{"id":22864,"date":"2025-01-31T15:54:19","date_gmt":"2025-01-31T15:54:19","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=22864"},"modified":"2025-01-31T15:54:19","modified_gmt":"2025-01-31T15:54:19","slug":"sogliqni-saqlash-tizimidagi-boshlangich-kasaba-uyushma-tashkilotlari-raislarining-bilim-va-malakalari-oshirildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/01\/31\/sogliqni-saqlash-tizimidagi-boshlangich-kasaba-uyushma-tashkilotlari-raislarining-bilim-va-malakalari-oshirildi\/","title":{"rendered":"Sog\u2018liqni saqlash tizimidagi boshlang\u2018ich kasaba uyushma tashkilotlari raislarining bilim va malakalari oshirildi"},"content":{"rendered":"<p><strong>31.01.2025.<\/strong> Navoiy viloyatida O\u2018zbekiston Sog\u2018liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy viloyat kengashi tizimidagi boshlang\u2018ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari uchun \u201cO\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o\u2018tkazish\u201d mavzuida amaliy seminar tashkil etildi.<\/p>\n<p>Unda tarmoq tizimidagi boshlang\u2018ich kasaba uyushma tashkilotlari va sex kasaba uyushmasi tashkilotlari raislari hamda mutaxassislari ishtirok etdilar.<\/p>\n<p>Ishtirokchilarga O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat kengashi raisi Nazira Tog\u2018aeva, tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashining tashkiliy ishlar bo\u2018yicha bosh mutaxassisi Dilorom Toshmatova va bir qator mutaxassislar \u201cO\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o\u2018tkazish to\u2018g\u2018risida&#8221;gi Nizom talablari asosida hisobot-saylov yig\u2018ilishlarini (konferensiyalari) o\u2018tkazish tartibi, qo\u2018mita a&#8217;zolarini saylash jarayoni, hujjatlarni rasmiylashtirish, qo\u2018mita a&#8217;zolarining vazifalari va dublyorlar haqida batafsil ma&#8217;lumotlar berdilar.<\/p>\n<p>Ma&#8217;lumki, 2025 yil kasaba uyushmalari tizimida muhim jarayonlar davri hisoblanadi. Ya&#8217;ni, o\u2018tgan 5 yillik faoliyat sarhisob qilinib, galdagi dolzarb vazifalar belgilab olinadi. Shu maqsadda barcha bo\u2018g\u2018indagi kasaba uyushma tashkilotlarida hisobot-saylov yig\u2018ilishlari (konferensiyalari) o\u2018tkazilib, ishchi-xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlrini himoyalash borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil etiladi. Shuningdek, faoliyatda e&#8217;tibor qaratilishi lozim bo\u2018lgan yo\u2018nalishlarga urg\u2018u berilib, galdagi ustuvor vazifalar belgilab olinadi.<\/p>\n<p>Shu bois o\u2018tkazilgan o\u2018quv-seminarda hisobot-saylovlarga tayyorgarlik ko\u2018rish, hisobot-saylov konferensiya yoki yig\u2018ilishlarini olib borish tartibi, boshlang\u2018ich kasaba uyushmasining saylanma organlarini saylash, byulletenlarni to\u2018g\u2018ri to\u2018ldirish tartibi, shuningdek, sanoq komissiyasi faoliyati, konferensiyalarga delegatlar saylash tartiblari haqida tushuntirishlar berildi.<\/p>\n<p>Seminar ishtirokchilari hisobot-saylovlar o\u2018tkazishning takomillashgan tizimi joriy etilayotgani kasaba uyushmalari faoliyatida yangi bosqichni boshlab berishini alohida qayd etdilar.<br \/>\nO\u2018quv-seminarlar doirasida joriy yilda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligini munosib nishonlash borasida tarmoq kasaba uyushmasi oldida turgan vazifalar, amalga oshirilishi zarur bo\u2018lgan chora-tadbirlar yuzasidan ham fikr va mulohazalar almashildi.<\/p>\n<p>Qizg\u2018in munozara va muhokamalarga boy tarzda o\u2018tgan o\u2018quv-seminar yakunida ishtirokchilar o\u2018zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar oldilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Muhabbat O\u2018rmonbekova<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati rahbari<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-22865 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/3.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/3.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/3-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/3-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/3-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-22866 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/4-1.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/4-1.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/4-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/4-1-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/4-1-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-22867 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/5-1.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/5-1.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/5-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/5-1-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/5-1-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>31.01.2025. Navoiy viloyatida O\u2018zbekiston Sog\u2018liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy viloyat kengashi tizimidagi boshlang\u2018ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari uchun \u201cO\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o\u2018tkazish\u201d mavzuida amaliy seminar tashkil etildi. Unda tarmoq tizimidagi boshlang\u2018ich kasaba uyushma tashkilotlari va sex kasaba uyushmasi tashkilotlari raislari hamda mutaxassislari ishtirok etdilar. Ishtirokchilarga O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[27,24],"tags":[],"class_list":["post-22864","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-zashhita-socialno-ekonomicheskix-interesov","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22864","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22864"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22864\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22868,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22864\/revisions\/22868"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22864"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22864"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22864"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}