{"id":22042,"date":"2024-11-06T22:06:58","date_gmt":"2024-11-06T17:06:58","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=20707"},"modified":"2024-11-10T17:00:11","modified_gmt":"2024-11-10T17:00:11","slug":"kasaba-uyushmasi-tomonidan-213-million-sum-moddij-va-manavij-zarar-undirib-berildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2024\/11\/06\/kasaba-uyushmasi-tomonidan-213-million-sum-moddij-va-manavij-zarar-undirib-berildi\/","title":{"rendered":"Kasaba uyushmasi tomonidan 213 million so\u02bbm moddiy va ma&#8217;naviy zarar undirib berildi"},"content":{"rendered":"<p>06.11.2024. O\u02bbzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashiga Farg\u02bbona viloyati, Dang\u02bbara tumanida yashovchi fuqaro Z.Tursunboeva o\u02bbzining marhum turmush o\u02bbrtog\u02bbi, 1991 yilda tug\u02bbilgan A.Tursunboev \u201cFarg\u02bbona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi\u201d AJning Dang\u02bbara tuman elektr ta&#8217;minoti korxonasida yuz bergan baxtsiz hodisa tufayli vafot etgani, oqibati o\u02bblim bilan yakunlangan mazkur holat yuzasidan bir yo\u02bbla to\u02bblanishi zarur bo\u02bblgan zarar to\u02bblovlari va oyma-oy to\u02bblanishi lozim bo\u02bblgan to\u02bblovlar to\u02bblab berilmayotganligidan norozi bo\u02bblib, mazkur to\u02bblovlarni undirishda amaliy yordam ko\u02bbrsatilishini so\u02bbrab murojaat qildi.<a href=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/11\/8.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignleft wp-image-20709\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/11\/8.jpg\" alt=\"\" width=\"500\" height=\"335\" \/><\/a><\/p>\n<p>Ma&#8217;lum bo\u02bblishicha, elektromontyor\u00a0 vazifasida ishlagan A.Tursunboev bilan 2024\u00a0yil 28\u00a0mart kuni \u201cFarg\u02bbona HETK\u201d AJ Dang\u02bbara tuman elektr ta&#8217;minoti korxonasining \u201cMa&#8217;rifat\u201d uzatmasi \u201cChodaklik\u201d shoxobchasining 26-sonli transformatorida baxtsiz hodisa sodir bo\u02bblgan. Qo\u02bbqon shahar shoshilinch tibbiy yordam bo\u02bblimida ko\u02bbrsatilgan yordamlarga qaramasdan A.Tursunboev 2024\u00a0yil 4\u00a0aprel kuni vafot etgan. Marhumning turmush o\u02bbrtog\u02bbi va ikki nafar farzandiga baxtsiz hodisa yuzasidan to\u02bblanishi shart bo\u02bblgan to\u02bblovlar to\u02bblanmasdan kelinayotganligi aniqlangan.<\/p>\n<p>&#8211; Mazkur murojaat bo\u02bbyicha O\u02bbzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Mehnat inspeksiyasi tomonidan \u201cFarg\u02bbona HETK\u201d AJga 2024 yil 25 iyun kuni yozma ko\u02bbrsatma xati yuborilganiga qaramasdan, sug\u02bburta kompaniyasi marhum A.Tursunboev bilan fuqarolik huquqiy tusdagi shartnoma imzolanganligi vaji bilan zarar to\u02bblovlarini to\u02bblab bermayotganligi sababli \u201cFarg\u02bbona HETK\u201d AJ tomonidan mazkur ko\u02bbrsatma xatining ijrosi ta&#8217;minlanmadi.<\/p>\n<p>Shundan so\u02bbng, tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan Fuqarolik ishlari bo\u02bbyicha Farg\u02bbona tumanlararo sudiga \u201cMehnat vazifalarini bajarish bilan bog\u02bbliq holda mehnat jarohati tufayli vafot etgan xodimning oila a&#8217;zolariga etkazilgan moddiy va ma&#8217;naviy zararni undirish hamda Fuqarolik huquqiy tusdagi shartnoma asosida yuzaga kelgan munosabatlar mehnatga oid munosabatlar deb e&#8217;tirof etilishi to\u02bbg\u02bbrisida\u201d da&#8217;vo arizasi kiritildi.<\/p>\n<p>Natijada, javobgarga nisbatan marhum A.Tursunboevning qonuniy vakillariga etkazilgan moddiy va ma&#8217;naviy zararni undirish hamda Fuqarolik huquqiy tusdagi shartnoma asosida yuzaga kelgan munosabatlar mehnatga oid munosabatlar deb e&#8217;tirof etilishi to\u02bbg\u02bbrisida Fuqarolik ishlari bo\u02bbyicha Farg\u02bbona tumanlararo sudining 2024 yil 23 sentyabrdagi hal qiluv qarori chiqarilib, marhumning turmush o\u02bbrtog\u02bbi va ikki nafar farzandiga boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan 208 mln. so\u02bbmga yaqin bir yo\u02bbla beriladigan bir martalik nafaqa undirib berildi. Shuningdek, 5 mln. so\u02bbm ma&#8217;naviy zarar to\u02bblovlari to\u02bblab berilishiga hamda boquvchisining yo\u02bbqotilgan ish xaqi o\u02bbrnini qoplash uchun amalga oshiriladigan xar oylik to\u02bblovlarni oyma-oy to\u02bblash majburiyati yuklatilishiga erishildi.<\/p>\n<p>B.Abdullaev<\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Mehnat inspeksiyasi Bosh mehnat huquq inspektori<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>06.11.2024. O\u02bbzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashiga Farg\u02bbona viloyati, Dang\u02bbara tumanida yashovchi fuqaro Z.Tursunboeva o\u02bbzining marhum turmush o\u02bbrtog\u02bbi, 1991 yilda tug\u02bbilgan A.Tursunboev \u201cFarg\u02bbona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi\u201d AJning Dang\u02bbara tuman elektr ta&#8217;minoti korxonasida yuz bergan baxtsiz hodisa tufayli vafot etgani, oqibati o\u02bblim bilan yakunlangan mazkur holat yuzasidan bir yo\u02bbla to\u02bblanishi zarur [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22112,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[12,22,24],"tags":[],"class_list":["post-22042","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-kasaba-uyushmasi-yordam-berdi","category-pravovaya-zashhita","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22042","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22042"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22042\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22106,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22042\/revisions\/22106"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22112"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22042"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22042"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22042"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}