{"id":23040,"date":"2025-02-12T17:58:25","date_gmt":"2025-02-12T17:58:25","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=23040"},"modified":"2025-02-12T17:58:25","modified_gmt":"2025-02-12T17:58:25","slug":"izhtimoiy-mehnat-masalalari-boyicha-respublika-uch-tomonlama-komissiyasi-mazhlisi-bolib-otdi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/02\/12\/izhtimoiy-mehnat-masalalari-boyicha-respublika-uch-tomonlama-komissiyasi-mazhlisi-bolib-otdi\/","title":{"rendered":"\u0418\u0436\u0442\u0438\u043c\u043e\u0438\u0439-\u043c\u0435\u04b3\u043d\u0430\u0442 \u043c\u0430\u0441\u0430\u043b\u0430\u043b\u0430\u0440\u0438 \u0431\u045e\u0439\u0438\u0447\u0430 \u0420\u0435\u0441\u043f\u0443\u0431\u043b\u0438\u043a\u0430 \u0443\u0447 \u0442\u043e\u043c\u043e\u043d\u043b\u0430\u043c\u0430 \u043a\u043e\u043c\u0438\u0441\u0441\u0438\u044f\u0441\u0438 \u043c\u0430\u0436\u043b\u0438\u0441\u0438 \u0431\u045e\u043b\u0438\u0431 \u045e\u0442\u0434\u0438"},"content":{"rendered":"<p><strong>12.02.2025.<\/strong> Bugungi kunda mamlakatimizda Ijtimoiy-mehnat masalalari bo\u2018yicha Respublika uch tomonlama komissiyasining o\u2018rni sezilarli darajada ortib bormoqda. Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga ko\u2018ra mehnat sohasiga aloqador normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari aynan Respublika uch tomonlama komissiyasi fikrini hisobga olgan holda qabul qilinishi amaliyotga joriy etildi. Bunda xodimlar va ish beruvchilarning manfaatlari inobatga olinmoqda. Jumladan, mehnatga haq to\u2018lashning eng kam miqdori, mehnat shartnomalarining namunaviy shakllari, tabiiy-iqlim va turmush sharoiti noqulay bo\u2018lgan hududlar ro\u2018yxati, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi normativ hujjatlar, kasbiy standartlarni ishlab chiqish tartibi, xodimlarning alohida toifalari mehnatini tartibga solish borasidagi va boshqa bir qator me&#8217;yorlarga aloqador normativ-huquqiy hujjatlar mazkur komissiya fikri asosida qabul qilinmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida bo\u2018lib o\u2018tgan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo\u2018yicha Respublika uch tomonlama komissiyasining navbatdagi majlisida ijtimoiy-mehnat sohasiga oid dolzarb masalalar muhokama etildi.<\/p>\n<p>Majlisda Hukumat tomonidan: Kambag\u2018allikni qisqartirish va bandlik, Iqtisodiyot va moliya, Adliya, Sog\u2018liqni saqlash vazirliklari, Davlat mehnat inspeksiyasi, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi mutasaddilari, Ish beruvchilar birlashmalaridan: Ish beruvchilar Konfederatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi, Fermer, dehqon xo\u2018jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, \u201cTadbirkor ayol\u201d xalqaro ishbilarmon ayollar assosiasiyasi, \u201cHunarmand\u201d uyushmasi, Banklar assosiasiyasi, \u201cOlmaliq kon-metallurgiya kombinati\u201d aksiyadorlik jamiyati vakillari, Kasaba uyushmalari birlashmalaridan: Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Ta&#8217;lim va fan xodimlari, Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmalari Respublika kengashlari, \u201cNavoiy kon-metallurgiya kombinati\u201d AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi vakillari, shuningdek, kuzatuvchi sifatida Xalqaro mehnat tashkiloti Milliy koordinatori A.Xanxodjaev hamda qator hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.<\/p>\n<p>Ta&#8217;kidlash joizki, 2023 yildan buyon Ijtimoiy-mehnat masalalari bo\u2018yicha respublika uch tomonlama komissiyasiga O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raislik qilib kelmoqda va bu davr mobaynida komissiya tomonidan ijtimoiy muloqot va ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish, mehnat qonunchiligini takomillashtirish hamda munosib mehnat tamoyillarini ilgari surish yo\u2018nalishlarida qator tizimli ishlar amalga oshirildi.