{"id":23163,"date":"2025-02-17T15:00:29","date_gmt":"2025-02-17T15:00:29","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=23163"},"modified":"2025-02-17T15:00:29","modified_gmt":"2025-02-17T15:00:29","slug":"bosh-zhamoa-kelishuvining-2024-yildagi-izhrosi-togrisida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/02\/17\/bosh-zhamoa-kelishuvining-2024-yildagi-izhrosi-togrisida\/","title":{"rendered":"Bosh jamoa kelishuvining 2024 yildagi ijrosi to\u2018g\u2018risida"},"content":{"rendered":"<p><strong>17.02.2025.<\/strong> O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va O\u2018zbekiston Ish beruvchilari Konfederatsiyasi o\u2018rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo\u2018yicha 2023-2025 yillar uchun tuzilgan Bosh jamoa kelishuvining 2024 yildagi ijrosi to\u2018g\u2018risida.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va O\u2018zbekiston Ish beruvchilari konfederatsiyasi o\u2018rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo\u2018yicha Bosh jamoa kelishuvining 2024\u00a0yil davomida ijrosini ta&#8217;minlash borasida davlat organlari, kasaba uyushmalari va ish beruvchilar tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.<\/p>\n<p>Xususan, mamlakat iqtisodiyotini, ishlab chiqarishni hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga katta e&#8217;tibor berib kelinmoqda.<\/p>\n<p>2024 \u00a0yil yakunlariga ko\u2018ra, O\u2018zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi joriy narxlarda 1\u00a0454\u00a0573,9 mlrd so\u2018mni tashkil etdi va 2023 yil bilan taqqoslaganda 6,5 foizga o\u2018sdi. Shu davrda o\u2018rtacha almashuv kursi bo\u2018yicha hisoblangan nominal YaIM hajmi 114\u00a0962,0 mln AQSh dollarini tashkil etdi.<\/p>\n<p>Sanoat tarmog\u2018ining o\u2018sishi 6,8 foizni, qishloq, o\u2018rmon va baliqchilik xo\u2018jaligining o\u2018sishi 3,0\u00a0foizni, qurilish ishlari hajmining o\u2018sishi 8,8\u00a0foizni hamda xizmatlar ko\u2018rsatish sohasida o\u2018sish sur&#8217;ati 7,7\u00a0foizni tashkil etdi.<\/p>\n<p>Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo\u2018shilgan qiymat hajmi YaIM umumiy hajmining 95,3 foizini, mahsulotlarga sof soliqlarning ulushi 4,7 foizini tashkil etdi. 2024 yilda aholi jon boshiga hisoblangan YaIM hajmi joriy narxlarda 39\u00a0131,4 ming so\u2018mni (yoki 3\u00a0092,7 AQSh dollari ekvivalentini), aholi jon boshiga YaIM hajmining real o\u2018sishi esa &#8211; 4,4\u00a0foizni tashkil etdi.<\/p>\n<p>Yil yakunlariga ko\u2018ra, O\u2018zbekiston Respublikasida kuzatilmaydigan iqtisodiyotning yalpi qo\u2018shilgan qiymati hajmi 505\u00a0650,1 mlrd so\u2018mni va uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 34,8 foizni tashkil etdi.<\/p>\n<p>Shundan norasmiy iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 26,4 \u00a0foizni, yashirin iqtisodiyotning ulushi 8,4 foizni tashkil etdi. Norasmiy va yashirin iqtisodiyot hajmining tarmoqlar bo\u2018yicha tarkibida qishloq, o\u2018rmon va baliqchilik xo\u2018jaligi 63,6 foizni, qurilish 41,3 foizni, xizmatlar sohasi 40,1 foizni va sanoat 8,9 foizni tashkil etgan.<\/p>\n<p>2024 yilning yanvar&#8217;-dekabrida respublika iste&#8217;mol sektoridagi inflyasiya darajasi 9,8 foizni tashkil etdi.\u00a0 Bunda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o\u2018rtacha 2,4 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlar narxlari\u00a0 7,7 foizga, xizmatlar esa 26,7 foizga qimmatlashdi.<\/p>\n<p>Ijtimoiy sheriklar bilan hamkorlikda Bosh jamoa kelishuvi ijrosi doirasida me&#8217;yoriy huquq ijodkorligi va xodimlarning huquqiy himoyasiga doir tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi.<\/p>\n<p>Ijtimoiy sheriklikning ijtimoiy-mehnat sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, qabul qilingan qonunlar mazmun-mohiyatini xodimlarga yetkazish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda mehnat sohasidagi huquqlari himoyasini ta&#8217;minlash borasidagi faoliyati muntazam ravishda takomillashtirib borilmoqda.<\/p>\n<p>Hisobot yilida ijtimoiy-mehnat sohasiga oid 250\u00a0dan ziyod normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ko\u2018rib chiqilib takliflar berildi.<\/p>\n<p>2024 yilda XMTning 95, 132, 155, 156 va 175-sonli konvensiyalari ratifikasiya qilindi. Bundan tashqari, XMTning 173, 183, 184 va 190-sonli konvensiyalarini ratifikasiya qilish to\u2018g\u2018risidagi qonun loyihalari belgilangan tartibda Hukumatga kiritilgan.<\/p>\n<p>Mehnatga haq to\u2018lash, aholining real daromadlari va turmush darajasini oshirish borasida ham muayyan natijalarga erishildi.<\/p>\n<p>2024 yil davomida mehnatkashlarning real ish haqi va daromadlarini oshirishga, yalpi ichki mahsulot tarkibida mehnat haqi ulushini 30 foizdan kam bo\u2018lmagan miqdorda saqlab turishga doir choralar ko\u2018rildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko\u2018ra YaIM tarkibida mehnat haqi ulushi 38,8 foizga teng bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma&#8217;lumotlariga ko\u2018ra, ish\u00a0bilan ta&#8217;minlash, tadbirkorlikni qo\u2018llab-quvvatlash va\u00a0erdan samarali foydalanish natijasida aholining real daromadlari o\u2018tgan yilda 10,7\u00a0foizga oshib, aholi jon boshiga oyiga o\u2018rtacha 2,1 mln so\u2018mni tashkil etdi.<\/p>\n<p>Quyidagilar daromadlarning asosiy manbalari bo\u2018lib qolmoqda:<\/p>\n<p>ish haqi\u00a0\u2014 42,6 foiz;<br \/>\ntadbirkorlikdan olingan daromadlar\u00a0\u2014 22,9 foiz;<br \/>\npensiyalar, ijtimoiy yordam vasubsidiyalar\u00a0\u2014 18,2 foiz;<br \/>\nqishloq xo\u2018jaligi vatomorqalardan olingan daromadlar\u00a0\u2014 10,7 foiz;<br \/>\nxorijdan pul o\u2018tkazmalari\u00a0\u2014 2 foiz;<br \/>\nboshqa daromadlar\u00a0\u2014 3,6 foiz.<\/p>\n<p>2024 yilda ish haqidan olingan daromadlar 12,9 foizga oshdi, buning uchun 5,1 million kishi ish\u00a0bilan ta&#8217;minlandi. Rasmiy ish\u00a0bilan band aholining ulushi 30 foizga oshdi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, 159 ming kishi fermer xo\u2018jaligi sifatida ro\u2018yxatdan o\u2018tgach, 61 ming gektar yerga ega bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Ish haqi oshirilishiga jamoa shartnomaviy munosabatlar ham o\u2018z hissasini qo\u2018shdi. Respublika bo\u2018yicha 13,5 foiz tarmoq jamoa kelishuvlarida tarmoq tarif setkalari, 24\u00a0004 ta korxonada lokal tarif setkalari joriy qilinishi natijasida 1\u00a0094\u00a0059\u00a0nafar xodimlarning ish haqlari oshirilgan bo\u2018lib, o\u2018tgan yilga nisbatan bunday jamoa shartnomalari soni 4\u00a0089 taga ko\u2018paydi.<\/p>\n<p>Masalan, tegishli tarmoq jamoa kelishuvlariga binoan yagona tarif setkasi koeffisientlari transport, qurilish va uy-joy kommunal xo\u2018jaligi vazirliklari tizimidagi tashkilotlarda 2 barobar, \u201cO\u2018zbektelekom\u201d AK tizim tashkilotlarida &#8211; 1,6 &#8211; 2,2 barobar, Avtomobil yo\u2018llari qo\u2018mitasi, \u201cO\u2018zmaxsusmontajqurilish\u201d AK, \u201cO\u2018zsanoatqurilishmateriallari\u201d uyushmasi korxonalarida &#8211; 1,6 barobar, \u201cUzbekistan Airports\u201d AJ tashkilotlarida &#8211; 1,5\u00a0barobar, \u201cO\u2018zbekiston pochtasi\u201d AJ, \u201cMatbuot tarqatuvchi\u201d AK tashkilotlarida &#8211; 1,2 barobar, Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimida &#8211; 1,2-2,2 barobar, Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tizimida &#8211; 1,1\u00a0barobar, \u201cO\u2018zkimyosanoat\u201d AJ korxonalarida &#8211; 1,1-1,6 barobar oshirilgan.