{"id":22884,"date":"2025-01-29T12:12:37","date_gmt":"2025-01-29T12:12:37","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=22884"},"modified":"2025-02-03T12:17:04","modified_gmt":"2025-02-03T12:17:04","slug":"sportni-sev-sport-bilan-yasha","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/01\/29\/sportni-sev-sport-bilan-yasha\/","title":{"rendered":"Sportni sev, sport bilan yasha!"},"content":{"rendered":"<p><strong>29.01.2025.<\/strong> So\u2018nggi yillarda mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbuslari bilan boshqa ko\u2018plab sohalar qatori jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida ham tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida yurtimiz dovrug\u2018ini dunyoga tanitishga munosib hissa qo\u2018shuvchi sportchilarni tarbiyalash imkoniyatlari kengayib bormoqda.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ham mazkur jarayonlarda faol ishtirok etib, mehnatkashlar va ularning oila a&#8217;zolari o\u2018rtasida sportning ommaviyligini oshirish, mehnat jamoalarida xodimlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish orqali sog\u2018lom turmush tarzi barqarorligini ta&#8217;minlash yo\u2018nalishlaridagi ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Xuddi shu maqsadlarda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mehnat qilayotgan xodimlar o\u2018rtasida turli sport musobaqalari, oilaviy spartakiadalar, turnirlar o\u2018tkazish bilan birga, kasaba uyushmalari tizimida bolalar va o\u2018smirlar sport maktablari tashkil etilib, xalqaro maydonlarda O\u2018zbekiston bayrog\u2018ini yuqori ko\u2018taruvchi sportchilarni yetishtirish ilariga ham munosib hissa qo\u2018shib kelmoqda.<\/p>\n<p>Yurtimizda yoshlarning suv sporti turlariga bo\u2018lgan qiziqishi hamda suv sporti turlari ommaviyligini oshirish, bu orqali iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash, saralash (seleksiya) va maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish, ushbu sohada malakali mutaxassislar va hakamlar tayyorlash orqali milliy terma jamoalarimizning nufuzli sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishishini ta&#8217;minlash maqsadida O\u2018zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan barpo etilib, foydalanishga topshirilgan \u201cKasaba uyushmalari suv sporti saroyi\u201d fikrimizning yorqin dalilidir.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasiga qarashli mazkur majmua suv sporti rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida qurilgan bo\u2018lib, bu yerda professional sportchilar va havaskorlar uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Xususan, 50 metrli basseyn va 500 o\u2018rinli tomoshagohga ega katta zalda xalqaro miqyosdagi musobaqalar, terma jamoamizning o\u2018quv-mashg\u2018ulot yig\u2018inlarini o\u2018tkazish uchun zamonaviy sharoitlar mavjud. Balandlikdan sakrash va kichik havzalarda esa bolajonlarning suv sportini o\u2018rganishlari uchun imkoniyatlar yaratilgan. Ikkinchi qavatda ma&#8217;muriyat va murabbiylar xonasi, konferensiya zali, trenajyor xonasi hamda sport sharhlovchilari uchun maxsus xonalar joylashgan.<\/p>\n<p>Bir vaqtning o\u2018zida 100 nafar, bir kunda mingdan ziyod aholiga xizmat ko\u2018rsatish quvvatiga ega bo\u2018lgan ushbu majmuada bugungi kunda suv sporti bilan shug\u2018ullanish orqali mehnat jamoalari, mehnatkashlar va ularning oila a&#8217;zolari, yoshlar va faxriylarning salomatliklari mustahkamlanmoqda. Majmua negizida Suv sporti maktabi tashkil etilgan bo\u2018lib, Yangi O\u2018zbekiston sportning ushbu turi bo\u2018yicha yetuk sportchilarni tarbiyalash ishlari olib borilmoqda. Xususan, ushbu maskanda suzish buyicha 140 nafar, sinxron suzish bo\u2018yicha 14 nafar, suvga sakrash yo\u2018nalishida 13 nafar sportchi\u00a0 shug\u2018ullanmoqda. Bu kabi ezgu ishlar natijasida o\u2018tgan yilning noyabr&#8217; oyida Lyuksemburgda bo\u2018lib o\u2018tgan suzish bo\u2018yicha xalqaro turnirda sportchimiz Komila Mahmadiyorova 100 metr distansiyada batterflyay usulida suzish bo\u2018yicha 1-o\u2018rinni qo\u2018lga kiritdi.<\/p>\n<p>Shuningdek, Kasaba uyushmalari tomonidan poytaxtimizning Yakkasaroy tumani maxallalaridagi kam ta&#8217;minlangan oilalarning 40 nafar a&#8217;zosi sportning ushbu turi bilan bepul shug\u2018ullanishi uchun sharoitlar yaratilgan. Ayni kunlarda ular bilan suvga sakrash bo\u2018yicha O\u2018zbekiston tarixida ilk bor XXXIII Yozgi Olimpiada o\u2018yinlariga lisenziyani ko\u2018lga kiritgan kasaba uyushmalari sportchisi, Xalqaro toifadagi sport ustasi Igor&#8217; Myalin mashg\u2018ulot o\u2018tmoqda.<\/p>\n<p>Kuni kecha ushbu maskanda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent shahar kengashi tomonidan \u201cSportni sev, sport bilan yasha!\u201d targ\u2018ibot-tashviqot va sport tadbiri o\u2018tkazildi. Ushbu tadbirdan ko\u2018zlangan maqsad \u2013 mehnatkashlar va ularning oila a&#8217;zolari o\u2018rtasida jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini oshirish, ular o\u2018rtasida sog\u2018lom turmush tarzini targ\u2018ib etish orqali salomatliklarini mustahkamlash, kasb kasalliklarining oldini olishdir.<\/p>\n<p>Tadbirda poytaxt kasaba uyushmalari faollari, tarmoq kasaba uyushmalari Toshkent shahar Kengashlari va birlashgan qo\u2018mitalari raislari, korxona, tashkilot va muassasalarning boshlang\u2018ich kasaba uyushma qo\u2018mitalari raislari va faolari, turli sohalarda mehnat qilayotgan xodimlar, sport faxriylari, mahallalar faollari va yoshlar ishtirok etdilar.<\/p>\n<p>Ishchi-xodimlarni suzish havzasiga keng jalb etish, xususan, suv sporti turlarini keng targ\u2018ib qilish va ommalashtirish, aholining ushbu sport turlariga qiziqishini oshirish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbir davomida ishtirokchilar suv sporti saroyidagi shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan tanishar ekanlar, ularga\u00a0 suv havzasi to\u2018g\u2018risida batafsil ma&#8217;lumotlar berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-22885 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/3504.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/3504.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/3504-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/3504-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/3504-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-22886 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/3503.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/3503.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/3503-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/3503-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/3503-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>29.01.2025. So\u2018nggi yillarda mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbuslari bilan boshqa ko\u2018plab sohalar qatori jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida ham tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida yurtimiz dovrug\u2018ini dunyoga tanitishga munosib hissa qo\u2018shuvchi sportchilarni tarbiyalash imkoniyatlari kengayib bormoqda. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ham mazkur jarayonlarda faol ishtirok etib, mehnatkashlar va ularning oila a&#8217;zolari o\u2018rtasida sportning ommaviyligini oshirish, [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[30,24],"tags":[],"class_list":["post-22884","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-kultura-i-sport","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22884","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22884"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22884\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22887,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22884\/revisions\/22887"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22884"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22884"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22884"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}