<\/p>\n<p>Majlisda dastlab, Uch tomonlama komissiya tomonidan 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi. Xususan, xodimlar manfaatlarini ifoda etuvchi O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan mehnatkashlarning huquq va manfaatlarini ximoya kilish yunalishida tizimli ishlar amalga oshirilgani ta&#8217;kidlandi. Jumladan, kasaba uyushmalari inspeksiyalari tomonidan 4\u00a0397 ta tashkilotda jamoatchilik nazorati amalga oshirildi, 6\u00a0105 ta murojaatni ko\u2018rib chiqish natijasida qariyb 106 ming shaxsning huquqlari tiklanib, xodimlar foydasiga jami 108,5 mlrd. so\u2018m mablag\u2018 undirib berildi.<\/p>\n<p>Xodimlarga munosib va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish borasida mehnat muhofazasi sohasidagi 2 676 ta kamchilik bartaraf etildi.<\/p>\n<p>2023-2024 yillar davomida barcha jamoa shartnomalari, tarmok, xududiy jamoa kelishuvlaridagi xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga oid normalar yangi Mehnat kodeksi va Bosh jamoa kelishuvi talablaridan kelib chiqqan holda qaytadan ko\u2018rib chiqildi va aksariyati yangidan qabul qilindi, ayrimlariga o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritildi.<\/p>\n<p>Kasaba uyushmalarining sa&#8217;y-harakatlari bilan sud, prokuratura, hokimiyat organlari, mehnat inspeksiyasiga kiritilgan 200 ga yaqin murojaat natijasida ish haqidan muddati o\u2018tgan qarzdorlikning 2024 yil 1\u00a0yanvariga nisbatan 96 mlrd. so\u2018mga kamayishiga erishildi.<\/p>\n<p>2024 yilda kasaba uyushmalari tomonidan barcha mulkchilik shakllaridagi 16 ming 476 ta korxona, tashkilot va muassasada qariyb 1 mln. 763 ming nafar xodimga to\u2018lanayotgan ish haqi ularning malaka darajasiga muvofiqligi bo\u2018yicha monitoringlar o\u2018tkazildi. Buning natijasida 24 nafar xodimga ish haqi bir necha yillar davomida ularning malaka darajasiga muvofiq to\u2018lanmaganligi aniqlanib, xodimlar foydasiga 1 mlrd. 467 mln. so\u2018mdan ortiq mablag\u2018 to\u2018lab berilishiga erishildi.<\/p>\n<p>Shundan so\u2018ng O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Ish beruvchilar konfederatsiyasi o\u2018rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo\u2018yicha 2023-2025 yillar uchun tuzilgan Bosh jamoa kelishuvining 2024 yildagi ijrosi va 2026-2028 yillar uchun Bosh jamoa kelishuvi loyihasini ishlab chiqish to\u2018g\u2018risidagi masala ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p>&#8211; O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va O\u2018zbekiston Ish beruvchilari Konfederatsiyasi o\u2018rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo\u2018yicha Bosh jamoa kelishuvining 2024\u00a0yil davomida ijrosini ta&#8217;minlash borasida davlat organlari, kasaba uyushmalari va ish beruvchilar tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi, &#8211; dedi O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bo\u2018lim mudiri Mahmudjon Isaev. &#8211; Xususan, mamlakat iqtisodiyoti, ishlab chiqarish hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga katta e&#8217;tibor berib kelinmoqda. 2024 yil yakunlariga ko\u2018ra, O\u2018zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi joriy narxlarda 1\u00a0454\u00a0573,9 mlrd so\u2018mni tashkil etdi va 2023 yil bilan taqqoslaganda 6,5 foizga o\u2018sdi. Sanoat tarmog\u2018ining o\u2018sishi 6,8 foizni, qishloq, o\u2018rmon va baliqchilik xo\u2018jaligining o\u2018sishi 3,0\u00a0foizni, qurilish ishlari hajmining o\u2018sishi 8,8\u00a0foizni hamda xizmatlar ko\u2018rsatish sohasida o\u2018sish sur&#8217;ati 7,7\u00a0foizni tashkil etdi. 2024 yilda aholi jon boshiga hisoblangan YaIM hajmi joriy narxlarda 39\u00a0131,4 ming so\u2018mni (yoki 3\u00a0092,7 AQSh dollari ekvivalentini), aholi jon boshiga YaIM hajmining real o\u2018sishi esa &#8211; 4,4\u00a0foizni tashkil etdi. Ijtimoiy sheriklar bilan hamkorlikda Bosh jamoa kelishuvi ijrosi