{"id":22715,"date":"2025-01-17T12:27:11","date_gmt":"2025-01-17T12:27:11","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=22715"},"modified":"2025-01-17T12:27:11","modified_gmt":"2025-01-17T12:27:11","slug":"khayrli-tashabbus-khotin-qizlarga-madad-bolmoqda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/01\/17\/khayrli-tashabbus-khotin-qizlarga-madad-bolmoqda\/","title":{"rendered":"Xayrli tashabbus xotin-qizlarga madad bo\u2018lmoqda"},"content":{"rendered":"<p><strong>17.01.2025. <\/strong>Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilgan \u201cAyollar daftari\u201d orqali ko\u2018plab xotin-qizlarning muammolari hal etilib, mushkuli oson bo\u2018lib bormoqda.<\/p>\n<p>Xususan, Farg\u2018ona viloyatida ham o\u2018tgan yillar davomida \u201cAyollar daftari\u201dga kiritilgan xotin-qizlarga ko\u2018rsatilgan yordam sabab ularning biri tadbirkor, biri ish beruvchi, yana birining esa doimiy bandligi ta\u2019minlandi.<\/p>\n<p>Uzoqqa bormaylik, \u201cAyollar daftari\u201dning 5-bosqichi doirasida 800 mingdan ortiq 30 yoshdan yuqori bo\u2018lgan xotin-qizlar o\u2018rtasida anketa-so\u2018rovnomalar asosida xatlov ishlari amalga oshirildi. O\u2018rganishlar natijasiga ko\u2018ra 109 ming 506 nafar xotin-qizlar \u201cAyollar daftari\u201dga kiritildi. Ularning hech birining muammosi, dardi qog\u2018ozlarda qolib ketmadi. Ularning barchasiga toifasi bo\u2018yicha amaliy yordamlar ko\u2018rsatildi. Buning uchun Respublika va mahalliy byudjeti hamda boshqa manbalar hisobidan 69,5 mlrd. so\u2018m mablag\u2018 sarflandi.<\/p>\n<p>Ushbu ezgu tashabbusning davomi sifatida \u201cAyollar daftari\u201dning 6-bosqichi boshlangani hech bir xotin-qiz e\u2019tibordan chetda emasligini ko\u2018rsatdi.<\/p>\n<p>Farg\u2018ona viloyatida 1 ming 63 ta mahalla fuqarolar yig\u2018ini bo\u2018lib, ayni paytda \u201cMahalla yettiligi\u201d sektorlar ishchi guruhlari bilan birgalikda anketa-so\u2018rovnoma asosida xotin-qizlarning barcha yo\u2018nalishdagi muammolari uyma-uy yurish orqali o\u2018rganib chiqilmoqda.<\/p>\n<p>Xususan, \u201cAyollar daftari\u201dning 6-bosqichi Buvayda tumanida ham belgilangan tartib asosida olib borilmoqda. Xatlov ishlari davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar e\u2019tibordan chetda qolmasligiga alohida e\u2019tibor qaratilmoqda.<\/p>\n<p>\u2014 Mahallamizda istiqomat qilayotgan 3 ming 510 nafar aholidan 1 ming 776 nafari ayollar. Ularning 652 nafari 30 yoshdan oshgan xotin-qizlardir, \u2014 deydi Buvayda tumani \u201cYangi hayot\u201d MFY xotin-qizlar faoli Sadoqat Boymatova. \u2014 Hozirda har bir xonadonga kirib, xotin-qizlar bilan suhbatlar o\u2018tkazish orqali ularni qiynayotgan muammolarni anketa-so\u2018rovnomasiga qayd etayapmiz. Maqsadimiz ularni qiynayotgan muammolarga yechim topish va ko\u2018maklashishdan iboratdir. Mana o\u2018tgan yili 5-bosqich doirasida 105 nafar xotin-qiz \u201cAyollar daftari\u201dga kiritilgan edi. Ularning barchasiga toifalar bo\u2018yicha zarur ko\u2018mak ko\u2018rsatilishi natijasida muammolariga yechim topildi.<\/p>\n<p>Shu tumanning \u201cYangi hayot\u201d MFY yashovchi Umidaxon Rahmonova ham ishsizligi bois \u201cAyollar daftari\u201dga olingan edi. U kasb-hunar egallashni afzal bildi. Mono markazda tikuvchilikni o\u2018rgandi. Ko\u2018p o\u2018tmay binoyidek tikuvchiga aylandi. Unga subsidiya asosida tikuv mashinasi berildi. O\u2018rgangan hunari asosida uyida tikuvchilikni boshlab, kam bo\u2018layotgani yo\u2018q.<\/p>\n<p>Shu mahallada yashovchi Gavhar Mamajonovaning ham boshidan ko\u2018p sinovlar o\u2018tdi. Voyaga yetgan o\u2018g\u2018li ishlab pul topaman, deganda avtohalokatga uchrab, sog\u2018ligidan ayrildi. Ona esa uni tashlab biror joyga borib ishlay olmadi. O\u2018rganish ishlari davomida u ham \u201cAyollar daftari\u201dga kiritildi. Gavhar opa o\u2018rganishga kelgan ishchi guruhga uyida qandolatchilik yo\u2018nalishida tadbirkorlik qilish istagi borligini aytdi. Shu asosida unga kredit ajratildi. Yaxshi niyatda boshlangan ish tezda yurishib ketdi. Dastlab o\u2018zi, buyurtmalar soni ko\u2018paygach esa qo\u2018shnilarini yordamchilikka oldi. Mana hozir u bilan 10 nafar qo\u2018shni ayollar mehnat qilmoqda.<\/p>\n<p>\u2014 Shukur, qiyin kunlar ortda qoldi. \u201cAyollar daftari\u201d orqali yelkamga oftob tegdi. Ko\u2018rsatilgan ko\u2018mak sabab ishlarim yurishib ketdi. Ko\u2018z tegmasin, mahsulotlarimni bozori chaqqon. Hozir\u00a0 Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlarigacha mahsulot yetkazib beryapman, \u2014 deydi Gavhar Mamajonova.<\/p>\n<p>Bir so\u2018z bilan aytganda, mamlakatimizda boshlangan ushbu xayrli va ezgu tashabbus qiynalgan ayollarga madad bo\u2018lib, orzularini ro\u2018yobga chiqarishga imkon bermoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg\u2018ona viloyati Kengashi<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-22716 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/3451.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/3451.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/3451-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/3451-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/3451-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-22717 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/3450.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/3450.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/3450-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/3450-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/3450-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-22718 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/3449.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/3449.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/3449-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/3449-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/3449-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>17.01.2025. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilgan \u201cAyollar daftari\u201d orqali ko\u2018plab xotin-qizlarning muammolari hal etilib, mushkuli oson bo\u2018lib bormoqda. Xususan, Farg\u2018ona viloyatida ham o\u2018tgan yillar davomida \u201cAyollar daftari\u201dga kiritilgan xotin-qizlarga ko\u2018rsatilgan yordam sabab ularning biri tadbirkor, biri ish beruvchi, yana birining esa doimiy bandligi ta\u2019minlandi. Uzoqqa bormaylik, \u201cAyollar daftari\u201dning 5-bosqichi doirasida 800 mingdan ortiq [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[27,24],"tags":[],"class_list":["post-22715","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-zashhita-socialno-ekonomicheskix-interesov","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22715","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22715"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22715\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22719,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22715\/revisions\/22719"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22715"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22715"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22715"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}