{"id":23050,"date":"2025-02-13T04:40:07","date_gmt":"2025-02-13T04:40:07","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=23050"},"modified":"2025-02-13T04:40:07","modified_gmt":"2025-02-13T04:40:07","slug":"navoiy-viloyatida-alisher-navoiy-va-sharq-renessansi-khalqaro-simpoziumi-bolib-otdi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/02\/13\/navoiy-viloyatida-alisher-navoiy-va-sharq-renessansi-khalqaro-simpoziumi-bolib-otdi\/","title":{"rendered":"\u041d\u0430\u0432\u043e\u0438\u0439 \u0432\u0438\u043b\u043e\u044f\u0442\u0438\u0434\u0430 \u00ab\u0410\u043b\u0438\u0448\u0435\u0440 \u041d\u0430\u0432\u043e\u0438\u0439 \u0432\u0430 \u0448\u0430\u0440\u049b \u0440\u0435\u043d\u0435\u0441\u0441\u0430\u043d\u0441\u0438\u00bb \u0445\u0430\u043b\u049b\u0430\u0440\u043e \u0441\u0438\u043c\u043f\u043e\u0437\u0438\u0443\u043c\u0438 \u0431\u045e\u043b\u0438\u0431 \u045e\u0442\u0434\u0438"},"content":{"rendered":"<p><strong>13.02.2025.<\/strong> O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 2025 yilning Navoiy viloyatida Alisher Navoiy yili, deb e&#8217;lon qilinishi, shuningdek, buyuk mutafakkir va shoir Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan\u00a0 qizilqum vohasida \u201cAlisher Navoiy va sharq Renessansi\u201d mavzusidagi IV xalqaro ilmiy-nazariy simpoziumning o\u2018tkazilgani unutilmas tarixiy voqeaga aylandi.<\/p>\n<p>Darhaqiqat, ilm 584 yildan keyin ham zamonaviy karvon yo\u2018llarini nur va ziyo bilan Navoiyga yetakladi. Xalqaro simpoziumda Belgiya, AQSh, Vengriya, Pokiston, Rossiya, Eron, Misr, Ozarbayjon, Turkiya, Shimoliy Kipr, Qozog\u2018iston, Qirg\u2018iziston, Tojikiston kabi 20 ga yaqin davlatning, shuningdek respublikamizning navoiyshunoslari, arboblar, madaniyat va san&#8217;at namoyandalari, yirik oliy o\u2018quv yurtlari professorlari yig\u2018ildilar.<\/p>\n<p>Ularning barchasi Navoiy merosini o\u2018rganish, uning g\u2018oyalarini zamonaviy jamiyatga tatbiq etish, Sharq Renessansidagi o\u2018rnini yanada chuqurroq tahlil qilish maqsadida Navoiyda jam bo\u2018lishdi.<\/p>\n<p>Mehmonlarni dastlab Navoiy temir yo\u2018l vokzalida viloyat mas&#8217;ullari samimiy kutib oldilar. Ularni kutib olish marosimida Navoiyning bebaho merosini eslash, uning g\u2018oyalarini zamonaviy jamiyatga tatbiq etish bo\u2018yicha amaliy ishlarni davom ettirishga bo\u2018lgan ishtiyoq yanada kuchaydi.<\/p>\n<p>Mana besh asrdan ortiq vaqt o\u2018tdiki, Navoiy dahosiga bo\u2018lgan qiziqish, makon va zamon tanlamaydigan shoirning dilbar va shoh asarlariga bo\u2018lgan muhabbat ortsa ortdiki, aslo so\u2018ngani yo\u2018q. Nafaqat turkiy olam, balki butun bashar ulug\u2018 mutafakkir g\u2018azallarining yangi-yangi ma&#8217;nolarini kashf qilish bilan birga baharamand ham bo\u2018lmoqda.<\/p>\n<p>Simpoziumning yalpi majlisi Navoiy shahridagi Ma&#8217;naviyat va ma&#8217;rifat maskanida tashkil etildi. Mamlakatimiz Prezidentining \u00abAlisher Navoiy va Sharq Renessansi IV Xalqaro simpoziumi ishtirokchilariga\u00bb tabrigini Respublika Prezidentining davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov o\u2018qib eshittirdi. Shundan so\u2018ng Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov ishtirokchilarni yuksak ma&#8217;rifiy-ma&#8217;naviy anjuman bilan qutlab, mamlakat rahbari qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta&#8217;minlash navoiyliklar uchun yuksak mas&#8217;uliyat va sharaf ishi ekanligini ta&#8217;kidladi.<\/p>\n<p>Tadbirda so\u2018z olgan AQSh va Turkiya, Ozarbayjon va Tojikiston davlatlaridan kelgan taniqli navoiyshunos olimlar hazrat Alisher Navoiy dahosi umuminsoniyat mulkiga aylanganini qayd etishdi.<\/p>\n<p>Anjumanda navoiyshunoslik yo\u2018lidagi fidokorona xizmatlari uchun Anqara shahridagi Boshkent universiteti professori, Alisher Navoiy nomidagi tadqiqotlar amaliy markazi direktori Abdurrahman Guzel va Prinston universiteti professori (AQSh) Rizo Jaloliy Balxiyga \u00abNavoiy shahrining faxriy fuqarosi\u00bb unvoni topshirildi. Bir qator tadqiqotchilar tashkilotchilarning ko\u2018krak nishonlari bilan taqdirlandilar.<\/p>\n<p>Simpozium doirasida viloyatdagi oliy o\u2018quv yurtlari, mahalla va ishlab chiqarish korxonalarida taniqli olimlar, ijodkorlar ishtirokida navoiyxonlik, adabiyot va kitobxonlik kechalari tashkil etildi.\u00a0 Bu tadbirlar buyuk mutafakkirning boy merosini o\u2018rganish va uning g\u2018oyalarini keng jamoatchilikka targ\u2018ib qilishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Nazira Tog\u2018aeva<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyat kengashi raisi<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-23051 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/3555.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"801\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/3555.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/3555-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/3555-1024x684.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/3555-768x513.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-23052 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/3554.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"801\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/3554.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/3554-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/3554-1024x684.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/3554-768x513.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>13.02.2025. O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 2025 yilning Navoiy viloyatida Alisher Navoiy yili, deb e&#8217;lon qilinishi, shuningdek, buyuk mutafakkir va shoir Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan\u00a0 qizilqum vohasida \u201cAlisher Navoiy va sharq Renessansi\u201d mavzusidagi IV xalqaro ilmiy-nazariy simpoziumning o\u2018tkazilgani unutilmas tarixiy voqeaga aylandi. Darhaqiqat, ilm 584 yildan keyin ham zamonaviy karvon yo\u2018llarini [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[30,24],"tags":[],"class_list":["post-23050","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-kultura-i-sport","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23050","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23050"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23050\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23053,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23050\/revisions\/23053"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23050"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23050"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23050"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}