{"id":22838,"date":"2025-01-28T12:03:01","date_gmt":"2025-01-28T12:03:01","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=22838"},"modified":"2025-01-28T15:13:42","modified_gmt":"2025-01-28T15:13:42","slug":"khodimlar-huquqlari-kafolatlanmoqda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/01\/28\/khodimlar-huquqlari-kafolatlanmoqda\/","title":{"rendered":"Xodimlar huquqlari kafolatlanmoqda"},"content":{"rendered":"<p><strong>28.01.2025.\u00a0<\/strong>Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Xorazm viloyati birlashgan qo\u2018mitasining V majlisi bo\u2018lib o\u2018tdi. Unda 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, kelgusi vazifalar belgilab olindi.<\/p>\n<p>Ta&#8217;kidlash joizki, Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Xorazm viloyati birlashgan qo\u2018mitasi tizimida 90 ta tashkilot mavjud bo\u2018lib, ularda kasaba uyushmasi a&#8217;zolari soni 6090 nafarni tashkil etadi.<\/p>\n<p>Boshlang\u2018ich kasaba uyushma qo\u2018mitalarida ustav talablariga asosan faoliyatni yo\u2018lga qo\u2018yish, ish tajribasini oshirish, hujjatlar bilan ishlash, ijro intizomini mustahkamlash, hamda kasaba uyushmalari afzalliklarini targ\u2018ib qilish masalalariga alohida e&#8217;tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda boshlang\u2018ich kasaba uyushma qo\u2018mitasi faolari ishtirokida \u201cIjtimoiy sheriklik va jamoa shartnomalarini tuzish\u201d, \u201cJamoa shartnomalari bo\u2018yicha mehnat jamoasi yig\u2018ilishlarini o\u2018tkazish\u201d, hamda \u201cHisobot-saylov yig\u2018ilishlarini o\u2018tkazish va hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi\u201d mavzularida o\u2018quv seminarlar tashkil qilinmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining tavsiyaviy maketi asosida, tizimdagi 25 ta tashkilotda jamoa shartnomalari qayta tuzilib, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga muvofiqlashtirildi. Shuningdek, 54 ta tashkilotda mehnat muhofazasi masalalarini muvofiqlashtirib, nazorat qilish uchun vakillar saylandi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, jamoa shartnomalari orqali kichik yoshdagi farzandlari bor ayollar uchun qisqartirilgan ish vaqti belgilandi, homiladorlik va tug\u2018ish ta&#8217;tillari muddatini uzaytirish, hamda 2 yoshgacha farzandi bor ayollarga bola parvarishi uchun haq to\u2018lanadigan tanaffuslar taqdim qilish kabi imtiyozlar joriy etildi. Sirasi aytganda, kasaba uyushmasi a&#8217;zolarining mehnat huquqlari hamda mehnatga munosib haq to\u2018lash huquqlari to\u2018liq ta&#8217;minlandi.<\/p>\n<p>O\u2018tgan yil davomida umumxalq bayramlari munosabati bilan 748 nafar faol va ilg\u2018or kasaba uyushmasi a&#8217;zolari rag\u2018batlantirildi, 20 nafar yubiley sanasini nishonlagan faxriylar taqdirlandi. Shuningdek, 784 nafar xodimning teatr va konsertlarga tashrifi uyushtirildi, 470 nafar xodim uchun respublika tarixiy shaharlariga va o\u2018z hududlaridagi diqqatga sazovor joylarga sayohatlar tashkil qilindi. 74 nafar xodimning farzandlari esa viloyatdagi yozgi bolalar oromgohlarida dam oldirildi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, yordamga muhtoj va ehtiyojmand oilalarning 81 nafariga kasaba uyushmasi hisobidan moddiy yordam ko\u2018rsatildi. Pensiya yoshiga yetgan 13 nafar xodimga bir yo\u2018la moddiy yordam berildi hamda qimmatbaho sovg\u2018alar taqdim etildi. Bayramlar munosabati bilan 12 nafar nogironligi bor shaxslarga ham moddiy yordam taqdim qilindi. Bundan tashqari, ikki yoshdan uch yoshgacha bola parvarishi ta&#8217;tilida bo\u2018lgan 2 nafar yosh onaga moddiy yordam ko\u2018rsatildi. Kam ta&#8217;minlangan va boquvchisini yo\u2018qotgan oilalarning 21 nafar farzandi uchun o\u2018quv qurollari va darsliklar xarid qilindi.<\/p>\n<p>2024 yil davomida soha xodimlaridan 77 nafar va ularning oila a&#8217;zolari sanatoriylarda sog\u2018lomlashtirildi. Ularning 10 nafari ishlayotgan pensionerlar va 29 nafari kasaba uyushmasi a&#8217;zolarining ota-onalaridir.<\/p>\n<p>Mehnat jamoalarida sog\u2018lom turmush tarziga rag\u2018batlantirish maqsadida yugurish estafetasi, badminton, kamondan otish, stol tennisi, mini futbol, armrestling va streetbol musobaqalari o\u2018tkazilmoqda.<\/p>\n<p>Ayni kunlarda kasaba uyushmasi faolari ishtirokida hisobot-saylovlarga puxta tayyorgarlik ko\u2018rish, yig\u2018ilish va konferentsiyalarni yuqori saviyada o\u2018tkazishga bag\u2018ishlangan o\u2018quv-seminarlar o\u2018tkazilmoqda.<\/p>\n<p><strong style=\"text-align: right;\">Alisher Salaev<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Xorazm viloyati birlashgan qo\u2018mitasi raisi<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-22842 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/1.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/1.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/1-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/1-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/1-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-22843 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/2-1.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/2-1.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/2-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/2-1-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/2-1-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>28.01.2025.\u00a0Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Xorazm viloyati birlashgan qo\u2018mitasining V majlisi bo\u2018lib o\u2018tdi. Unda 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, kelgusi vazifalar belgilab olindi. Ta&#8217;kidlash joizki, Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Xorazm viloyati birlashgan qo\u2018mitasi tizimida 90 ta tashkilot mavjud bo\u2018lib, ularda kasaba uyushmasi a&#8217;zolari soni 6090 nafarni tashkil etadi. [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[27,24],"tags":[],"class_list":["post-22838","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-zashhita-socialno-ekonomicheskix-interesov","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22838","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22838"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22838\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22845,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22838\/revisions\/22845"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22838"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22838"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22838"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}