ham kuchaytirish zarurligi qayd etildi. Xususan, Tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlari hamkor vazirlik, idoralar bilan ijtimoiy sheriklikni kuchaytirishi, bu yo\u2018nalishda mehnat inspektorlarining mas&#8217;uliyatini oshirish choralarini ko\u2018rish zarurligiga alohida to\u2018xtalib o\u2018tildi.<\/p>\n<p>Ijtimoiy-mehnat masalalari bo\u2018yicha komissiyalarning mehnat sohasidagi masalalarda ta&#8217;sirini oshirish oldinda turgan muhim vazifalardan biri bo\u2018lib qoladi. Bu borada Prezidentimiz kasaba uyushmalari oldiga aniq vazifa qo\u2018ydilar. Unga ko\u2018ra, kelgusi yildan mehnatga haq to\u2018lashning eng kam miqdoriga oid qonunchilik hujjatlarini tayyorlash jarayoniga Ijtimoiy-mehnat masalalari bo\u2018yicha uch tomonlama komissiyasini ham jalb qilish topshirildi. Mazkur yangicha yondashuv ushbu masalada xodimlar manfaatini kafolatli himoya qilish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Bu borada Muhtaram Prezidentimizning vazirlik va idoralar hamda tarmoq kasaba uyushmalari kollegial organlarining qo\u2018shma yig\u2018ilishini doimiy ravishda o\u2018tkazib borish, tarmoq kasaba uyushmalari raislarini vazirlik va\u00a0 idoralar xay&#8217;ati a&#8217;zoligiga kiritish takliflari ayni muddao bo\u2018ldi. Bu &#8211; qo\u2018shma majlislarda tarmoq jamoa kelishuvlari va shartnomalarining bajarilishi, ish haqining o\u2018z vaqtida to\u2018lanishi va boshqa ijtimoiy masalalarni muhokama qilib borish va yechimini topish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Sirasini aytganda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hisobot davrini salmoqli natijalar bilan yakunlamoqda. Eng asosiy yutuq \u2013 mehnatkashlar himoyachisi\u00a0 bo\u2018lgan kasaba uyushmalariga aholining ishonchi tobora ortib borayotganidir. Chunki, Federatsiya nafaqat davlatning ijtimoiy hamkori, balki mehnatkashlar manfaatlarini qat&#8217;iy turib himoya qila oladigan\u00a0 fuqarolik instituti sifatida o\u2018zini ko\u2018rsatdi.<\/p>\n<p>Qurultoyda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Nazorat-taftish\u00a0 komissiyasining 2021-2025 yillardagi faoliyati to\u2018g\u2018risidagi hisoboti ham tinglandi.<\/p>\n<p>Har ikkala masala yuzasidan bo\u2018lib o\u2018tgan muhokamalar jarayonida so\u2018zga chiqqan delegatlar O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi faoliyatiga baho berish bilan bir qatorda Nazorat-taftish komissiyasi hisoboti bo\u2018yicha ham o\u2018z munosabatlarini bildirdilar.<\/p>\n<p>Shundan so\u2018ng Qurultoy nomiga qator Xalqaro tashkilotlar, ko\u2018plab horijiy davlatlarning kasaba uyushmalari milliy markazlaridan yo\u2018llangan tabriklar o\u2018qib eshittirildi.<\/p>\n<p>Ma&#8217;lumki, O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va O\u2018zbekiston Ish beruvchilari Konfederatsiyasi o\u2018rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo\u2018yicha Bosh jamoa kelishuvi har uch yilda imzolab kelinmoqda. Mazkur kelishuv O\u2018zbekiston Respublikasida kelishilgan holda ijtimoiy-iqtisodiy siyosat olib borishning asosiy yo\u2018nalishlarini belgilab beruvchi hujjat hisoblanadi. 2023-2025 yillar uchun Bosh jamoa kelishuvining amal qilish muddati tugayotganligi sababli Ijtimoiy-mehnat masalalari bo\u2018yicha Respublika uch tomonlama komissiyasi tomonidan 2026-2028 yillar uchun yangi Bosh jamoa kelishuvi loyihasi tayyorlanib, unda \u201cO\u2018zbekiston 2030\u201d strategiyasi va O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan 2025 yil 17 oktyabr&#8217; kuni o\u2018tkazilgan uchrashuvida bildirgan taklif va tavsiyalari ham o\u2018z aksini topdi. Kelishuv loyihasi manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo\u2018jalik birlashmalari bilan kelishib olindi va imzoga tayyorlandi.<\/p>\n<p>Qurultoy doirasida O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, O\u2018zbekiston Ish beruvchilari konfederatsiyasi raisi Otabek Ashurov, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafikov tomonidan yangi Bosh jamoa kelishuvini imzolash marosimi o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Qisqa tanaffus vaqtida Sanoq komissiyasi majlisi o\u2018tkazib olindi.