{"id":22423,"date":"2024-12-16T11:03:38","date_gmt":"2024-12-16T11:03:38","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=22423"},"modified":"2024-12-16T11:03:38","modified_gmt":"2024-12-16T11:03:38","slug":"ayollar-daftari-tizimi-millionlab-khotin-qizlar-va-ularning-oilalari-turmush-farovonligini-oshirishga-khizmat-qilmoqda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2024\/12\/16\/ayollar-daftari-tizimi-millionlab-khotin-qizlar-va-ularning-oilalari-turmush-farovonligini-oshirishga-khizmat-qilmoqda\/","title":{"rendered":"\u201cAyollar daftari\u201d tizimi millionlab xotin-qizlar va ularning oilalari turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda"},"content":{"rendered":"<p><strong>16.12.2024. <\/strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha Respublika komissiyasining kengaytirilgan tarzdagi videoselektor yig\u2018ilishi bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Uni O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha Respublika komissiyasi raisi Qudratilla Rafikov olib bordi.<\/p>\n<p>Videoselektor yig\u2018ilishida Markaziy studiyadan O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbaeva, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi &#8211; Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov, O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o\u2018rinbosari \u2013 Oila va xotin-qizlar qo\u2018mitasi raisi Zulayho Mahkamova, Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha Respublika komissiyasiga a&#8217;o bo\u2018lgan vazirlik va idoralar rahbarlari, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlari mutasaddilari, O\u2018zbekiston mahallalar uyushmasi rahbariyati, tegishli vazirlik va tashkilotlarning Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari, Toshkent shahar tumanlarining sektorlar rahbarlari va xotin-qizlar masalalari bo\u2018yicha hokim o\u2018rinbosarlari qatnashdilar.<\/p>\n<p>Shuningdek, hududiy studiyalardan Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining va viloyatlar hokimlarining iqtisodiyot hamda oila va xotin-qizlar masalalari bo\u2018yicha o\u2018rinbosarlari, viloyatlar sektorlari rahbarlari, Mahallalar uyushmasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari boshliqlari, tuman (shahar) hokimlari hamda ularning oila va xotin-qizlar masalalari bo\u2018yicha o\u2018rinbosarlari, sektorlar rahbarlari, Kasaba uyushmalari Federatsiyasining hududiy kengashlari rahbarlari va mas&#8217;ul xodimlari ishtirok etdilar.<\/p>\n<p>Kengaytirilgan videoselektor yig\u2018ilishida \u201cAyollar daftari\u201d tizimining 5-bosqichi doirasida 2024 yil davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil etilib, 2025 yilda mazkur tizimning 6-bosqichi doirasida amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar belgilib olindi.<\/p>\n<p>&#8211; Kuni kecha O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan nogironligi bor shaxslar bilan ishlash masalasida o\u2018tkazilgan videoselektor yig\u2018ilishida yana bir bor ehtiyojmandlar va nogironligi bo\u2018lgan insonlarga manzilli yordam ko\u2018rsatish bo\u2018yicha xalqimiz, ayniqsa, xotin-qizlarimiz turmush farovonligini oshirishda nihoyatda muhim bo\u2018lgan vazifalar belgilab berildi, &#8211; deya ta&#8217;kidladi O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha Respublika komissiyasi raisi Qudratilla Rafikov. \u2013 Alohida ta&#8217;kidlash zarurki, Davlatimiz rahbari birgina, kelgusi yilning o\u2018zida 1 mln 200 ming aholini kambag\u2018allikdan chiqarishni rejalashtirganlar. Nogironligi bor insonlar, yakka-yolg\u2018iz va qiynalgan odamlarga yordam berish ko\u2018lamini bir necha karra oshirdilar. Ushbu xayrli ishlarga trillionlab mablag\u2018lar sarflanmoqda.