{"id":22549,"date":"2024-12-25T04:11:00","date_gmt":"2024-12-25T04:11:00","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=22549"},"modified":"2024-12-25T04:12:07","modified_gmt":"2024-12-25T04:12:07","slug":"ozbekiston-kasaba-uyushmalari-federatsiyasi-va-qirgiziston-kasaba-uyushmalari-federatsiyasi-ortasidagi-hamkorlik-yangi-bosqichda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2024\/12\/25\/ozbekiston-kasaba-uyushmalari-federatsiyasi-va-qirgiziston-kasaba-uyushmalari-federatsiyasi-ortasidagi-hamkorlik-yangi-bosqichda\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Qirg\u2018iziston kasaba uyushmalari Federatsiyasi o\u2018rtasidagi hamkorlik yangi bosqichda"},"content":{"rendered":"<p><strong>25.12.2024. <\/strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida Qirg\u2018iziston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Muradil Djumadilde o\u2018g\u2018li rahbarligidagi delegasiya vakillarining O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari faollari bilan uchrashuvi bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Unda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga a&#8217;zo bo\u2018lgan tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlari, Federatsiyaning hududiy kengashlari va tasarrufdagi tashkilotlar rahbarlari, Federatsiya apparatining mas&#8217;ul xodimlari, onlayn rejimda barcha hududlardagi kasaba uyushma faollari ishtirok etdilar.<\/p>\n<p>Tadbirda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafikov O\u2018zbekiston va Qirg\u2018iziston xalqlari o\u2018rtasida tarixdan yaqin do\u2018stona va aka ukachilik munosabatlari bo\u2018lgani, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Qirg\u2018iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning siyosiy irodasi, oliy darajadagi o\u2018zaro tashriflari, samimiy muloqotlari va birgalikdagi sa&#8217;y-harakatlari natijasida oxirgi yillarda O\u2018zbekiston va Qirg\u2018iziston o\u2018rtasidagi do\u2018stona hamkorlik aloqalari sifat jihatidan yangi bosqichga ko\u2018tarilgani, ushbu hamkorlik ikki mamlakat xalqlari manfaatlariga xizmat qilayotganini alohida ta&#8217;kidladi. O\u2018zbekiston va Qirg\u2018iziston o\u2018rtasida mustahkamlanib borayotgan ushbu qardoshlik aloqalari ikki mamlakat kasaba uyushmalarining samarali hamkorlik qilishi uchun ham keng imkoniyatlar yaratayotgani qayd etildi.<\/p>\n<p>Uchrashuvda mehmonlarga so\u2018nggi yillarda Yangi O\u2018zbekistonda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbuslari bilan inson manfaatlarini ta&#8217;minlash maqsadida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan tizimli yangilanish va tub islohotlar ijtimoiy-mehnat munosabatlarini takomillashtirishda ham muhim ahamiyat kasb etib, salmoqli natijalarga erishilayotgani, shuningdek, 14 ta tarmoq kasaba uyushmasi, 14 ta hududiy Kengash, 40 mingga yaqin boshlang\u2018ich tashkilotlardagi 7 millionlik a&#8217;zoni birlashtirgan O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi faoliyati to\u2018g\u2018risida batafsil ma&#8217;lumotlar berildi. Mazkur uchrashuvdan ko\u2018zlangan maqsad \u2013 ikki mamlakat kasaba uyushmalarining o\u2018zaro tajriba almashishi va o\u2018zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish ekanligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Ta&#8217;kidlanganidek, O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cKasaba uyushmalari to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonuniga muvofiq Kasaba uyushmalari Mehnat inspeksiyasining qayta tiklangani natijasida xodimlarning mehnat huquqlari himoyasi samaradorligi sezilarli darajada kuchaydi. Xususan, birgina 2024 yilda amalga oshirilgan jamoatchilik nazorati va murojaatlarni o\u2018rganish natijasida 106 mingdan ortiq xodimning mehnat huquqlari tiklanishiga hamda ular foydasiga 108 milliard so\u2018mdan ortiq mablag\u2018 undirib berilishiga erishildi.<\/p>\n<p>Shuni ham qayd etish zarurki, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ijtimoiy muloqot va ijtimoiy sheriklikni kuchaytirishga alohida e&#8217;tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Ish beruvchilar Konfederatsiyasi o\u2018rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo\u2018yicha imzolangan Bosh jamoa kelishuvi asosida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mazkur hujjat asosan 102 ta tarmoq, 14 ta hududiy kelishuvlar, 600 dan ortiq hududiy-tarmoq jamoa kelishuvlari va 117 mingdan ortiq jamoa shartnomalari amal qilmoqda va ular orqali mehnatkash manfaatlari himoyalab kelinmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida Qirg\u2018iziston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Muradil Djumadilde o\u2018g\u2018li rahbarligidagi delegasiya vakillarining O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari faollari bilan uchrashuvi bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Unda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga a&#8217;zo bo\u2018lgan tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlari, Federatsiyaning hududiy kengashlari va tasarrufdagi tashkilotlar rahbarlari, Federatsiya apparatining mas&#8217;ul xodimlari, onlayn rejimda barcha hududlardagi kasaba uyushma faollari ishtirok etdilar.<\/p>\n<p>Tadbirda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafikov O\u2018zbekiston va Qirg\u2018iziston xalqlari o\u2018rtasida tarixdan yaqin do\u2018stona va aka ukachilik munosabatlari bo\u2018lgani, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Qirg\u2018iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning siyosiy irodasi, oliy darajadagi o\u2018zaro tashriflari, samimiy muloqotlari va birgalikdagi sa&#8217;y-harakatlari natijasida oxirgi yillarda O\u2018zbekiston va Qirg\u2018iziston o\u2018rtasidagi do\u2018stona hamkorlik aloqalari sifat jihatidan yangi bosqichga ko\u2018tarilgani, ushbu hamkorlik ikki mamlakat xalqlari manfaatlariga xizmat qilayotganini alohida ta&#8217;kidladi. O\u2018zbekiston va Qirg\u2018iziston o\u2018rtasida mustahkamlanib borayotgan ushbu qardoshlik aloqalari ikki mamlakat kasaba uyushmalarining samarali hamkorlik qilishi uchun ham keng imkoniyatlar yaratayotgani qayd etildi.