<\/p>\n<p>2024 yil davomida kasaba uyushmalari tomonidan 12\u00a0917\u00a0ta tashkilotda ish beruvchilar tomonidan mehnatga haq to\u2018lashning eng kam miqdoriga rioya etilishi holati yuzasidan jamoatchilik nazorati amalga oshirildi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 31 dekabrdagi\u00a0\u00a0\u00a0 PQ-4939-son qaroriga asosan kasaba uyushmalari tomonidan xodimlarning mehnatiga to\u2018lanayotgan haq ularning malakasiga muvofiqligi ta&#8217;minlanganligi yuzasidan ham jamoatchilik nazorati o\u2018rnatilgan.Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma&#8217;lumotlariga ko\u2018ra, ish\u00a0bilan ta&#8217;minlash, tadbirkorlikni qo\u2018llab-quvvatlash va\u00a0erdan samarali foydalanish natijasida aholining real daromadlari o\u2018tgan yilda 10,7\u00a0foizga oshib, aholi jon boshiga oyiga o\u2018rtacha 2,1 mln so\u2018mni tashkil etdi.<\/p>\n<p>Quyidagilar daromadlarning asosiy manbalari bo\u2018lib qolmoqda:<\/p>\n<p>ish haqi\u00a0\u2014 42,6 foiz;<br \/>\ntadbirkorlikdan olingan daromadlar\u00a0\u2014 22,9 foiz;<br \/>\npensiyalar, ijtimoiy yordam vasubsidiyalar\u00a0\u2014 18,2 foiz;<br \/>\nqishloq xo\u2018jaligi vatomorqalardan olingan daromadlar\u00a0\u2014 10,7 foiz;<br \/>\nxorijdan pul o\u2018tkazmalari\u00a0\u2014 2 foiz;<br \/>\nboshqa daromadlar\u00a0\u2014 3,6 foiz.<\/p>\n<p>2024 yilda ish haqidan olingan daromadlar 12,9 foizga oshdi, buning uchun 5,1 million kishi ish\u00a0bilan ta&#8217;minlandi. Rasmiy ish\u00a0bilan band aholining ulushi 30 foizga oshdi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, 159 ming kishi fermer xo\u2018jaligi sifatida ro\u2018yxatdan o\u2018tgach, 61 ming gektar yerga ega bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Ish haqi oshirilishiga jamoa shartnomaviy munosabatlar ham o\u2018z hissasini qo\u2018shdi. Respublika bo\u2018yicha 13,5 foiz tarmoq jamoa kelishuvlarida tarmoq tarif setkalari, 24\u00a0004 ta korxonada lokal tarif setkalari joriy qilinishi natijasida 1\u00a0094\u00a0059\u00a0nafar xodimlarning ish haqlari oshirilgan bo\u2018lib, o\u2018tgan yilga nisbatan bunday jamoa shartnomalari soni 4\u00a0089 taga ko\u2018paydi.<\/p>\n<p>Masalan, tegishli tarmoq jamoa kelishuvlariga binoan yagona tarif setkasi koeffisientlari transport, qurilish va uy-joy kommunal xo\u2018jaligi vazirliklari tizimidagi tashkilotlarda 2 barobar, \u201cO\u2018zbektelekom\u201d AK tizim tashkilotlarida &#8211; 1,6 &#8211; 2,2 barobar, Avtomobil yo\u2018llari qo\u2018mitasi, \u201cO\u2018zmaxsusmontajqurilish\u201d AK, \u201cO\u2018zsanoatqurilishmateriallari\u201d uyushmasi korxonalarida &#8211; 1,6 barobar, \u201cUzbekistan Airports\u201d AJ tashkilotlarida &#8211; 1,5\u00a0barobar, \u201cO\u2018zbekiston pochtasi\u201d AJ, \u201cMatbuot tarqatuvchi\u201d AK tashkilotlarida &#8211; 1,2 barobar, Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimida &#8211; 1,2-2,2 barobar, Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tizimida &#8211; 1,1\u00a0barobar, \u201cO\u2018zkimyosanoat\u201d AJ korxonalarida &#8211; 1,1-1,6 barobar oshirilgan.<\/p>\n<p>2024 yil davomida kasaba uyushmalari tomonidan 12\u00a0917\u00a0ta tashkilotda ish beruvchilar tomonidan mehnatga haq to\u2018lashning eng kam miqdoriga rioya etilishi holati yuzasidan jamoatchilik nazorati amalga oshirildi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 31 dekabrdagi\u00a0\u00a0\u00a0 PQ-4939-son qaroriga asosan kasaba uyushmalari tomonidan xodimlarning mehnatiga to\u2018lanayotgan haq ularning malakasiga muvofiqligi ta&#8217;minlanganligi yuzasidan ham jamoatchilik nazorati o\u2018rnatilgan.