<\/p>\n<p>Ta&#8217;kidlash zarurki, 2020 yilda 7,5 mln yoki 23 foiz aholining daromadi kambag\u2018allik darajasida bo\u2018lgan bo\u2018lsa, o\u2018tgan yillarda 3,5 mln kishining o\u2018z daromadiga ega bo\u2018lishini ta&#8217;minlash maqsadida Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan amalga oshirilgan tizimli chora-tadbirlar natijasida 2023 yil yakuni bilan kambag\u2018allik darajasi 11 foizga tushdi. Shuningdek, 2025 yil yakuni bilan kambag\u2018allik darajasini mamlakatimiz miqyosida 6 foizgacha qisqartirish maqsad qilib belgilandi hamda \u201cKambag\u2018allikdan farovonlik sari\u201d dasturi tasdiqlandi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz tashabbuslari bilan amalda joriy etilgan noyob tizim, ya&#8217;ni \u201cAyollar daftari\u201d tizimi orqali xotin-qizlar muammolarini hal qilish bo\u2018yicha 2020-2024 yillar davomida amalga oshirilgan ishlar natijasida Respublika bo\u2018yicha jami \u00a0\u00a0\u00a0\u00a03 mln 510 mingdan ziyod ehtiyojmand xotin-qizlarga moddiy va ma&#8217;naviy, uy-joy bilan ta&#8217;minlash, huquqiy, tibbiy, psixologik kabi yo\u2018nalshlarda amaliy yordamlar ko\u2018rsatilib, ushbu ishlarga 6 trln. so\u2018mdan ortiq mablag\u2018 yo\u2018naltirildi. Xususan, \u201cAyollar daftari\u201d tizimining 5-bosqichi doirasida 2024 yil davomida:<\/p>\n<p>&#8211; 549 ming nafar xotin-qizning bandligi ta&#8217;minlandi;<\/p>\n<p>&#8211; 36 ming nafar xotin-qizga tadbirkorlik faoliyatini yo\u2018lga qo\u2018yishlari uchun jami 362 mlrd. so\u2018mlik kreditlar ajratildi;<\/p>\n<p>&#8211;\u00a0boquvchisini yo\u2018qotgan 161 ming nafar xotin-qizga, ijtimoiy yordamga muhtoj\u00a0\u00a0 \u00a0I va II guruh nogironligi bo\u2018lgan hamda tezkor tibbiy yordamga muhtoj 182\u00a0ming nafar xotin-qizga, shuningdek, qaramog\u2018ida nogironligi bor farzandi mavjud 62 ming nafar xotin-qizga jami 403 mlrd. so\u2018m miqdorida moddiy yordamlar ko\u2018rsatildi;<\/p>\n<p>&#8211; boquvchisini yo\u2018qotgan 2 ming nafar ayolning hamda ijtimoiy yordamga muhtoj \u00a0\u00a0\u00a0I va II guruh nogironligi bo\u2018lgan va tezkor tibbiy yordamga muhtoj 1000 nafarga yaqin xotin-qizning uy-joylari ta&#8217;mirlandi;<\/p>\n<p>&#8211; uy-joyga muhtoj bo\u2018lgan 6 ming nafar xotin-qizning uy-joy sharoitlarini yaxshilash choralari ko\u2018rildi. Xususan, ularning 5,5 ming nafariga turar-joy uchun jami 10 mlrd. 700 mln. so\u2018m miqdorida ijara to\u2018lovi kompensasiyasi to\u2018lab berildi, 268 nafari arzon uy-joylar bilan ta&#8217;minlandi, 114 nafari ijtimoiy uylarga joylashtirildi.<\/p>\n<p>\u201cAyollar daftari\u201dga kiritilgan xotin-qizlarga ko\u2018rsatilgan mazkur asosiy yordamlardan tashqari, qo\u2018shimcha ravishda:<\/p>\n<p>&#8211; 211\u00a0ming\u00a0nafar xotin-qiz hamda ularning 49\u00a0ming\u00a0nafar voyaga yetmagan farzandlari tibbiy ko\u2018rikdan o\u2018tkazildi va buning uchun jami 37\u00a0mlrd. so\u2018m mablag\u2018 yo\u2018naltirildi;<\/p>\n<p>\u2013\u00a0180\u00a0ming\u00a0nafar xotin-qizga huquqiy yordamlar ko\u2018rsatildi;<\/p>\n<p>\u2013\u00a0177 ming\u00a0nafariga malakali psixologik maslahatlar berildi;<\/p>\n<p>\u2013\u00a03\u00a0ming\u00a0nafar xotin-qizga dehqonchilik bilan shug\u2018ullanish uchun jami 725\u00a0gektar yer maydoni ajratildi;<\/p>\n<p>\u2013\u00a09\u00a0ming\u00a0nafariga yer maydonlarini sug\u2018orish, issiqxonalar qurish, asbob-uskuna va mehnat qurollarini harid qilishlari uchun jami 38\u00a0mlrd.\u00a0\u00a0so\u2018m miqdorida subsidiyalar berildi;<\/p>\n<p>\u2013\u00a0oliy o\u2018quv yurtida tahsil olayotgan 388\u00a0nafar singillarimiz va \u201cAyollar daftari\u201ddagi xotin-qizlarning 150\u00a0nafar farzandining kontrakt to\u2018lovi uchun jami 2 mlrd\u00a0so\u2018m to\u2018lab berildi;<\/p>\n<p>\u2013\u00a0\u201cAyollar daftari\u201ddagi 60\u00a0ming nafarga yaqin xotin-qizlar uchun madaniy tadbirlar, xususan, mamlakatimiz bo\u2018ylab sayohatlar tashkil etildi.<\/p>\n<p>Sirasini aytganda, Respublikada \u201cAyollar daftari\u201dning 5-bosqichi ro\u2018yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qo\u2018llab-quvvatlash uchun jami 1 trln. so\u2018mga yaqin mablag\u2018 sarflandi.<\/p>\n<p>Respublika komissiyasi yig\u2018ilishida \u201cAyollar daftari\u201d Nizomiga kiritilgan o\u2018zgarishlar asosida \u201cAyollar daftari\u201d tizimining 6-bosqichini yuritishning yangi tartibi qadamma-qadam tushuntirib o\u2018tildi. Ta&#8217;kidlanganidek, Prezidentimizning tegishli Qaror va Farmonlariga muvofiq yangilangan Nizomda ko\u2018p vakolatlar \u201cmahalla yettiligi\u201dga berilgan. Shu bois, 2025 yildan boshlab, har yili yanvar&#8217; oyida \u201cmahalla yettiligi\u201d sektorlar ishchi guruhlari bilan birgalikda anketa-so\u2018rovnoma asosida xotin-qizlarning barcha yo\u2018nalishdagi muammolarini uyma-uy yurish orqali o\u2018rganishlari