<\/p>\n<p>Uchrashuvda mehmonlarga so\u2018nggi yillarda Yangi O\u2018zbekistonda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbuslari bilan inson manfaatlarini ta&#8217;minlash maqsadida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan tizimli yangilanish va tub islohotlar ijtimoiy-mehnat munosabatlarini takomillashtirishda ham muhim ahamiyat kasb etib, salmoqli natijalarga erishilayotgani, shuningdek, 14 ta tarmoq kasaba uyushmasi, 14 ta hududiy Kengash, 40 mingga yaqin boshlang\u2018ich tashkilotlardagi 7 millionlik a&#8217;zoni birlashtirgan O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi faoliyati to\u2018g\u2018risida batafsil ma&#8217;lumotlar berildi. Mazkur uchrashuvdan ko\u2018zlangan maqsad \u2013 ikki mamlakat kasaba uyushmalarining o\u2018zaro tajriba almashishi va o\u2018zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish ekanligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Ta&#8217;kidlanganidek, O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cKasaba uyushmalari to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonuniga muvofiq Kasaba uyushmalari Mehnat inspeksiyasining qayta tiklangani natijasida xodimlarning mehnat huquqlari himoyasi samaradorligi sezilarli darajada kuchaydi. Xususan, birgina 2024 yilda amalga oshirilgan jamoatchilik nazorati va murojaatlarni o\u2018rganish natijasida 106 mingdan ortiq xodimning mehnat huquqlari tiklanishiga hamda ular foydasiga 108 milliard so\u2018mdan ortiq mablag\u2018 undirib berilishiga erishildi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari tomonidan yangi ish o\u2018rinlarini tashkil etish dasturini amalga oshirish va aholi bandligini ta&#8217;minlashga ko\u2018maklashish bo\u2018yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda tashkil etilayotgan yangi ish o\u2018rinlari soni va sifati yuzasidan jamoatchilik nazorati olib borilmoqda va ish topishda qiynalayotgan kishilarga ko\u2018mak ko\u2018rsatilmoqda. Shuningdek, Respublikamizning barcha hududlarida chuqur tahlilga asoslangan holda mehnat muhofazasi holatini o\u2018rganish amaliyoti yo\u2018lga qo\u2018yilgan bo\u2018lib, uning natijalariga ko\u2018ra tegishli qarorlar qabul qilinmoqda.<\/p>\n<p>Yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar, shu jumladan, xususiy sektordagi korxona va muassasalar xodimlarini kasaba uyushmalariga jalb etish borasida amalga oshirilgan sa&#8217;y-harakatlar natijasida 2024 yilda kasaba uyushmalari a&#8217;zoligiga 37 mingdan ortiq korxona va tashkilotda mehnat qilayotgan 1 milliondan ortiq xodim jalb etilib, ijtimoiy himoya tadbirlari bilan qamrab olindi.<\/p>\n<p>O\u2018z navbatida Qirg\u2018iziston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Muradil Djumadilde o\u2018g\u2018li O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo\u2018nalishlariga to\u2018xtalib o\u2018tdi. Xususan, Yangi O\u2018zbekistonda davlat, kasaba uyushmalari va ish beruvchilar o\u2018rtasida samarali ijtimoiy sheriklik va ijtimoiy muloqot yo\u2018lga qo\u2018yilgani, buning natijasida mehnatkashlarning ijtimoiy himoyasini ta&#8217;minlash borasida salmoqli natijalarga erishilayotgani, bu borada Qirg\u2018iziston kasaba uyushmalarining O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari faoliyatidan o\u2018rganadigan jihatlari ko\u2018p ekanligini e&#8217;tirof etdi.<\/p>\n<p>Erkin tajriba almashuv ruhida o\u2018tgan uchrashuvda Qirg\u2018iziston kasaba uyushmalari Federatsiyasi delegasiyasi vakillari O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari tomonidan mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlari xususida o\u2018zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari o\u2018zaro hamkorlikni rivojlantirish bo\u2018yicha fikr va mulohazalari bilan o\u2018rtoqlashib, konstruktiv takliflarni ilgari surdilar.<\/p>\n<p>Shundan so\u2018ng O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Qirg\u2018iziston kasaba uyushmalari Federatsiyasi o\u2018rtasida o\u2018zaro manfaatli hamkorlik to\u2018g\u2018risidagi Kelishuv imzolandi. Mazkur Kelishuv nafaqat ikki mamlakat kasaba uyushmalari Federatsiyalari, balki, tarmoq, hududiy va boshlang\u2018ich kasaba uyushma tashkilotlari o\u2018rtasidagi do\u2018stona hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi alohida ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p>Ikki mamlakat kasaba uyushmalari o\u2018rtasidagi o\u2018zaro do\u2018stlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga hamda kasaba uyushmalarining mehnatkashlar manfaati yo\u2018lidagi hamkorligini rivojlantirishga qo\u2018shayotgan munosib hissasi uchun Qirg\u2018iziston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Muradil Djumadilde o\u2018g\u2018li O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo\u2018mitasi qaroriga muvofiq \u201cO\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi laureati\u201d mukofoti bilan taqdirlandi.<\/p>\n<p>Kunning ikkinchi yarmida Qirg\u2018iziston kasaba uyushmalari Federatsiyasi delegasiyasi vakillari O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Kool markazi, Yuridik klinikasi, Menat inspeksiyasi, Mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoyalash, Mehnat muhofazasi kabi bo\u2018limlari faoliyati bilan tanishdilar. Shuningdek, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Malaka oshirish instituti, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari saroyi va muzeyiga tashrif buyurgan delegasiya vakillariga ushbu muassasalar faoliyati to\u2018g\u2018risida batafsil ma&#8217;lumotlar berildi.