<\/p>\n<p>Ko\u2018rib chiqilgan masalalar yuzasidan muhokamalarda so\u2018zga chiqqan delegatlar O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining hisobot davridagi faoliyatini qoniqarli deb topish taklifini kiritdilar. Ushbu taklif barcha delegatlar tomonidan tasdiqlanib, bir ovozdan qabul qilindi. Shundan so\u2018ng kun tartibidagi birinchi masala bo\u2018yicha Qurultoy qarori loyihasi yuzasidan tahrir komissiyasining takliflari eshitildi va qaror qabul qilindi.<\/p>\n<p>Shuningdek, so\u2018zga chiqqan delegatlar Nazorat-taftish komissiyasining hisobotini tasdiqlash taklifini kiritdilar va ushbu taklif Qurultoy delegatlari tomonidan tasdiqlandi hamda ushbu masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.<\/p>\n<p>Shundan so\u2018ng Qurultoy kun tartibidagi saylovlar masalalari, ya&#8217;ni, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi va uning o\u2018rinbosarlarini, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Bosh kengashi, Ijroiya qo\u2018mitasi, shuningdek Nazorat-taftish komissiyasi tarkibi va raisini saylash to\u2018g\u2018risidagi masalalar ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p>Hisobot-saylovlarni o\u2018tkazish to\u2018g\u2018risida Nizomga muvofiq Federatsiya raisi va rais o\u2018rinbosarlari saylovi yashirin ovoz berish yo\u2018li bilan o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Eng avval Federatsiya raisi saylovi bo\u2018yicha yashirin ovoz berish byulleteniga kiritiladigan nomzodlar ro\u2018yxati shakllantirib olindi. Qayd etilginidek, Tarmoq kasaba uyushmalari, Federatsiyaning hududiy Kengashlari delegasiyalari vakillari yig\u2018ilishida Federatsiya raisi va rais o\u2018rinbosarligiga nomzodlar yuzasidan maslahatlashuv o\u2018tkazilib, takliflar tayyorlangan. Delegasiyalar vakillari yig\u2018ilishi nomidan nomzodlar o\u2018qib eshittirilgach, ular yashirin ovoz berish byulleteniga kiritildi.<\/p>\n<p>Qisqa tanaffus vaqtida delegatlar uchun O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari tarixi va faoliyati to\u2018g\u2018risida tayyorlangan fil&#8217;m namoyish etildi.<\/p>\n<p>Bevosita saylovlar jarayoniga o\u2018tilgach delegatlarga yashirin ovoz berish tartibi tushuntirilib, ovoz berish jarayonlari boshlandi.<\/p>\n<p>Yashirin ovoz berish natijalariga ko\u2018ra, Rafikov Qudratilla Mirsoatovich ko\u2018pchilik ovoz bilan O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining raisi etib saylandi.<\/p>\n<p>Shundan so\u2018ng Federatsiya raisining o\u2018rinbosarlari saylovi bo\u2018yicha yashirin ovoz berish natijalari e&#8217;lon qilindi.<\/p>\n<p>Federatsiya organlari tarkibi va Nazorat-taftish komissiyasi a&#8217;zolari va raisini saylash jarayonlari delegatlar taklifiga ko\u2018ra ochiq ovoz berish yo\u2018li bilan o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Qurultoyda shuningdek, \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2025 yil 17 oktyabrda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan uchrashuvidan kelib chiqadigan vazifalar to\u2018g\u2018risida\u00bbgi masala ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p>Ta&#8217;kidlanganidek, Davlat rahbari uchrashuvda kasaba uyushmalariga o\u2018zining yuksak hurmat va ezgu tilaklarini izhor etib, har bir korxona va tashkilotga ishchanlik muhitini, mehnat jamoalariga rag\u2018bat va adolat ruhini olib kirayotgani uchun bildirilgan minnatdorlik faoliyatga yuksak bahodir. \u00a0Shu bilan birga, Prezidentimiz kasaba uyushmalari faoliyatini yanada kuchaytirish yuzasidan qator taklif va tavsiyalarni bildirdilar. Ushbu taklif va tavsiyalarni amalga oshirish maqsadida \u201cyo\u2018l xaritasi\u201d va qaror loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu hujjatlar loyihalari yuzasidan qaror bir ovozdan qabul qilindi.<\/p>\n<p>Shundan so\u2018ng Qurultoyga Xalqaro mehnat tashkiloti Bosh direktori Jil&#8217;ber Ungbodan O\u2018zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi va \u201cKasaba uyushmalari kuni\u201d bayramlari, shuningdek Federatsiyaning IX Qurultoyi munosabati bilan kelib tushgan videotabrik namoyish etildi.