<\/p>\n<p>Xususan, 2024 yilda kasaba uyushmalari tomonidan 16\u00a0091\u00a0ta tashkilotda 1\u00a0755\u00a0107 nafar xodimlarga to\u2018lanayotgan ish haqi ularning malaka darajasiga muvofiqligi bo\u2018yicha monitoringlar o\u2018tkazildi. O\u2018rganishlar natijasida 10 ta holatda 20 nafar xodimlarga ish haqi bir necha yillar davomida ularning malaka darajasiga muvofiq to\u2018lanmaganligi aniqlandi va ular foydasiga 1\u00a0370\u00a0522 so\u2018m to\u2018lab berilishiga erishildi.<\/p>\n<p>Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan 2024 yil davomida mehnatga haq to\u2018lashning eng kam miqdoriga rioya etilishi, xususan, mehnat qonunchiligi bo\u2018yicha jami 38\u00a0118 ta huquqiy targ\u2018ibot va tushuntirish ishlari olib borildi.<\/p>\n<p>Mehnat bozorini rivojlantirish, aholi bandligiga ko\u2018maklashish masalalarida asosiy e&#8217;tibor barqaror ish haqi va mehnat xavfsizligini ta&#8217;minlovchi, ayniqsa qishloq joylaridagi ish o\u2018rinlarini tashkil etishga, oliy va o\u2018rta maxsus ta&#8217;lim muassasalari bitiruvchilari va aholining boshqa ijtimoiy zaif qatlamlarini ishga joylashtirilishiga qaratildi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 avgustdagi \u201cNorasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi PQ-366-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta&#8217;minlash choralari ko\u2018rildi.<\/p>\n<p>Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan yil davomida olib borilgan nazorat tadbirlari davomida 481\u00a0521\u00a0ta norasmiy ish o\u2018rinlari rasmiyga o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Respublika bo\u2018yicha ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 58\u00a0400 ish o\u2018rinlari zahiraga qo\u2018yilgan bo\u2018lib, shundan 8\u00a0900 tasi nogironligi bo\u2018lgan shaxslar uchun band qilingan.<\/p>\n<p>Mehnat xavfsizligi va gigienasi tizimini joriy etish, uning faoliyat ko\u2018rsatishi va rivojlanishini ta&#8217;minlash masalalari tarmoq va hududiy kelishuvlarda va jamoa shartnomalarda o\u2018z aksini topmoqda va kasaba uyushmalari tomonidan nazoratga olingan.<\/p>\n<p>Ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy himoya borasida tizimli choralari ko\u2018rildi.<\/p>\n<p>2024 yil yakuniga ko\u2018ra, O\u2018zbekistonda kambag\u2018allik darajasi 11 foizdan 8,9 foizga kamaydi. Bandlik dasturlari tufayli 719 ming kishi kambag\u2018allikdan chiqarildi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekistonda munosib mehnat bo\u2018yicha mamlakat dasturini amaliyotga tatbiq etish bo\u2018yicha 2024-2025 yillar uchun \u201cYo\u2018l xaritasi\u201d \u00abO\u2018zbekiston &#8211; 2030\u00bb strategiyasi bilan uyg\u2018unlashtirildi.<\/p>\n<p>\u201cYo\u2018l xaritasi\u201d doirasida ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy nafaqalar to\u2018liq inventarizasiya qilinib, ro\u2018yxat shakllantirildi va maqbullashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Ijtimoiy xizmat va yordamlar ko\u2018rsatish sohasini raqamlashtirish maqsadida 29 ta vazirlik va idoralarning 74 turdagi axborotlarni qayta ishlashga mo\u2018ljallangan \u201cYagona milliy ijtimoiy himoya\u201d axborot tizimi va uning tarkibida Ijtimoiy ish elektron moduli (E-Case) ishga tushirilgan.<\/p>\n<p>2024 yil davomida jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali kasaba uyushmalari va ish beruvchilar mablag\u2018lari hisobidan pensiya yoshidagi shaxslar hamda korxonalarning sobiq xodimlaridan 135\u00a0165 nafari jami 127\u00a0959,0\u00a0mln. so\u2018mlik turli ko\u2018rinishda moddiy qo\u2018llab-quvvatlandi.<\/p>\n<p>Tizimdagi sanatoriylarda 1941\u00a0\u2013\u00a01945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylaridan 148\u00a0nafari davlat byudjeti hisobidan bepul davolandi.