<\/p>\n<p>Tashrifning ikkinchi kuni Qirg\u2018iziston kasaba uyushmalari Federatsiyasi delegasiyasi a&#8217;zolari poytaxtimizdagi \u201cG\u2018alaba bog\u2018i\u201d hamda \u201cYangi O\u2018zbekiston bog\u2018i\u201d majmui bilan tanishib, Matonat madhi memoriali va Mustaqillik monumenti poyiga gulchambarlar qo\u2018ydilar.<\/p>\n<p>Shundan so\u2018ng mehmonlar O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasida bo\u2018ldilar. Mazkur oliy ta&#8217;lim muassasasida delegasiya a&#8217;zolari ta&#8217;lim tizimi, mavjud yo\u2018nalishlar, ushbu maskanda talabalar va o\u2018qituvchi-professorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar to\u2018g\u2018risida batafsil ma&#8217;lumotlarga ega bo\u2018ldilar. Mehnat munosabatlari sohasi uchun oliy ma&#8217;lumotli kadrlar tayyorlanuvchi mazkur Akademiya Qirg\u2018izistonlik mehmonlarda katta qiziqish uyg\u2018otdi. Ilg\u2018or uslub va texnologiyalarni tatbiq etgan holda yuqori darajada tashkil etilgan o\u2018quv sharoitlari bilan tanishish jarayonida mazkur juda muhim yo\u2018nalishda hamkorlikdagi ishlarni kuchaytirish bo\u2018yicha aniq takliflar bildirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Muhabbat O\u2018rmonbekova<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati rahbari<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-22555 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3410.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3410.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3410-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3410-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3410-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-22556 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3411.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3411.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3411-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3411-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3411-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-22558 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3413.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3413.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3413-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3413-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3413-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-22551 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3406.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3406.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3406-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3406-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3406-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-22553 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3408.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3408.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3408-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3408-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3408-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-22552 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3407.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"801\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3407.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3407-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3407-1024x684.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3407-768x513.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-22550 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3405.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"802\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3405.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3405-300x201.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3405-1024x684.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3405-768x513.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-22554 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3409.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3409.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3409-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3409-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3409-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-22557 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3412.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3412.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3412-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3412-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/3412-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>25.12.2024. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida Qirg\u2018iziston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Muradil Djumadilde o\u2018g\u2018li rahbarligidagi delegasiya vakillarining O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari faollari bilan uchrashuvi bo\u2018lib o\u2018tdi. Unda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga a&#8217;zo bo\u2018lgan tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlari, Federatsiyaning hududiy kengashlari va tasarrufdagi tashkilotlar rahbarlari, Federatsiya apparatining mas&#8217;ul xodimlari, onlayn rejimda barcha hududlardagi kasaba uyushma faollari ishtirok [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[27,20,24],"tags":[],"class_list":["post-22549","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-zashhita-socialno-ekonomicheskix-interesov","category-mezhdunarodnaya-rabota","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22549","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22549"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22549\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22559,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22549\/revisions\/22559"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22549"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22549"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22549"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}