qayd etildi. Anketa-so\u2018rovnomalar to\u2018ldirilgandan so\u2018ng \u201cmahalla yettiligi\u201d tomonidan ehtiyojmand xotin-qizlarning ijtimoiy himoyaga muhtojlik darajasi, ya&#8217;ni toifasi aniqlanishi, so\u2018ngra \u201cAyollar daftari\u201dga kiritiladigan xotin-qizlarning ro\u2018yxatlari shakllantirilishi va \u201cmahalla yettiligi\u201dning kollegial qarori bilan tasdiqlanishi lozimligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Ro\u2018yxatlar tuzilgach, har bir ayolning individual dasturlari ishlab chiqiladi hamda unda har bir ehtiyojmand ayolga ko\u2018rsatiladigan asosiy va qo\u2018shimcha \u201camaliy yordamlar\u201d aniq ko\u2018rsatiladi. Yana bir muhim jihat, yil davomida biror bir ayol taqdir taqozosi bilan ehtiyojmand bo\u2018lib qolsa, masalan: boquvchisi vafot etsa yoki ishdan bo\u2018shatilib, doimiy daromad manbaiga ega bo\u2018lmay qolsa, ularni \u201cAyollar daftari\u201dga kiritish mumkinligi ta&#8217;kidlandi. Buning uchun ushbu ayollar \u201cmahalla yettiligi\u201dga yoki xotin-qizlar.uz elektron platformasi yohud \u201cAyollar daftari\u201d axborot tizimi orqali \u201cAyollar daftari\u201dga kiritishni so\u2018rab murojaat qilishlari lozim.<\/p>\n<p>Sektorlar rahbarlari hamda oila va xotin-qizlar bo\u2018limi boshlig\u2018i individual dasturlar asosida \u201cYo\u2018l xaritasi\u201dni ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar. \u201cAyollar daftari\u201dga kiritiladigan xotin-qizlar ro\u2018yxatlarini shakllantirish, individual dasturlar va \u201cYo\u2018l xaritalari\u201dni ishlab chiqish va tasdiqlash ishlari har yili fevral&#8217; oyi davomida amalga oshiriladi. Barcha hujjatlar tasdiqlangach, mart oyidan boshlab, dekabr&#8217; oyigacha ehtiyojmand ayollarga ularning individual dasturlarida belgilangan muddatlarda tegishli tashkilotlar tomonidan amaliy yordamlar berib boriladi.<\/p>\n<p>\u201cAyollar daftari\u201d tizimining 6-bosqichi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar mahalla darajasida \u2014 tuman (shahar) sektorlari rahbarlari, oila va xotin-qizlar bo\u2018limlari hamda O\u2018zbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) bo\u2018limlari tomonidan, tuman (shahar) darajasida \u2014 viloyat sektorlari rahbarlari, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining hududiy kengashlari, Oila va xotin-qizlar boshqarmalari, O\u2018zbekiston mahallalari uyushmasining hududiy boshqarmalari tomonidan, viloyat darajasida \u2014 O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasidan hududlarga biriktirilgan mas&#8217;ul rahbarlar, Oila va xotin-qizlar qo\u2018mitasi, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan muvofiqlashtirib boriladi. Respublika darajasida esa \u2014Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha Respublika komissiyasi shtabi tomonidan muvofiqlashtiriladi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda ta&#8217;kidlanganidek, Prezidentimiz tashabbusiga ko\u2018ra 2025 yilda \u201cAyollar daftari\u201d tizimini amalga tatbiq etishning 6-bosqichi doirasida kamida 1 mln. nafar xotin-qizga amaliy yordam beriladi hamda ushbu yordamlar sifati va shaffofligi yanada oshiriladi.<\/p>\n<p>Ta&#8217;kidlash zarurki, Respublika komissiyasi yig\u2018ilishida minglab oilalar va xotin-qizlarning turmush sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilayotgan \u201cAyollar daftari\u201dning navbatdagi bosqichini yuqori saviyada tashkil etish va o\u2018tkazish, ehtiyojmand xotin-qizlarga o\u2018z vaqtida amaliy yordamlarni ko\u2018rsatib, ularning muammolarini hal etish bo\u2018yicha manzilli va muddatli dolzarb vazifalar belgilab berildi. Xususan, \u201cAyollar daftari\u201dga kiritiladigan xotin-qizlar muammolarini sinchikovlik bilan o\u2018rganish, toifalarni to\u2018g\u2018ri aniqlash, ro\u2018yxatlar va individual dasturlar tasdiqlangach,\u00a0 mutasaddi tashkilot va idoralar sektorlar rahbarlari bilan birgalikda xotin-qizlarga amaliy yordam berish ishlarini boshlashlari zarurligi qayd etildi. Shuningdek, \u201cAyollar daftari\u201d Nizomida har bir ayolga 42 turdagi yordamni ko\u2018rsatish mumkinligi belgilangani, shu bois endilikda xotin-qizlarga ko\u2018rsatiladigan \u201cqo\u2018shimcha yordam\u201dlar masalasiga ham jiddiy e&#8217;tibor qaratilishi