doirasida me&#8217;yoriy huquq ijodkorligi va xodimlarning huquqiy himoyasiga doir tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ijtimoiy sheriklikning ijtimoiy-mehnat sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, qabul qilingan qonunlar mazmun-mohiyatini xodimlarga yetkazish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda mehnat sohasidagi huquqlari himoyasini ta&#8217;minlash borasidagi faoliyati muntazam ravishda takomillashtirib borilmoqda. Hisobot yilida ijtimoiy-mehnat sohasiga oid 250\u00a0dan ziyod normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ko\u2018rib chiqilib takliflar berildi. XMTning 95, 132, 155, 156 va 175-sonli konvensiyalari ratifikasiya qilindi. Mehnatga haq to\u2018lash, aholining real daromadlari va turmush darajasini oshirish borasida ham muayyan natijalarga erishildi. Xususan, mehnatkashlarning real ish haqi va daromadlarini oshirishga, yalpi ichki mahsulot tarkibida mehnat haqi ulushini 30 foizdan kam bo\u2018lmagan miqdorda saqlab turishga doir choralar ko\u2018rildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko\u2018ra YaIM tarkibida mehnat haqi ulushi 38,8 foizga teng bo\u2018ldi.\u00a0 Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma&#8217;lumotlariga ko\u2018ra, ish\u00a0bilan ta&#8217;minlash, tadbirkorlikni qo\u2018llab-quvvatlash va\u00a0erdan samarali foydalanish natijasida aholining real daromadlari o\u2018tgan yilda 10,7\u00a0foizga oshib, aholi jon boshiga oyiga o\u2018rtacha 2,1 mln so\u2018mni tashkil etdi.<\/p>\n<p>Uch tomonlama komissiya majlisida Xalqaro\u00a0 mehnat\u00a0 tashkiloti\u00a0 bilan\u00a0 hamkorlikda qabul qilingan \u201c2021-2025 yillarga mo\u2018ljallangan O\u2018zbekistonda munosib mehnat bo\u2018yicha Mamlakat dasturi\u201dni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan 2024-2025 yillarga mo\u2018ljallangan \u201cYo\u2018l xaritasi\u201d ijrosi to\u2018g\u2018risidagi masala ham ko\u2018rib chiqildi. Qayd etilganidek, mazkur Mamlakat dasturi doirasida mehnat sohasidagi milliy qonunchilikni takomillashtirish va xalqaro mehnat normalari qo\u2018llanishini ta&#8217;minlash, yoshlar, ayollar va aholining zaif guruhlari uchun inklyuziv va adolatli iqtisodiy o\u2018sish natijasida yaratiladigan bandlik va munosib mehnat imkoniyatlarini kengaytirish, ijtimoiy muloqotni hamda ijtimoiy sheriklarning institusional salohiyatini mustahkamlash kabi yo\u2018nalishlarda tizimli ishlar olib borilmoqda.<\/p>\n<p>&#8211; Xalqaro mehnat tashkiloti O\u2018zbekistondagi uch tomonlama hamkorlar bilan \u201cO\u2018zbekistonda munosib mehnat bo\u2018yicha 2026-2030 yillarga mo\u2018ljallangan mamlakat dasturi\u201d loyihasini ishlab chiqishga kirishmoqda, &#8211; dedi Xalqaro mehnat tashkiloti Milliy koordinatori Azizxon Xonxo\u2018jaev. \u2013 Mazkur Mamlakat dasturi strategik hujjat bo\u2018lib, O\u2018zbekiston va Xalqaro mehnat tashkiloti o\u2018rtasidagi 2030 yilgacha bo\u2018lgan hamkorlikning eng asosiy yo\u2018nalishlarini belgilab beradi. Ijtimoiy-mehnat masalalari bo\u2018yicha respublika uch tomonlama komissiyasi majlisida \u201cO\u2018zbekistonda munosib mehnat bo\u2018yicha 2026-2030 yillarga mo\u2018ljallangan mamlakat dasturi\u201d loyihasini ishlab chiqish bo\u2018yicha ishchi guruhini tuzish bo\u2018yicha qaror qabul qilindi. Mazkur ishchi guruhi Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda hamkorlik qirralarini yanada kengaytiruvchi Mamlakat dasturini ishlab chiqadi.