{"id":23394,"date":"2025-03-05T06:00:41","date_gmt":"2025-03-05T06:00:41","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=23394"},"modified":"2025-03-05T06:00:41","modified_gmt":"2025-03-05T06:00:41","slug":"fargona-shahar-tibbiyot-birlashmasi-kasaba-uyushma-tashkilotining-hisobot-saylov-konferentsiyasi-bolib-otdi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/03\/05\/fargona-shahar-tibbiyot-birlashmasi-kasaba-uyushma-tashkilotining-hisobot-saylov-konferentsiyasi-bolib-otdi\/","title":{"rendered":"Farg\u2018ona shahar tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo\u2018lib o\u2018tdi"},"content":{"rendered":"<p><strong>05.03.2025.<\/strong> Hozirda tibbiyot birlashmasida 4 ming 468 nafar ishchi-xodim mehnat faoliyatini olib bormoqda. Konferensiyada belgilangan me&#8217;yorga muvofiq boshlang\u2018ich tashkilotlardan saylangan 50 nafar delegat ishtirok etdi.<\/p>\n<p>Dastlab, ishchi rayosat, kotibiyat, tahrir hamda sanoq komissiyalari saylab olinganidan so\u2018ng kun tartibidagi masalalar muhokama markazida bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Unga ko\u2018ra, Farg\u2018ona shahar tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qo\u2018mitasining 2022 yil martidan 2025 yil martigacha bo\u2018lgan davrdagi faoliyati tinglandi.<\/p>\n<p>Ta&#8217;kidlanishicha, hisobot davrida 363 nafar ishchi hamda ularning ota-onalari kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarda imtiyozli ravishda sog\u2018lig\u2018ini tiklagan, 192 nafar xodim kasaba uyushmasi mablag\u2018lari hisobidan Toshkent, Samarqand, Xorazm viloyatlarining diqqatga sazovor joylariga sayohatga yuborilgan, 471 nafar xodimga moddiy yordam berilgan, ishchi-xodimlarning 212 nafar farzandi yozgi mavsumda bolalar oromgohlarida dam olgan. Bundan tashqari, ish beruvchi va kasaba uyushmasi mablag\u2018lari hisobidan madaniy-ma&#8217;rifiy va sport tadbirlari uchun 861 mln 171 ming so\u2018mga yaqin mablag\u2018 sarflangan. Shuningdek, jamoa shartnomalari orqali 15 ta shahar tibbiyot muassasalarida ishlayotgan ishchilar va oila a&#8217;zolarining 912 nafariga 182 mln 475 ming so\u2018mlik kasaba uyushma mablag\u2018lari hisobidan ijtimoiy ko\u2018mak ko\u2018rsatilgan.<\/p>\n<p>Konferensiya delegatlari kasaba uyushma qo\u2018mitasining o\u2018tgan yillardagi faoliyatini qoniqarli deb topib, kasaba uyushma tashkiloti taftish komissiyasining hisobotini tasdiqladi.<\/p>\n<p>Shundan so\u2018ng konferensiyada yashirin ovoz berish yo\u2018li orqali muqobillik asosida Farg\u2018ona shahar tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qo\u2018mitasi raisi etib Ximoyatxon Sobirova qayta saylandi.<\/p>\n<p>Konferensiyada, shuningdek, Farg\u2018ona shahar tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qo\u2018mitasi tarkibi, kasaba uyushma tashkiloti taftish komissiyasi tarkibi, kasaba uyushma tashkiloti taftish komissiyasi raisi, O\u2018zbekiston Respublikasi Sog\u2018liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Farg\u2018ona viloyat kengashi hisobot-saylov konferensiyasiga delegatlar saylandi.<\/p>\n<p>Konferensiya ishida O\u2018zbekiston Sog\u2018liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Farg\u2018ona viloyat kengashi raisi Shohidaxon Karimova ishtirok etib, ishchi-xodimlarning himoyasi borasida olib borilgan ishlarni yuqori baholadi. Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi zarur bo\u2018lgan ustuvor vazifalar bo\u2018yicha o\u2018z takliflarini bildirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Farg\u2018ona viloyati kengashi<\/strong><\/p>\n<p data-start=\"2460\" data-end=\"2530\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-23395 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3677.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3677.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3677-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3677-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3677-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p data-start=\"2460\" data-end=\"2530\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-23396 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3676.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"803\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3676.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3676-300x201.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3676-1024x685.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3676-768x514.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p data-start=\"2460\" data-end=\"2530\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-23397 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3675.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3675.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3675-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3675-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3675-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>05.03.2025. Hozirda tibbiyot birlashmasida 4 ming 468 nafar ishchi-xodim mehnat faoliyatini olib bormoqda. Konferensiyada belgilangan me&#8217;yorga muvofiq boshlang\u2018ich tashkilotlardan saylangan 50 nafar delegat ishtirok etdi. Dastlab, ishchi rayosat, kotibiyat, tahrir hamda sanoq komissiyalari saylab olinganidan so\u2018ng kun tartibidagi masalalar muhokama markazida bo\u2018ldi. Unga ko\u2018ra, Farg\u2018ona shahar tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qo\u2018mitasining 2022 yil martidan 2025 [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[27,24],"tags":[],"class_list":["post-23394","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-zashhita-socialno-ekonomicheskix-interesov","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23394","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23394"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23394\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23398,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23394\/revisions\/23398"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23394"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23394"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23394"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}