{"id":22281,"date":"2024-11-27T04:09:43","date_gmt":"2024-11-27T04:09:43","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=22281"},"modified":"2024-11-27T04:12:08","modified_gmt":"2024-11-27T04:12:08","slug":"me-nat-u-u-lari-bujicha-habardorlik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2024\/11\/27\/me-nat-u-u-lari-bujicha-habardorlik\/","title":{"rendered":"Mehnat huquqlari bo\u2018yicha xabardorlikni oshirish va xalqaro mehnat standartlari samaradorligidan foydalanishda kasaba uyushmalarining roli"},"content":{"rendered":"<p><strong>27.11.2024. <\/strong>2024 yil 21-22 noyabr kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida Xalqaro mehnat tashkiloti vakillari ishtirokida \u201cMehnat huquqlari bo\u2018yicha xabardorlikni oshirish va xalqaro mehnat standartlari samaradorligidan foydalanishda kasaba uyushmalarining roli\u201d mavzusida hamkor davlatlarning mintaqaviy yig\u2018ilishi bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Ushbu halqaro yig\u2018ilishda Ta&#8217;lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qozog\u2018iston, O\u2018zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya, Tojikiston respublikasi vakillari hamda Tojikiston Respublikasi Ta&#8217;lim va fan vazirligi rahbariyati ishtirok etdilar.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-22283 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/11\/3345.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/11\/3345.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/11\/3345-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/11\/3345-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/11\/3345-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p>Mintaqaviy yig\u2018ilishni Tojikiston Respublikasi ta&#8217;lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi raisi Zulhiya Nozakzoda ochdi. So\u2018ngra Tojikiston Mustaqil kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Ne&#8217;matzoda Maliksho hamda Tojikiston Respublikasi Ta&#8217;lim va fan vaziri o\u2018rinbosari Jurazoda Jamshed Tojikistonda mehnat huquqlari va Xalqaro mehnat normalaridan samarali foydalanishda kasaba uyushmalarining o\u2018rni haqida o\u2018z fikr-muloazalarini bildirdilar.<\/p>\n<p>XMT vakili Gocha Aleksandriya XMTning missiyasi va vakolatlari, xalqaro mehnat standartlari va ularni amalga oshirish ustidan XMTning nazorat mexanizmi bilan bog\u2018liq barcha masalalarni ochib berdi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston ta&#8217;lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi vakillari ham barcha ishtirokchilar qatori O\u2018zbekistonda XMT konvensiyalarining ijrosi, ularni tatbiq qilish samaradorligi va ta&#8217;lim tizimida olib borilayotgan islohatlarda kasaba uyushmasi tashkilotlarining roli haqida ma&#8217;ruza qildilar. Ma&#8217;ruzadan so\u2018ng ishtirokchilarni qiziqtirgan ko\u2018plab savollarga javob berildi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-22282 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/11\/3346.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"801\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/11\/3346.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/11\/3346-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/11\/3346-1024x684.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/11\/3346-768x513.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p>Ozarbayjon, Turkiya, Qozog\u2018iston va Tojikiston ta&#8217;lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi vakillari ham o\u2018z taqdimotlari bilan o\u2018rtoqlashdilar. Shuningdek, mehnat huquqlari va xalqaro mehnat standartlaridan samarali foydalanish haqida xabardorlikni oshirishda kasaba uyushmalarining o\u2018rni haqida fikr almashdilar va o\u2018z ish tajribalarini taqdim yetdilar.<\/p>\n<p>Ikki kun davom etgan bu xalqaro uchrashuv munozaralarga boy bo\u2018lib, kasaba uyushmalari va davlat organlari o\u2018rtasidagi o\u2018zaro hamkorlikning muvaffaqiyatli namunalari, mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan muhim qadamlar ko\u2018rib chiqildi. Tajriba almashinuvi ishtirokchilarga mehnat huquqlarini himoya qilish sohasida ilg\u2018or tajribalarni aniqlash va kelgusidagi hamkorlik yo\u2018nalishlarini belgilash imkonini berdi.<\/p>\n<p>Ta&#8217;lim va ilm-fan sohasini rivojlantirish, sifatli ta&#8217;lim olish, o\u2018qituvchilar mavqeini yuksaltirish, ta&#8217;lim va fan sohasi xodimlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish masalalari barcha davlatlar misolida amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning markazida ekani ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p>Tojikistonda mehnat munosabatlari sohasida vaqti-vaqti bilan xalqaro standartlarga javob beradigan va bevosita ijtimoiy saviyani, munosib mehnatni oshirishga, xodimlar uchun xavfsiz va qulay mehnat sharoitlarini ta&#8217;minlashga qaratilgan hujjatlar qabul qilinayotgani alohida ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p>Shuningdek, Xalqaro mehnat tashkilotining mehnat munosabatlarini tartibga solish va hukumatlar, kasaba uyushmalari va ish beruvchilar o\u2018rtasidagi ijtimoiy sheriklikni kengaytirishga qo\u2018shgan hissasi katta bo\u2018lib, u tomonidan konvensiya va tavsiyalar shaklida qabul qilingan hujjatlar mehnat munosabatlarini adolatli tartibga solishga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p>Mintaqaviy yig\u2018ilish yakunida ishtirokchilar mehnat huquqlari, mehnatni nazorat qilish tizimi, mehnat xavfsizligini ta&#8217;minlash, yaxshi mehnat sharoitlarini yaratish hamda milliy va xalqaro talablarni hisobga olgan holda mehnat tizimini takomillashtirish yo\u2018llari haqida xabardorlikni oshirish bo\u2018yicha o\u2018z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Undan tashqari, doimiy axborot va tajriba almashishni samarali yo\u2018lga qo\u2018yish bo\u2018yicha kelishib olindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Lazokat Turikova<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>27.11.2024. 2024 yil 21-22 noyabr kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida Xalqaro mehnat tashkiloti vakillari ishtirokida \u201cMehnat huquqlari bo\u2018yicha xabardorlikni oshirish va xalqaro mehnat standartlari samaradorligidan foydalanishda kasaba uyushmalarining roli\u201d mavzusida hamkor davlatlarning mintaqaviy yig\u2018ilishi bo\u2018lib o\u2018tdi. Ushbu halqaro yig\u2018ilishda Ta&#8217;lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qozog\u2018iston, O\u2018zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya, Tojikiston respublikasi vakillari hamda Tojikiston Respublikasi [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[20,24],"tags":[],"class_list":["post-22281","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-mezhdunarodnaya-rabota","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22281","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22281"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22281\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22285,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22281\/revisions\/22285"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22281"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22281"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22281"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}