zarurligi qayd etildi. Bundan ko\u2018zlangan asosiy maqsad \u201cAyollar daftari\u201dga kiritilgan har bir xotin-qizni imkoni boricha doimiy daromad manbaiga ega bo\u2018lishini ta&#8217;minlash ekanligi alohida ta&#8217;kidlandi. Shuningdek, ehtiyojmand xotin-qizlarga amaliy yordam berish ishlarida tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirib borish, kamchiliklarni joyida bartaraf etish, ehtiyojmand xotin-qizlarning doimiy daromad manbaiga ega bo\u2018lishlarini ta&#8217;minlash, Respublika komissiyasi a&#8217;zosi bo\u2018lgan barcha vazirlik va idoralarning joylardagi boshqarma va bo\u2018limlari boshliqlari \u201cAyollar daftari\u201dga kiritilgan xotin-qizlarning individual dasturlarini puxta o\u2018rganib chiqqachgina tasdiqlab berishlari,\u00a0\u201cAyollar daftari\u201dga kiritilgan xotin-qizlarga yordamlar, jumladan, uning sifati va miqdori to\u2018liq bo\u2018lishini ta&#8217;minlash yo\u2018nalishlarida tegishli mutasaddilar oldida turgan dolzarb vazifalar belgilab berildi.<\/p>\n<p>Videoselektor yig\u2018ilishida belgilab berilgan vazifalarni yuqori saviyada amalga oshirishni ta&#8217;minlash borasida Respublika komissiyasi a&#8217;zolari, shuningdek, hududiy studiyalardan ishtirok etgan mas&#8217;ullar ham o\u2018z taklif va mulohazalarini bildirdilar.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilish yakunida Prezidentimiz tashabbuslari bilan amalga kiritilgan \u201cAyollar daftari\u201d tizimi doirasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar ehtiyojmand xotin-qizlarning hayotdan rozi bo\u2018lib yashashlarini ta&#8217;minlashga xizmat qilayotgani alohida ta&#8217;kidlandi. Shu bois barcha idora, tashkilot va vazirliklar yakdillik bilan ish olib borishi zarurligi, bu yo\u2018lda barcha mutasaddi tashkilotlarni xalqimizni rozi qilishdek ulkan mas&#8217;uliyat birlashtirib turgani qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Muhabbat O\u2018rmonbekova<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati rahbari<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-22425 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3383.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3383.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3383-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3383-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3383-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-22424 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3381.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3381.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3381-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3381-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3381-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-22426 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3382.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"801\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3382.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3382-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3382-1024x684.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3382-768x513.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>16.12.2024. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha Respublika komissiyasining kengaytirilgan tarzdagi videoselektor yig\u2018ilishi bo\u2018lib o\u2018tdi. Uni O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha Respublika komissiyasi raisi Qudratilla Rafikov olib bordi. Videoselektor yig\u2018ilishida Markaziy studiyadan O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[27,24],"tags":[],"class_list":["post-22423","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-zashhita-socialno-ekonomicheskix-interesov","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22423","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22423"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22423\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22427,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22423\/revisions\/22427"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22423"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22423"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22423"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}