{"id":23326,"date":"2025-03-03T05:09:33","date_gmt":"2025-03-03T05:09:33","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=23326"},"modified":"2025-03-03T05:09:33","modified_gmt":"2025-03-03T05:09:33","slug":"faoliyat-sarhisob-qilindi-va-munosib-baholandi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/03\/03\/faoliyat-sarhisob-qilindi-va-munosib-baholandi\/","title":{"rendered":"Faoliyat sarhisob qilindi va munosib baholandi"},"content":{"rendered":"<p><strong>03.03.2025.<\/strong> O\u2018zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi \u201cNavoiyazot\u201d aksiyadorlik jamiyati kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan olib borilayotgan islohotlar natijasida iqtisodiyot tarmoqlari tubdan o\u2018zgarib, aholimiz farovonligi tez sur&#8217;atlarda o\u2018sib bormoqda. Eng muhimi, faol fuqarolik jamiyati shakllanmoqda.<\/p>\n<p>Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijobiy ishlarda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalarining ham o\u2018rni borligi quvonarli, albatta. Bu borada kasaba uyushmalari faollari xodimlar manfaatlarini himoya qilish orqali jamiyatimiz farovonligining oshishiga xizmat qilmoqdalar.<\/p>\n<p>Konferensiya ishida \u201cNavoiyazot\u201d AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadov, Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Nigora Alimdjanova, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyati kengashi raisi Nazira Tog\u2018aeva va ishlab chiqarish sexlaridan saylangan 200 nafar delegat ishtirok etdi.<\/p>\n<p>Konferensiyada tashkilotning 5 yillik faoliyati yuzasidan ish beruvchi, kasaba uyushmasi qo\u2018mitasi raisi va taftish komissiyasining hisobotlari eshitildi. Xususan, ma&#8217;lumotlarga ko\u2018ra, ijtimoiy sherikchilik asosida ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo\u2018mitasi tomonidan xodimlarning mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo\u2018yicha amalga oshirilgan ishlar, ish haqi va unga tenglashtirilgan to\u2018lovlarni o\u2018z vaqtida to\u2018lanishini ta&#8217;minlash, xodimlar va ularning farzandlarini sog\u2018lomlashtirish ishlari tashkil etilgan.<\/p>\n<p>Ma&#8217;ruzalar o\u2018z nihoyasiga yetgach, muhokamaga o\u2018tildi. Delegatlar tomonidan kasaba uyushmasi qo\u2018mitasining hisobot davridagi faoliyati \u201cqoniqarli\u201d deb baholandi va taftish komissiyasining hisoboti tasdiqlandi.<\/p>\n<p>Konferensiya kun tartibiga ko\u2018ra, tashkiliy masala ko\u2018rildi. Unda yashirin ovoz berish yo\u2018li bilan muqobillik asosida \u201cNavoiyazot\u201d AJ boshlang\u2018ich kasaba uyushmasi qo\u2018mitasi raisi lavozimiga ko\u2018pchilik ovoz bilan Fayzieva Feruza Xamidovna qayta saylandi. Shuningdek, kasaba uyushmasi qo\u2018mitasining tarkibi, taftish komissiyasi tarkibi hamda Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining IV Qurultoyiga delegatlar saylab olindi.<\/p>\n<p>Konferensiya yakunida tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Nigora Alimdjanova so\u2018zga chiqdi. U o\u2018z nutqida \u201cNavoiyazot\u201d AJ korxonasida mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlari ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo\u2018mitasining ijtimoiy sherikligida mustahkam himoyalanganligini, jumladan, jamoa shartnomasida xodimlar daromadini oshirish, ularga qo\u2018shimcha mehnat ta&#8217;tillari berish, ijtimoiy qo\u2018llab-quvvatlash, mehnat muhofazasi, moddiy va ma&#8217;naviy yordam ko\u2018rsatish, salomatliklarini mustahkamlash masalalari o\u2018rin olganligini ta&#8217;kidlab o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Nigora Alimdjanova o\u2018z nutqida davom etib, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalash borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar, joriy yilda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi keng nishonlanishi to\u2018g\u2018risida batafsil to\u2018xtalib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Delegatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohaza va takliflarni inobatga olgan holda kelgusidagi faoliyat yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.<\/p>\n<p>Tadbir davomida xodimlar mas&#8217;ullardan o\u2018zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Shavkat Toirov<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo\u2018yicha maslahatchisi<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-23328 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3645.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3645.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3645-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3645-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3645-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-23327 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3646.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"802\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3646.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3646-300x201.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3646-1024x684.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3646-768x513.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>03.03.2025. O\u2018zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi \u201cNavoiyazot\u201d aksiyadorlik jamiyati kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo\u2018lib o\u2018tdi. O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan olib borilayotgan islohotlar natijasida iqtisodiyot tarmoqlari tubdan o\u2018zgarib, aholimiz farovonligi tez sur&#8217;atlarda o\u2018sib bormoqda. Eng muhimi, faol fuqarolik jamiyati shakllanmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijobiy ishlarda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalarining [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[27,24],"tags":[],"class_list":["post-23326","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-zashhita-socialno-ekonomicheskix-interesov","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23326","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23326"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23326\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23329,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23326\/revisions\/23329"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23326"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23326"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23326"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}