<\/p>\n<p>Tashkilotlarda mehnat qilayotgan pensioner, shuningdek kasaba uyushmasi a&#8217;zolarining pensioner ota-onalaridan 7\u00a0314\u00a0nafari imtiyozli ravishda (shu jumladan ishlaydigan keksalardan 325\u00a0nafari bepul) sog\u2018lomlashtirildi. Bunga kasaba uyushmalari mablag\u2018idan 31\u00a0875,6 mln. so\u2018m sarflandi.<\/p>\n<p>9 may &#8211; Xotira va qadrlash kuni bayrami munosabati bilan, respublikadagi kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan 40 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 29,2 mln. so\u2018mlik, 377\u00a0nafar mehnat fronti faxriylariga 169,8 mln.so\u2018mlik, 311 nafar mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog\u2018ida halok bo\u2018lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muxofaza qilish organlari xodimlarining oilalariga 206,5 mln. so\u2018mlik turli ko\u2018rinishda moddiy yordam ko\u2018rsatildi.<\/p>\n<p>Tashkilotlarda ishlab, hozirda nafaqada bo\u2018lgan 558 nafar jangchi-faxriylar (baynalmilalchilar) bayram munosabati bilan yo\u2018qlandi va\u00a0223,0\u00a0mln. so\u2018mlik moddiy rag\u2018batlantirildi. 8\u00a0661 nafar mehnat faxriylarining uylariga borib holidan xabar olindi, ularni jamoadagi tadbirlarga taklif etildi va 2\u00a0675,9\u00a0mln.so\u2018mlik sovg\u2018alar berildi.<\/p>\n<p>3\u00a0119 nafar keksa avlod vakillarining, mehnat faxriylarining va ishlayotgan pensionerlarning mahalliy ziyoratgohlarga hamda respublikaning tarixiy shaharlariga va diqqatga sazovor joylariga sayohatlari tashkil etildi. 4\u00a0984 nafar keksa faxriylarning teatr va konsertlarga tashrifi uyushtirildi.<\/p>\n<p>\u201cInson\u201d ijtimoiy xizmatlar markazi buyurtmasi asosida o\u2018zgalar parvarishiga muhtoj bo\u2018lgan yolg\u2018iz yashovchi hamda yolg\u2018iz keksalar va nogironligi bo\u2018lgan shaxslarning 73 nafariga Yakka tartibdagi dastur talablariga muvofiq yashash sharoitini moslashtirishda yordam berildi. Bu maqsadlar uchun kasaba uyushmalari tomonidan jami 59\u00a0125 ming so\u2018m mablag\u2018 yo\u2018naltirildi. 108 nafariga 42\u00a0740,2 ming so\u2018mlik ijtimoiy yordam yordam berildi.<\/p>\n<p>Umuman, Kasaba uyushmalari federatsiyasining \u201cYoshlar va biznesni qo\u2018llab-quvvatlash yili\u201d dasturi ijrosi uchun kasaba uyushmalari va ish beruvchilar mablag\u2018laridan jami 787\u00a0364,4 mln. so\u2018m (kasaba uyushmalari mablag\u2018laridan 541\u00a0840,9 mln., ish beruvchilar mablag\u2018laridan 245\u00a0523,5 mln.) yo\u2018naltirildi.<\/p>\n<p>Bosh jamoa kelishuvi doirasida mehnat sohasida ijtimoiy muloqot va ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish choralari ko\u2018rildi.<\/p>\n<p>2024 yil davomida 40\u00a0633\u00a0ta tashkilotlarda yangi kasaba uyushma tashkilotlari tuzilib, ularda mehnat qilayotgan 1\u00a0116\u00a0586 nafar xodimlarning kasaba uyushmalariga birlashish huquqlari ta&#8217;minlandi.<\/p>\n<p>Yil yakuniga ko\u2018ra, Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri miqyosida 14 ta hududiy jamoa kelishuvlari, tarmoqlarda respublika miqyosida 103 ta tarmoq jamoa kelishuvlari, tashkilotlarda 120 mingdan ko\u2018p jamoa shartnomalari\u00a0 amal qilmoqda.<\/p>\n<p>Bosh jamoa kelishuvini amaliyotga tatbiq etish jarayonida qator masalalar va o\u2018z yechimini kutayotgan muammolar ham aniqlandi.<\/p>\n<p>Xalqaro Mehnat Tashkilotining uslubiyoti bo\u2018yicha hisoblab chiqilgan umumiy ishsizlik iqtisodiy faol aholining 5 foizidan oshmasligini ta&#8217;minlash choralari ko\u2018rilayotgan bo\u2018lsada, Kambag\u2018allikni qisqartirish va bandlik vazirligining dastlabki ma&#8217;lumotlariga binoan, 2024 yil yakuniga ko\u2018ra ishsizlik darajasi 5,8\u00a0foizni tashkil etmoqda.