<\/p>\n<p>&#8211; Ijtimoiy-mehnat masalalari bo\u2018yicha Respublika uch tomonlama komissiyasining o\u2018ziga xos jihati shundaki, uch tomonlama hamkorlarning har biri, ya&#8217;ni Hukumat, xodimlar vakili bo\u2018lgan kasaba uyushmalari va ish beruvchilar teng ovozga ega,\u00a0 &#8211; dedi O\u2018zbekiston Ish beruvchilar Konfederatsiyasi ijrochi direktori Eka Margishvili. \u2013 Biz mazkur uch tomonlama komissiyaning barcha kichik komissiyalariga kiritilganmiz va faoliyatimiz ko\u2018plab tamoqlarni qamrab oladi. O\u2018zbekiston Respublikasidagi uch tomonlama komissiya Uch tomonlama muloqot institutlari Xalqaro tashkilotiga kirish taklifini oldi. Ushbu taklif mamlakatimizdagi uch tomonlama muloqotning yuqori darajada ekanligini ko\u2018rsatadi. Bu bir qator afzalliklarni beradi. Majlisda ushbu masalalar ham ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p>Majlisda \u201cO\u2018zbekistonda munosib mehnat bo\u2018yicha 2026-2030 yillarga mo\u2018ljallangan mamlakat dasturi\u201d loyihasini ishlab chiqish bo\u2018yicha\u201d ishchi guruh tarkibi hamda \u201cMunosib mehnat tamoyillarini tatbiq etish bo\u2018yicha ishlab chiqilgan yo\u2018riqnoma\u201d tasdiqlandi. Shuningdek, Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikning bir qator yo\u2018nalishlari muhokama etildi.<\/p>\n<p>Muhokama qilingan masalalar yuzasidan komissiya a&#8217;zolari tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar hamda takliflarni inobatga olgan holda Ijtimoiy-mehnat masalalari bo\u2018yicha uch tomonlama komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Muhabbat O\u2018rmonbekova<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati rahbari<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-23043 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/27.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"799\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/27.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/27-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/27-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/27-768x511.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-23041 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/25.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"801\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/25.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/25-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/25-1024x684.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/25-768x513.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-23042 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/26.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"802\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/26.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/26-300x201.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/26-1024x684.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/26-768x513.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>12.02.2025. Bugungi kunda mamlakatimizda Ijtimoiy-mehnat masalalari bo\u2018yicha Respublika uch tomonlama komissiyasining o\u2018rni sezilarli darajada ortib bormoqda. Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga ko\u2018ra mehnat sohasiga aloqador normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari aynan Respublika uch tomonlama komissiyasi fikrini hisobga olgan holda qabul qilinishi amaliyotga joriy etildi. Bunda xodimlar va ish beruvchilarning manfaatlari inobatga olinmoqda. Jumladan, mehnatga haq to\u2018lashning eng kam [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[27,24],"tags":[],"class_list":["post-23040","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-zashhita-socialno-ekonomicheskix-interesov","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23040","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23040"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23040\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23044,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23040\/revisions\/23044"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23040"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23040"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23040"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}