{"id":22658,"date":"2025-01-09T15:22:29","date_gmt":"2025-01-09T15:22:29","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=22658"},"modified":"2025-01-09T15:26:14","modified_gmt":"2025-01-09T15:26:14","slug":"ozbekiston-kasaba-uyushmalari-federatsiyasi-khalqaro-kasaba-uyushmalari-konfederatsiyasi-khkuk-ning-tolaqonli-azosi-boldi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/01\/09\/ozbekiston-kasaba-uyushmalari-federatsiyasi-khalqaro-kasaba-uyushmalari-konfederatsiyasi-khkuk-ning-tolaqonli-azosi-boldi\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi (XKUK)ning to\u2018laqonli a&#8217;zosi bo\u2018ldi"},"content":{"rendered":"<p><strong>09.01.2025.<\/strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan oxirgi yillarda mamlakatni demokratlashtirish, inson qadrini ulug\u2018lash tamoyillari asosida amalga oshirilayotgan keng ko\u2018lamli islohotlar natijasida Yangi O\u2018zbekistonda barcha sohalarda birdek ijobiy o\u2018zgarish va yangilanishlar, salomoqli yutuqlarga erishilmoqda. Ayiqsa, ijtimoiy-mehnat munosabatlari sohasidagi takomillashuv jarayonlari mehnatkashlarning huquq va manfaatlarini himoyalash ishlarini yangi bosqichga olib chiqdi. Bugungi kunda Yangi O\u2018zbekistonda kasaba uyushmalarining erkin faoliyat ko\u2018rsatishi, xodimlarning kasaba uyushmalariga birlashishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgani, O\u2018zbekiston tomonidan Xalqaro Mehnat Tashkilotining 24 ta Konvensiyasi va \u00a01 \u00a0ta protokoli ratifikasiya qilinganini alohida ta&#8217;kidlash zarur.<\/p>\n<p>Bu kabi ijobiy o\u2018zgarishlar nafaqat Respublika miqyosida, balki nufuzli xalqaro tashkilotlar va xalqaro ekspertlar tomonidan ham e&#8217;tirof etilmoqda. Buning natijasida xalqaro hamjamiyatda O\u2018zbekiston o\u2018zining ijobiy imiji hamda mustahkam o\u2018rniga ega bo\u2018lib bormoqda.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2024 yilning iyul&#8217; oyida mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Xalqaro mehnat tashkiloti Bosh direktori Jil&#8217;ber Ungboni qabul qildi. Mazkur qabul davomida Xalqaro mehnat tashkiloti Bosh direktori Jil&#8217;ber Ungbo o\u2018z tashrifini O\u2018zbekiston rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan samarali islohotlarni qo\u2018llab-quvvatlash ifodasi deb atadi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbarining bu kabi sa&#8217;y-harakatlari natijasida mamlakatimizda mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalash, milliy va xalqaro mehnat standartlarini hayotga tatbiq etish borasida amalga oshirilayotgan tizimli tadbirlar xalqaro darajada yuksak baholanib, xalqaro darajadagi hamkorlikni rivojlantirish borasida mislsiz natijalarga erishilmoqda. Kuni kecha O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining dunyodagi eng yirik kasaba uyushmalari birlashmasi bo\u2018lgan Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi (XKUK)ning to\u2018laqonli a&#8217;zoligiga qabul qilingani fikrimizning yorqin dalilidir.<\/p>\n<p>Ma&#8217;lumot o\u2018rnida aytib o\u2018tish joizki, Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi (XKUK) dunyoning 180 ga yaqin mamlakatidagi kasaba uyushma tashkilotlarini qamrab olgan, 200 milliondan ortiq a&#8217;zoni birlashtirgan eng yirik Xalqaro kasaba uyushmalari birlashmasi hisoblanadi.<\/p>\n<p>2024 yil 28-30 oktyabr&#8217; kunlari mamlakatimizda Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasining missiyasi bo\u2018lib o\u2018tdi, unga ushbu Konfederatsiyaning bosh kotibi Lyuk Triangl boshchilik qildi. Mehmonlar Yangi O\u2018zbekistonda xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat huquqlarini himoya qilish bilan bog\u2018liq olib borilayotgan ishlarni yuqori baholadilar. Ular bu kabi natijalar O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining mazkur xalqaro tashkilotga to\u2018laqonli a&#8217;zo bo\u2018lishi uchun muhim shart ekanligini alohida ta&#8217;kidladilar.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasiga haqiqiy a&#8217;zo sifatida qabul qilingani tom ma&#8217;noda Yangi O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari hayotida tarixiy voqea bo\u2018ldi. Mazkur nufuzli xalqaro tashkilot bilan hamkorlik mehnatkashlar manfaatlari yo\u2018lidagi faoliyatning yanada takomillashuvida muhim ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n<p>A&#8217;zolik O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi uchun xalqaro miqyosdagi imkoniyatlarni kengaytiribgina qolmay, mamlakatimizning xalqaro darajadagi imijini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Muhabbat O\u2018rmonbekova<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi matbuot xizmati rahbari<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-22659 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/4.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"803\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/4.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/4-300x201.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/4-1024x685.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/4-768x514.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>09.01.2025.O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan oxirgi yillarda mamlakatni demokratlashtirish, inson qadrini ulug\u2018lash tamoyillari asosida amalga oshirilayotgan keng ko\u2018lamli islohotlar natijasida Yangi O\u2018zbekistonda barcha sohalarda birdek ijobiy o\u2018zgarish va yangilanishlar, salomoqli yutuqlarga erishilmoqda. Ayiqsa, ijtimoiy-mehnat munosabatlari sohasidagi takomillashuv jarayonlari mehnatkashlarning huquq va manfaatlarini himoyalash ishlarini yangi bosqichga olib chiqdi. Bugungi kunda Yangi O\u2018zbekistonda kasaba [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[20,24],"tags":[],"class_list":["post-22658","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-mezhdunarodnaya-rabota","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22658","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22658"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22658\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22660,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22658\/revisions\/22660"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22658"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22658"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22658"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}