<\/p>\n<p>Kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan qayd etilganidek, Bosh kengash qarori bilan \u201cO\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi faoliyatining 2026-2030 yillarga mo\u2018ljallangan strategik yo\u2018nalishlari\u201d\u00a0 loyihasini tayyorlash bo\u2018yicha maxsus Ishchi guruh tuzilib, ushbu muhim hujjat loyihasi ishlab chiqildi. Bu jarayonda tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlari va Federatsiyaning hududiy Kengashlaridan tushgan takliflar ham e&#8217;tiborga olindi. Strategik yo\u2018nalishlar loyihasi\u00a0 bo\u2018yicha qaror delegatlar tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.<\/p>\n<p>Shuningdek, Federatsiyaning o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritilgan Ustavi loyihasi va ushbu masala bo\u2018yicha qaror loyihasi ham delegatlar tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.<\/p>\n<p>Qurultoyda tushgan savollarga javob berilgach, Qurultoy yopiq deb e&#8217;lon qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25998 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/6.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/6.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/6-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/6-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/6-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25995 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/3.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/3.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/3-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/3-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/3-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25996 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25997 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/5.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/5.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/5-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/5-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/5-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25994 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/2.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/2.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/2-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/2-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/2-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25999 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/7.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/7.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/7-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/7-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/7-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26000 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/8.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/8.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/8-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/8-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/8-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25993 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/1.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/1.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/1-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/1-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/1-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>01.11.2025. 2025 yilning 1 noyabr&#8217; kuni poytaxtimizdagi O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari saroyida O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining IX Qurultoyi bo\u2018lib o\u2018tdi. Qurultoy ishiga O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafikov raislik qildi. Qurultoyda O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, O\u2018zbekiston Qahramonlari, senatorlar, kasaba uyushmalarining ijtimoiy hamkorlari bo\u2018lgan ko\u2018plab vazirlik, idoralar rahbarlari, nuroniylar, belgilangan vakillik me&#8217;yoriga muvofiq O\u2018zbekiston [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-25948","page","type-page","status-publish","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/25948","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=25948"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/25948\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":27025,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/25948\/revisions\/27025"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=25948"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}