<\/p>\n<p>Statistika agentligi ma&#8217;lumotlari tahlilidan, hudularda, jumladan, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish ishlariga e&#8217;tibor yetarli emasligi ayon bo\u2018lmoqda. Birgina Toshkent shahrini misol tariqasida oladigan bo\u2018lsak, 2024 yil davomida poytaxt kasalxonalarida yangi yotoq o\u2018rinlari va yangi poliklinik muassasalar, aholi uchun yangi gaz tarmoqlari ishga tushirilmadi.<\/p>\n<p>Kasaba uyushmalarining sa&#8217;y-harakatlari bilan sud, prokuratura organlari, hokimiyatlar, mehnat inspeksiyasi, mehnat nizolari komissiyalariga kiritilgan 243\u00a0ta murojaat hamda har yili avgust oyida Federatsiya raisi tomonidan respublikada ish haqi to\u2018lovlaridan mavjud qarzdorlikni bartaraf etishda amaliy yordam so\u2018rab O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga murojaat kiritilishi natijasida yil davomida qariyb 73\u00a0mlrd. so\u2018m o\u2018z vaqtida to\u2018lanmagan ish haqi undirib berilishiga erishildi.<\/p>\n<p>Lekin ko\u2018rilayotgan choralarga qaramasdan, 2025 yilning 1 yanvar&#8217; xolatiga ish haqidan muddati o\u2018tgan qarzdorlik salkam 293 mlrd. so\u2018mni tashkil etmoqda. Qarzdorlikning asosiy qismi neft-gaz va geologiya sohasidagi yirik kompaniyalarga to\u2018g\u2018ri kelmoqda.<\/p>\n<p>2024 yilda ham mehnat muhofazasi va gigienasi sohasida byudjet tashkilotlari xodimlarini tibbiy ko\u2018rikdan bepul o\u2018tkazish, ularni maxsus kiyim bosh bilan ta&#8217;minlash, ish o\u2018rinlarini xavfli omillarni aniqlash nuqtai nazaridan shahodatdan o\u2018tkazish ishlarini moliyalashtirishga yetarli e&#8217;tibor qaratilmadi.<\/p>\n<p>Respublikada kuzatilmaydigan (ya&#8217;ni norasmiy va yashirin) iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 35 foizni, norasmiy sektorda bandlik ulushi 38,8 foizni, ya&#8217;ni 5,5 mln kishini tashkil etadi. Mazkur muammo ham o\u2018zining samarali\u00a0 yechimini kutmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>M.Isaev<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Ijtimoiy-mehnat masalalari bo\u2018yicha Respublika uch tomonlama komissiyasi Kotibiyati a&#8217;zosi<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-22687 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/2.jpg\" alt=\"\" width=\"900\" height=\"593\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/2.jpg 900w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/2-300x198.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/2-768x506.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 900px) 100vw, 900px\" \/><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>17.02.2025. O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va O\u2018zbekiston Ish beruvchilari Konfederatsiyasi o\u2018rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo\u2018yicha 2023-2025 yillar uchun tuzilgan Bosh jamoa kelishuvining 2024 yildagi ijrosi to\u2018g\u2018risida. O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va O\u2018zbekiston Ish beruvchilari konfederatsiyasi o\u2018rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo\u2018yicha Bosh jamoa kelishuvining 2024\u00a0yil davomida ijrosini ta&#8217;minlash borasida davlat [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[27,24],"tags":[],"class_list":["post-23163","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-zashhita-socialno-ekonomicheskix-interesov","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23163","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23163"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23163\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23165,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23163\/revisions\/23165"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23163"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23163"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23163"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}